calendar 01 Jun 09:33
eye 62
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rossiyalik deputat Qozog‘iston shaharlari asli ruslarniki ekanini da’vo qildi

image

Rossiya Davlat Dumasi spikeri o‘rinbosari Pyotr Tolstoy Qozog‘iston shaharlari asli ruslarniki ekani, shuning uchun Rossiya Federatsiyasi ularga tarixiy huquqlarga egaligini da’vo qildi. Bu haqda u “Komsomolskaya pravda” radiosiga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Tolstoy ko‘plab davlatlar Rossiya “Ukraina mavzusini yopayotganini” kuzatayotganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, agar Rossiya "bu mavzu yopilmasa", Qozog‘iston, Armaniston va boshqa qo‘shni davlatlar bilan muammoga duch kela boshlaydi.

Boshlovchining Rossiyaning Qozog‘iston bilan qanday muammolari bo‘lishi mumkinligi haqida so‘raganida, Tolstoy shunday javob berdi:

"U yerda ma’lum bir qozoq davlati qurilmoqda, mustaqillik haqidagi milliy mifologiya gullab-yashnamoqda".

Misol tariqasida, Tolstoy boshlovchiga Qozog‘iston rasmiylarining lotin alifbosiga o‘tish g‘oyasini diqqat bilan ko‘rib chiqishni maslahat bergan. Deputat qozog‘istonliklarni o‘z tarixini “qayta yozish”da aybladi.

“Men Pavlodardagi rus o‘qituvchilarini bu shaharni ruslar qurgan, deyishsa, kechirim so‘rashga majbur qilishlariga qarshiman. Va men ularning Olmaota bizning Verniy shahrimiz, rus kazaklari qal’amiz ekanligini unutishlariga qarshiman. Siz butun yerni Xitoyga, barcha mineral resurslarni inglizlarga sotgan bo‘lsangiz ham, baribir qo‘shnilaringizdan ajralib turmasligingiz kerak, qo‘shnilaringiz bilan yaxshi munosabatda bo‘lishingiz kerak”, degan rossiyalik siyosatchi.

Tolstoy 2022 yil yanvarida namoyishchilar va hukumat kuchlari o‘rtasida keng tarqalgan tartibsizliklar va to‘qnashuvlar fonida KXSHT qo‘shinlarining Qozog‘istonga kiritilishiga ishora qilib, "Biz ularni qutqardik", deb  qo‘shimcha qildi.

Qozog‘iston tomonidan Tolstoyning so‘zlariga munosabat allaqachon yangradi. Mamlakat parlamenti deputati Murat Abenov Rossiya parlamenti vitse-spikerining bayonotlarini “provokatsion” va Rossiya uchun zararli deb atadi. Qozog‘iston Senati spikeri Maulen Ashimbayev esa Tolstoy shaxsiy shaxs sifatida gapira oladi, degan fikrni bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Pyotr Tolstoy sobiq Sovet ittifoqiga kirgan davlatlarda, xususan, O‘zbekistonda Rossiyada ishlayotgan migrantlar hisobidan rus tilida o‘qitiladigan maktablar qurishni taklif qilgandi. “Yuksalish” umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis deputati Bobur Bekmurodov  Tolstoyning "da’vat"lariga javob qaytarib, O‘zbekiston deputat Pyotr Tolstoyning tomorqasi emasligini aytgandi. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov esa O‘zbekiston ham Pyotr Tolstoy ilgari surayotgan yo‘ldan borsa, mamlakatdagi o‘zbek tilida so‘zlashmaydigan xodimlarni ishdan bo‘shatishi  kerak bo‘lishini, lekin bu mamlakatning tanlagan yo‘liga to‘g‘ri kelmasligini aytgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:55
 
70
0
xs.uz

Tramp AQSH Taʼlim vazirligini yopishga qaratilgan farmonni imzolaydi

AQSH prezidenti Donald Tramp uzoq kutilgan ijro etuvchi farmonni imzolashi kutilmoqda. Ushbu farmon mamlakat Taʼlim vazirligini yopishga qaratilgan boʻlib, bu uning saylovoldi kampaniyasidagi asosiy vaʼdalaridan biri hisoblanadi. Farmon matni bilan tanishgan 'Reuters' agentligining xabar berishicha, ushbu qaror demokratlar tomonidan keskin norozilik bilan kutib olingan.Trampning farmoni hali imzolanmagan boʻlsada, bir guruh demokrat shtatlar bosh prokurorlari ushbu qarorni bekor qilish va Ta

18 Apr 11:08
 
33
0
xs.uz

Kolumbiyada xavfli kasallik tarqalishi sababli favqulodda holat eʼlon qilindi

Kolumbiyada sariq isitma avj olgani sababli favqulodda holat eʼlon qilindi. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Gilermo Alfonso Jaramillo 'Senal Colombia' telekanali orqali maʼlum qildi.'Prezident Gustavo Petro boshchiligidagi hukumat mamlakatda sogʻliqni saqlash boʻyicha favqulodda holat eʼlon qildi', dedi u oʻz chiqishida.Vazirning taʼkidlashicha, Kolumbiyada 74 ta infeksiya holati aniqlangan, ulardan 34 tasi oʻlim bilan yakunlangan.

15 Apr 07:06
 
32
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinaga birinchi elchisi tayinlandi

Oʻzbekistonning Bosniya va Gersegovinaga tayinlangan birinchi Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimov ushbu davlat Prezidiumi raisi Jelka Sviyanovichga ishonch yorligʻini topshirdi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Tadbir chogʻida Oʻzbekiston va Bosniya va Gersegovina oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.'Bo

12 Apr 21:15
 
38
0
xs.uz

AQSHda vertolyot daryoga qulashi oqibatida 6 kishi halok boʻldi (+video)

Kecha, 10-aprel kuni AQSHning Nyu-York shahrida joylashgan 'Gudzon''daryosiga vertolyot qulashi oqibatida olti kishi halok boʻldi. Bu haqida 'NBC News' nashri xabar berdi.Unga koʻra, vertolyot Manxettenning diqqatga sazovor joylarini kuzatish uchun soat 14:59 da havoga koʻtarilgan. Oradan koʻp vaqt oʻtmasdan uchuvchi boshqaruvni yoʻqotgan hamda Nyu-York shahrida joylashgan Gudzon daryosiga qulagan.Mazkur voqeaga guvoh boʻlganlarning taʼkidlashicha, vertolyot 'Gudzon''daryosiga urilgach p