calendar 05 Jun 17:59
eye 89
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

AQSH Kongressining Vakillar palatasi XJSga qarshi sanksiyalarni ma’qulladi

image

AQSH Kongressining Vakillar palatasi Respublikachilar partiyasi tomonidan Xalqaro jinoiy sudga (XJS) qarshi sanksiyalar qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Qonun loyihasini 247 deputat qo‘llab-quvvatladi va 155 nafari qarshi ovoz berdi. Hech bir respublikachi qonun loyihasiga qarshi chiqmadi. Qonun loyihasi Senatda muvaffaqiyatsiz bo‘lishi kutilmoqda. Biroq bu qonunning qabul qilinishi Isroil Mudofaa vazirligi G‘azo sektoridagi qirg‘in xalqaro tanqid qilinishi fonida Kongressda Isroilni qo‘llab-quvvatlash davom etayotganini aks ettiradi.

"Xalqaro jinoiy sudga qarshi sanksiyalar qo‘llash to‘g‘risidagi qaror uning asossiz da’volariga zaruriy javobdir. Bugungi ovoz berishda XJS mansabdor shaxslarining qonunga zid xatti-harakatlari chegarasi aniqlandi. Qo‘shma Shtatlar Isroil bilan qat’iy turadi va xalqaro byurokratlarning Isroil rahbarlarini sodir etmagan jinoyatlari uchun asossiz hibsga olishga order berishiga yo‘l qo‘ymaydi" deydi Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson.

Sanksiya XJS mansabdor shaxslarining Qo‘shma Shtatlarga kirishini taqiqlaydi, har qanday AQSH vizalarini bekor qiladi va ularning Qo‘shma Shtatlarda mulkiy operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatlarini cheklaydi.

Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy kampaniyasi davomida 36 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi. Mahalliy sog‘liqni saqlash idoralariga ko‘ra, vayronalar ostida yana minglab jasadlar ko‘milgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Xalqaro jinoiy sud prokurori Karim Xon Sudgacha bo‘lgan palatadan Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va mamlakat Mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishga order berishni so‘ragan edi.

Toir Obidov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jun 10:46
 
37
0
xs.uz

“Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi

Ushbu hafta Hindistonda 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadoboddan Londonga uchish uchun samoga koʻtarilgan, ammo 5 daqiqa oʻtib havo kemasi halokatga uchradi. Bortda 242 kishi bor edi.Dastlab dahshatli aviahalokatda qutqaruvchilar tiriklarni topishga umid qilishmagan. Shunga qaramasdan, 40 yoshli Vishvashkumar Ramesh bu fojiada tirik qolgan bortdagi yagona inson ekani maʼlum boʻldi.U akasi Ajaykumar Ramesh bilan uchayotgan edi. Ular bort oshxonasining qarama-qarshi tomonidagi favqulod

13 May 14:38
 
130
0
xs.uz

Makron va Mers poyezdda kokain isteʼmol qilganmidi?

Gap shundaki, fotosuratchilar siyosatchilarga yuzlanganda Makron stoldan gʻijimlangan qogʻozni, Mers esa tayoqcha oʻxshash jismni olib tashlagan.Internetda sharhlovchilar, bir qator blogerlar, shuningdek, Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova sayohat paytida siyosatchilar kokain isteʼmol qilganini aytishdi. Bunga isbot tarzida Makron va Mersning harakatlarini keltirildi.Shu qatorda 'Liberation' gazetasi kokain haqida hech qanday gap-soʻz yoʻqligini yozib, yuqori

18 Jun 21:56
 
25
0
xs.uz

Tramp Eronga zarba berishni koʻrib chiqmoqda

AQSH Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlarini kuchaytirishga kirishdi. 'Fox News' telekanali xabariga koʻra, Amerika qoʻshinlari mintaqaga qoʻshimcha qiruvchi samolyotlarni joʻnatmoqda hamda u yerdagi aviatsiya kuchlari dislokatsiyasini uzaytirmoqda.CNN manbalari maʼlum qilishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi ehtimoliy havo hujumi ssenariylarini koʻrib chiqmoqda. Shu doirada AQSH harbiylariga Isroilga yonilgʻi quyishda yordam berish haqida buyruq berish ehtimoli mavjud. Manbala

15 Jun 10:46
 
53
0
xs.uz

Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?

Dunyo siyosatining bugungi murakkab manzarasida Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar eng xavfli va tahlikali mintaqaviy mojarolardan biri sifatida kun tartibida turibdi.2024'2025-yillarda sodir boʻlgan bevosita havo hujumlari, dronlar orqali amalga oshirilgan zarbalar va har ikki davlat rahbarlarining keskin bayonotlari ' bu qarama-qarshilik endilikda faqat diplomatik yoʻl bilan hal boʻlmasligini koʻrsatayotgandek.Eron va Isroil oʻrtasidagi keskinliklar nafaqat Yaqin Sharq mintaqasidagi