calendar 30 May 21:06
eye 62
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

G‘azoda dori-darmon va yoqilg‘i tugayapti – JSST

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rasmiylari G‘azo sektorida dori-darmon va yoqilg‘i zaxiralari kamayib borayotganidan ogohlantirdi. Bu haqda JSST matbuot kotibi Margaret Xarris Jenevada jurnalistlarga ma’lum qildi.

Uning aytishicha, yordam xodimlari ko‘payib borayotgan kasal va yaradorlarga hayotni saqlab qolish uchun yordam ko‘rsatishga harakat qilmoqda, biroq dori-darmon va yoqilg‘i zaxiralari juda past darajada.

“May oyi boshida Isroilning Rafahga bostirib kirishi boshlanganidan beri, qamalda qolgan shaharga faqat JSSTning gumanitar yordam olib ketayotgan uchta yuk mashinasi kirib kelgan”, deydi u.

Ma’lum qilinishicha, chegara yopilganligi sababli 60 ta JSST yuk mashinasi Rafahga bora olmay, El-Arishda kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 7 may kuni Isroil armiyasi blokadadagi G‘azo sektorining janubidagi Rafah shahriga quruqlikdan hujum boshlab, Misr hududidan 3,5 km uzoqlikdagi G‘azo tomonidagi nazorat-o‘tkazish punkti ustidan nazorat o‘rnatgandi. Kecha, 29 may kuni Isroil Mudofaa kuchlari G‘azo sektori va Misr o‘rtasidagi chegarada joylashgan 14 kilometrlik bufer zona vazifasini bajaruvchi Filadelfiya koridorini ham operativ nazoratga olganini e’lon qildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
39
0
xs.uz

Netanyahu AQShda va Isroil qilmishlari (+video)

Isroilning Xon Yunisdagi qilmishlariXon Yunis oxirgi kunlarda qonga botirilmoqda. Isroil askarlari aholini hududni tark etishga chaqirganidan koʻp oʻtmay oʻqqa tutgan. Odamlar oziq-ovqat va suvsiz qolmoqda. Ularni evakuatsiya qiladigan hech kim yoʻq. Xon Yunisda faqat bitta Nosir shifoxonasi ishlayapti. Hududning tez tibbiy yordam xodimlari yetib bora olmaydigan joylari ham bor.Hududdan bir kunning oʻzida 150 mingdan ortiq odam qochishga majbur boʻlgan. Soʻnggi kunlardagi zarbalardan toʻ

16 Jul 15:05
 
95
0
qalampir.uz

Armaniston va AQSH qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Armaniston va AQSH kecha, 15 iyul kuni “Eagle Partner 2024” qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarini boshladi. Bu haqda Armaniston Mudofaa vazirligi ma’lum qildi. Qayd etilishicha, AQSH armiyasining Yevropa va Afrikadagi a’zolari hamda Kanzas milliy gvardiyasi ishtirokidagi qo‘shma mashg‘ulotlar Armanistonda 24 iyulgacha davom etadi. Mashg‘ulotlarda tinchlikparvarlik vazifalarini bajarish chog‘ida nizolashayotgan tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni barqarorlashtirish m

20 Jul 09:28
 
62
0
qalampir.uz

O‘zbekiston Afg‘onistonda madrasa qurmoqda

Afg‘onistonning Balx viloyatida O‘zbekiston hukumati tashabbusi bilan madrasa qurilmoqda. Bu haqda Afg‘onistondagi “Tolibon” hukumati oliy ta’lim vazirligi xabar berdi. Afg‘onistonning Qobul shahrida mamlakat oliy ta’lim vaziri vazifasini bajaruvchi shayx ul Hadis Mavlaviy Nida Muhammad Nadem joriy yilning 16 iyul kuni O‘zbekistonning Kobuldagi elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonov bilan uchrashib, ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni yaxshilash masalalarini muhokama

19 Jul 16:33
 
80
0
xs.uz

«Men Xudoning inoyati bilan oldingizda turibman» — Tramp suiqasd haqida soʻz ochdi

Oxirgi bir hafta Amerika Qoʻshma Shtatlari siyosati ancha shov-shuvli oʻtdi. Ayniqsa, prezidentlikka nomzod Donald Trampga oʻz tarafdorlari oldida oʻq uzilishi keng muhokamalarga sabab boʻldi. Payshanba oqshomida sobiq prezident respublikachilar oldida 90 daqiqa nutq soʻzladi. Unda u suiqasd haqida gapirib oʻtdi.Trampning aytishicha, u ilohiy aralashuvlar bilan tirik qolgan. Oʻsha vaqtda u immigratsiya haqidagi jadvalni koʻrish uchun boshini biroz burgan.'Jadvalni koʻrish uchun men oʻ