calendar 31 May 11:47
eye 84
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Kanelo mutlaq chempion maqomini yo‘qotdi

image

Meksikalik bokschi Saul Kanelo Alvares mutlaq jahon chempionligi unvonidan mahrum qilindi. Bu haqda “Boxing Scene” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Alvaresdan Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) kamari olib qo‘yilgan.  Alvares hozircha IBF kamarining majburiy raqibi kubalik Uilyam Skullga qarshi jang qilishni reja qilmayapti.

Ushbu jang muhokamasi 6 iyunga belgilangan.

33 yoshli Alvares 2021 yilning noyabridan buyon super o‘rta vazn toifasida (76,2 kg gacha) mutlaq chempion bo‘lib kelmoqda.  Alvares so‘nggi jangida Xayme Mungiya ustidan g‘alaba qozonib, to‘rtinchi marta barcha kamarlarini himoya qildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:27
 
159
0
xs.uz

Luka Modrich oʻziga klub topdi

'Real Madrid' bilan shartnomasini yakunlagan xorvatiyalik yulduz Luka Modrich 'Milan'ga erkin agent sifatida oʻtishi mumkin. Italiya matbuotining xabar berishicha, Modrich bilan muzokaralar tez surʼatda davom etmoqda. Di Marzio maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi soatlarda futbolchi klubga ijobiy javob bergan.'Goal'ning yozishicha, 'Milan' Modrich bilan ogʻzaki kelishuvga erishgan va endilikda faqat rasmiylashtirish qolgan. Bu ham tez orada sodir boʻlishi kutilmoqda. 38 yoshli yarim himoyachi o

17 May 21:48
 
72
0
xs.uz

“Real Madrid” Angliyadan 20 yoshli himoyachi xarid qildi

Angliyaning 'Bornmut' klubi himoyachisi Din Xyoysen faoliyatini Ispaniyaning 'Real Madrid' jamoasida davom ettiradi. Bu haqda futbol boʻyicha insayder Fabritsio Romano oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.Uning yozishicha, madridliklar 20 yoshli himoyachi uchun 60 million yevro toʻlashga kelishib olgan. Ushbu summa 'Bornmut'ga toʻlanadi, ammo shartnoma talablariga koʻra, bu pulning maʼlum qismi boshqa klublar hissasiga ham oʻtadi.Shartnomada koʻrsatilgan hududiy kelishuv

31 May 08:50
 
38
0
xs.uz

Javohir Sindarov Shvetsiyadagi nufuzli turnir chempioniga aylandi

Shvetsiyaning Malmyo shahrida oʻtkazilgan yirik xalqaro shaxmat turniri oʻz yakuniga yetdi. Aylana tizimida boʻlib oʻtgan mazkur musobaqada Oʻzbekiston sharafini grossmeyster Javohir Sindarov muvaffaqiyatli himoya qildi.Mamlakatimizning ikkinchi raqamli shaxmatchisi yetti nafar kuchli raqiblari bilan sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bordi.Kecha boʻlib oʻtgan 7-tur bahsida Sindarov qora donalarda ukrainalik shaxmat afsonasi Vasiliy Ivanchukka qarshi bahs olib bordi va oʻyinni durang b

08 Jun 02:27
 
168
0
xs.uz

Xalqimiz 33 yil va 278 kun kutgan kun yoxud Oʻzbekiston Jahon chempionatida!

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarixiy yutuqqa erishib, ilk bor FIFA Jahon chempionatiga yoʻl oldi. Bu uchun Birlashgan Arab Arab Amirliklari bilan 0:0 oʻynash yetarli boʻldi.2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika davlatlarida boʻlib oʻtadi. Bu musobaqa tarixda ilk bor uchta davlatda birgalikda oʻtkazilishi bilan ajralib turadi. Turnirda 48 ta jamoa ishtirok etadi. Musobaqa davomida 104 ta oʻyin oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Hozir