calendar 06 Jun 16:21
eye 87
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda 200 ga yaqin qoidabuzarlik sodir etgan fuqaroning Tesla'si xatlandi

image

Toshkent shahrida Majburiy ijro byurosi xodimlari jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagan qarzdorning Tesla'sini xatladi. Bu haqda MIB matbuot xizmati QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Aytilishicha, Majburiy ijro byurosining Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituvida IIBB YHXBning qarorlariga asosan qarzdor F.Sh.dan 186 ta ijro hujjatlari bo‘yicha jami 116 mln so‘mdan ortiq miqdordagi ma’muriy jarima undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari mavjud. Mazkur ijro hujjatlari Byuroning Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituviga 2023 yilning iyun oyidan boshlab hozirgi kunga qadar jami 186 ta ijro hujjatlari kelib tushgan bo‘lsa-da, qarzdor tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf qilinmagan. 

Qarzdorliklar bartaraf qilinmagach, Byuro tomonidan 18 may kuni qarzdorga tegishli Tesla Model 3 rusumli avtotransport vositasiga qidiruv e’lon qilingan. Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida qidiruvda bo‘lgan Tesla qarzdorning xonadonidan topilib, qarzdor fuqaroga  avtotransport vositasini xatlab, vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilishi bildirilgan.

Shunda qarzdor avval faol qarshilik  ko‘rsatib, davlat ijrochisining qonuniy talabiga bo‘ysunmagan bo‘lsa, keyinchalik mas’ul xodimlar tomonidan holatning huquqiy oqibati tushuntirilganidan so‘ng qarzdor tomonidan Tesla ixtiyoriy ravishda topshirilgan.  

Hozirgi kunda, avtotransport vositasini realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:38
 
43
0
xs.uz

Oʻzbekiston Prezidenti Yevropaning qator yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi majlisi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Standard Chartered', 'International Hospitals Group', 'LVMH', 'Airbus' kabi Yevropaning qator yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi.Davlatimiz rahbari forumda Yevropa davlatlaridan ishtirokchilar sonining ko'paygani tomonlar iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanidan dalolatligini ta'kidladi.Yevropa mamlakatlari

13 May 14:37
 
80
0
xs.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrif yakunlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan Moskva shahriga amaliy tashrifi yakunlandi.Davlatimiz rahbari Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80-yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.Tadbirlar yakunlangach, Prezidentimiz Toshkentga joʻnab ketdi. 'Vnukovo' xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Rossiya rasmiylari kuzati

31 May 08:49
 
43
0
xs.uz

Dam olish kunlari havo harorati asta-sekin koʻtariladi

'Oʻzgidromet' agentligi 30-31-may va 1-iyun kunlari respublika hududida qanday ob-ha kuzatilishini'maʼlum qildi.Unga koʻra, dam olish kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida ertaga, 31-iyun kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Havo harorati shanba kuni 28-31 darajagacha, yakshanba kuni 32-35 darajagacha asta-sekin koʻtariladi.Ushbu kunlarda respublika shimolida, janubida va choʻl hududl

08 Jun 02:26
 
149
0
xs.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Al Mirqab Capital' kompaniyasi boshqaruvi raisi Hamad bin Jassim Ol Soniy va 'Blackrock' investitsiya kompaniyasi katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesidan iborat xorijiy investorlar delegatsiyasini qabul qildi.Oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatimizda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.Davlat-xususiy sheriklikda yirik infratuzilma va sanoat loyihalarini amalga oshir