calendar 04 Jun 11:51
eye 253
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Viloyatliklarni haqorat qilgan qiz 15 sutkaga qamaldi

image

Avvalroq, viloyatliklarni bir qancha qo‘pol so‘zlar bilan kamsitgan 21 yoshli qiz R.N. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 286-moddasi tartibida IIO FMB vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgani xabar qilingandi. Sud qarori bilan unga nisbatan 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Mazkur holat jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida ko‘rib chiqildi. Huquqbuzarga nisbatan sud raisi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi va ushbu moddaga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Ja’zoni o‘tash muddati bugun, 3 iyun kunidan boshlab hisoblanadi. 

Qizning o‘zi esa qilgan ishi uchun barchadan kechirim so‘rab, boshqa haqoratlamasligini ta’kidlagan. 

“Tanishim bilan aylangani chiqqan edik. Odam juda ko‘p bo‘lgani sababli kayfiyatimiz buzildi. Tirbandliklar ko‘pligi tufayli jahlim chiqib, jahl ustida gapirdim. Ortiqcha gapirib qo‘ydim. Tanishim telefon qilib, videoyim tarmoqlarda tarqalayotganini aytdi. Keyin jonli efir qildim. Jonli efirda ham hamma negativ yoza boshladi. Uzr so‘ramadim. Negativ yozishgani uchun jahlim chiqib, yana haqoratli gaplar gapirib qo‘ydim. Boshqa bunday qilmayman. Viloyatliklarni ajratib, unaqa ma’noda gapirmaganman. Odam ko‘pligi uchun jahl ustida haqoratli so‘zlar bilan gapirganman. Hammadan kechirim so‘rayman”, deydi qiz.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jun 10:46
 
21
0
xs.uz

Elektrdan nooqilona foydalangan korxona jarimaga tortildi

'Oʻzenergoinspeksiya' Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Toʻrtkoʻl tumanida joylashgan 'T.' AJ tomonidan reaktiv quvvatni kompensatsiya qilmasdan, elektr energiyasidan samarasiz va nooqilona foydalanib kelayotganligi aniqlandi.Ushbu qoidabuzarlik natijasida Oʻzbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 45-moddasi boʻyicha hisob-kitob qilinib, 108,5 million soʻm miqdorida moliyaviy sanksiya qoʻllanildi.Taʼkidlash joiz, reaktiv q

17 May 21:46
 
55
0
xs.uz

Oʻzbekistonliklar 2025-yilning dastlabki 3 oyida 6,8 million AQSH dollariga chet elga pomidor sotdi

2025-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston tomonidan 5 ming 869 tonna pomidor eksport qilindi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi. Qayd etilishicha, ushbu mahsulot eksportidan 6,8 million AQSH dollari miqdorida tushum kelib tushgan.Eksport qilingan pomidorlarning asosiy qismi Rossiyaga yetkazib berilgan. Uch oy davomida ushbu mamlakatga jami 5 ming 471 tonna pomidor eksport qilindi. Bu koʻrsatkich umumiy eksport hajmining mutlaq koʻp qismini tashkil etadi va Rossiya Oʻzbe

13 May 14:37
 
79
0
xs.uz

Ayrim oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya toʻlanadi

Shavkat Mirziyoyev 'Kambagʻal oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Farmonga koʻra, 2025-yil 1-iyundan boshlab 'qizil' toifaga kiruvchi kam taʼminlangan oilalarning 'aʼlo' baholarga oʻqiyotgan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning ikki baravariga teng maxsus stipendiya tayinlanadi. Bu chora oliy taʼlimda tahsil olayotgan qizlarning ragʻbatini oshirish va ularni

13 Jun 09:59
 
88
0
xs.uz

Eronda istiqomat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Eron atrofidagi vaziyatning keskinlashishi, raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan Oʻzbekiston elchixonasi Erondagi Oʻzbekiston fuqarolarini ogohlantirdi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi elchixonasi xabar berdi.Elchixona Oʻzbekiston fuqarolariga xavfsizlik choralariga qatʼiy rioya qilishni, shuningdek, Eron hukumati va Oʻzbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini muntazam ravishda kuzatib borishni tavsiya qilgan.'Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar v