calendar 19 Jul 16:33
eye 80
comments 0
comments Manba: xs.uz

«Men Xudoning inoyati bilan oldingizda turibman» — Tramp suiqasd haqida soʻz ochdi

image
Oxirgi bir hafta Amerika Qoʻshma Shtatlari siyosati ancha shov-shuvli oʻtdi. Ayniqsa, prezidentlikka nomzod Donald Trampga oʻz tarafdorlari oldida oʻq uzilishi keng muhokamalarga sabab boʻldi. Payshanba oqshomida sobiq prezident respublikachilar oldida 90 daqiqa nutq soʻzladi. Unda u suiqasd haqida gapirib oʻtdi.

Trampning aytishicha, u ilohiy aralashuvlar bilan tirik qolgan. Oʻsha vaqtda u immigratsiya haqidagi jadvalni koʻrish uchun boshini biroz burgan.

'Jadvalni koʻrish uchun men oʻng tarafga burila boshladim va bir oz koʻproq burilishni boshlashga tayyorlanayotgan edim, ammo buni qilmaganim uchun omadim kuldi. Qulogʻimga shivirlash ovoz eshitildi va nimadir qulogʻimga urildi. Bu faqat oʻq boʻlishi mumkin dedim. Men Xudoning inoyati bilan oldingizda turibman', deydi u.

Shuningdek, Tramp AQSHning amaldagi yetakchisi Jo Baydenni prezidentlar ichida eng yomoni ekanligini qoʻshimcha qilgan. Unga koʻra, Baydenning mamlakatga yetkazgan zararini tasavvur qilib boʻlmaydi.

Nutqida Donald Tramp janubiy chegara devorining qolgan qismini qurishga vaʼda berdi. Shu bilan birga u oziq-ovqat mahsulotlari 50, benzin 60-70 foiz, ipoteka stavkalari toʻrt baravar koʻtarilganini taʼkidladi.

Uningcha, inflyatsiya amerikalik saylovchilar uchun asosiy muammodir. Bayden 2021-yil yanvar oyida lavozimga kirishganidan beri narxlar jami 20 foizga oshgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
44
0
qalampir.uz

Eron-Armaniston postida chegarachilar ozarbayjonlikni o‘ldirdi (video)

Kecha, 12 iyul kuni asli ozarbayjonlik, Eron fuqarosi bo‘lgan yuk mashinasi haydovchisi Eron-Armaniston chegarasida arman chegarachilari tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda “APA” xabar berdi.   Eron va Armaniston chegarasidagi “Nurduz” chegara punktida arman chegarachilari ushbu nuqtadan faqat arman millatiga mansub haydovchilarni o‘tkazgani uchun bu navbatda turgan Amid Guluzade ismli ozarbayjonlik haydovchining noroziligiga sabab bo‘lgan. Shu tufayli mojar

11 Jul 15:12
 
81
0
xs.uz

Baydenning vaʼdasi, Rossiya—Xitoy mashgʻuloti va Gʻazoga hujum (+video)

Ukrainaga havo qurollari kerakAQSH, Germaniya, Niderlandiya, Italiya va Ruminiya NATO sammitida Ukrainaga yana beshta strategik havo mudofaa tizimini yetkazib berishini eʼlon qildi.Oq uyga koʻra, toʻrtta 'Patriot' akkumulyatori va ular uchun butlovchi qismlar Kiyevga oʻtkaziladi.Bundan tashqari, yaqin kelajakda AQSH va ittifoqchilar Ukrainaga havo hujumidan mudofaa uchun oʻnlab taktik tizimlar va Gepard tizimlarini yetkazib berish niyatida. Qoʻshma Shtatlar, shuningdek, kelasi yili Ukraina

15 Jul 12:02
 
80
0
qalampir.uz

Trampga uyushtirilgan suiqasdga dunyo liderlari qanday munosabat bildirdi?

Kecha, 13 iyul kuni AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampga Pensilvaniyadagi tarafdorlari bilan uchrashuv vaqtida noma’lum shaxs tomonidan o‘q uzilib, suiqasd uyushtirildi. Oq uy sobiq rahbarining hayotiga qilingan tajovuzga dunyo mamlakatlarining rasmiylari qanday munosabat bildirdi? Vladimir Zelenskiy, Ukraina Prezidenti “Trampni otishganini qoraylayman. To‘g‘risi, suiqasddan dahshatga tushdim. Bunday  zo‘ravonlikni oqlab bo‘lmaydi va dunyoning hech bir joyida

19 Jul 17:47
 
50
0
qalampir.uz

Kim Chen In Rossiya va Shimoliy Koreyaning harbiy sohada hamkorligi zarurligini aytdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rosssiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksey Krivoruchko boshchiligidagi Rossiya harbiy delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi. Bildirilishicha, uchrashuv chog‘ida o‘zaro xavfsizlik manfaatlarini himoya qilish uchun ikki davlatning harbiy sohadagi hamkorligining ahamiyati va zarurligi muhokama qilingan. Manbaga ko‘ra, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin delegatsiya rahbari orqali Kim Chen Inga sal