calendar 15 Jun 10:46
eye 11
comments 0
comments Manba: xs.uz

Fuqarodan yolgʻondan qarzdorlik uchun pul undirmoqchi boʻlgan xodim qoʻlga tushdi

image
Fargʻona viloyatida fuqaroga yolgʻon SMS yuborib, uni chuv tushirmoqchi boʻlgan suv taʼminoti korxonasi xodimi qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Departamentning Fargʻona viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda 'Fargʻona suv taʼminoti' AJ Margʻilon shahar filiali abonentlar boʻlimi operatori A.O. fuqaro Yo.M.ning xonadonida ichimlik suvi taʼminotidan qarzdorligi boʻlmasa-da, aholiga qarzdorliklar haqida xabar berishda foydalaniladigan telefon raqamidan Yo.M.ning telefon raqamiga goʻyoki 9,6 million soʻm qarzdorligi borligi haqida yolgʻon SMS xabarnoma yuborgan.

Shundan soʻng, xodim ushbu qarzdorlikni yopib berishi evaziga fuqarodan 9 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushdi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Avvalroq koʻp miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvga berilgan Oʻzbekiston fuqarosi Amerika Qoʻshma Shtatlarida qoʻlga olinib, ekstraditsiya qilingani haqida xabar qilgandik.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:37
 
128
0
xs.uz

IIO axborot tizimlari sunʼiy intellekt asosida yagona platformaga birlashtiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qarorga muvofiq, Ichki ishlar organlari tizimini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi. Unga koʻra, 2025'2027-yillarda ichki ishlar sohasini raqamlashtirish yoʻnalishlari belgilab berildi. Bu orqali jinoyatchilikka

31 May 08:49
 
31
0
xs.uz

Oʻzbekiston yetakchisi “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida qanday fikrlarni ilgari surdi?

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Markaziy Osiyo ' Italiya' sammitidagi nutqiHurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Sammitni yuksak darajada tashkil etgani va an'anaviy mehmondo'stlik uchun Qozog'iston Respublikasi Prezidenti, hurmatli Qosim-Jomart Kemelovich Toqayev sha'niga aytilgan minnatdorlik so'zlariga qo'shilaman.Italiya Vazirlar Kengashi Raisi, hurmatli Jorjia Meloni xonimga bugungi uchrashuvni tashkil etish haqidagi tashabbusi uchun yana bir bor tashakkur izhor eta

31 May 08:49
 
25
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida ishtirok etdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 may kuni Ostona shahrida 'Markaziy Osiyo ' Italiya' sammitida ishtirok etdi.Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida o'tkazilgan tadbirda Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni, Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdilar.Uchrashuvda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Italiya o'rtasidagi ko'p

17 May 21:46
 
39
0
xs.uz

Shoirning ayoli boʻlish sharaf

Har buyuk erkakning ortida buyuk ayol turadi. Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovdek shoirning jahon boʻylab obroʻ eʼtibor qozonishida uning ishonchli sirdoshi, eng mustahkam suyanchigʻi boʻlgan rafiqasi, mehnat faxriysi, 'Fidokorona xizmatlari uchun' ordeni sohibasi Hanifa Mustafoyevaning xizmatlari beqiyos. Shoir sheʼrlarining birinchi tinglovchisi ham, qaygʻuli va quvonchli kunlarining yelkadoshi ham Xanifa aya boʻladi.Biz ulugʻ shoirning xonadonlariga ko