calendar 06 Jun 18:30
eye 127
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Kremlyov rus bokschilarini xoin deb atadi

image

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov iyul oyida boshlanadigan Parij Olimpiadasiga neytral maqomda borishga rozi bo‘lgan rus bokschilarini keskin tanqid qildi.

“Neytral maqomda boksda qolish yoki boksdan ketish tanlovi bo‘lsa, men ketishni tanlardim. Farzandlarimizga bayroqsiz va madhiyasiz ringga chiqishni aytishdan uyalaman. Bizning ona Rossiyamiz bor va biz uning tarafida turishimiz kerak. Bayroqsiz arenaga chiqishga rozi bo‘lganlarni tushunmayman. Bu xuddi onangizni tashlab ketishdek gap. Ular pul va shon-shuhrat uchun kurashadigan xoinlardir”, deydi Kremlyov.

Ma’lumot uchun, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi 2023 yil 8 dekabrda yangi qonun qabul qilib, unga ko‘ra Rossiya va Belarus sportchilariga faqat individual sport yo‘nalishlarida, neytral maqomda musobaqada ishtirok etishiga ruxsat bergandi.

Xabibulloh Rayimov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

25 Sep 13:15
 
24
0
xs.uz

“Barselona”da “aza”, Madridda bayram: YECHLsining birinchi turi yakunlandi (+toʻliq jadval)

Yevropa Chempionlar Ligasining 1-turidan oʻrin olgan soʻnggi oʻyinlar boʻlib oʻtdi. Yangi formatda boʻlib oʻtayotgan YChLning dastlabki oʻyinlari juda qiziqarli kechdi.Turnirning eng sensatsion natijasi 'Barselona' bilan sodir boʻldi. Kataloniyaliklar safarda 'Monako' mehmoni boʻldi. Uchrashuvning 10-daqiqasida Erik Garsiyaning qizil olishi oʻyinni tubdan oʻzgartirib yubordi.Bir kishi kam boʻlib qolgan 'Barselona' 16-daqiqada Akliushning super yurishidan soʻng hisobda orqada qola b

20 Sep 00:23
 
27
0
xs.uz

“Budapeshtdan gapiramiz”: Bugun Oʻzbekiston Isroil va Niderlandiyaga qarshi jang qiladi

Vengriya poytaxti Budapeshtda 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi boʻlib oʻtmoqda. 6-turda erkaklar terma jamoamiz Isroil terma jamoasiga qarshi maydonga tushsa, ayollar terma jamoamiz esa Niderlandiyaga qarshi bahs yuritadi.Qayd etish kerakki, 5-tur doirasida yigitlarimiz Moldova, qizlarimiz esa Gruziya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishdi. Erkaklar terma jamoamiz 3,5 : 0,5 hisobida gʻalaba qozonishdi. Qizlarimiz esa musobaqada ikkinchi raqam ostida saralangan juda kuchli terma jamoa Gruz

24 Aug 17:27
 
34
0
xs.uz

Nodirbek Abdusattorov 1 250 000 000 soʻmdan ziyod mablagʻ ishlab olishi mumkin

Oʻzbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 'Grand Chess Tour' musobaqasiga kiruvchi turnirda ishtirok etadigan boʻldi. Bu haqda 'Chess.com' xabar bermoqda.'Sinquefield Cup 2024' deb nomlanuvchi turnir 'Grand Chess Tour'ning bu yilgi 5-musobaqasi boʻlib, mukofot jamgʻarmasi umumiy 350 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Gʻolib shaxmatchi esa 100 ming AQSH dollariga (1 milliard 250 million soʻmdan ortiqroq), ikkinchi oʻrindagi 65 ming, uchinchi oʻrindagi esa 48 ming AQSH dollariga eg

24 Aug 17:27
 
34
0
xs.uz

“Barselona”ning oʻtgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi jamoa bilan shartnomani bekor qildi. U sobiq klubiga qaytgan

Ispaniyaning 'Barselona' klubi futbolchisi Ilkay Gyundogan jamoa bilan shartnomasini bekor qilib, 'Manchester Siti'ga qaytadigan boʻldi. Bu haqda mashhur Fabritsio Romano xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, 'Manchester Siti' germaniyalik yarim himoyachini jamoaga qaytarish boʻyicha kelishuv ustida ishlamoqda. 33 yoshli futbolchi Pep Gvardiola jamoasining bu mavsumdagi muhim boʻlagi boʻlishi ham kutilyapti.Qayd etish kerakki, 2023-yilda Ilkay 'Siti'ni tark etib, 'Barselona'ga erkin agent sifati