calendar 11 Jul 15:12
eye 82
comments 0
comments Manba: xs.uz

Baydenning vaʼdasi, Rossiya—Xitoy mashgʻuloti va Gʻazoga hujum (+video)

image
Ukrainaga havo qurollari kerak

AQSH, Germaniya, Niderlandiya, Italiya va Ruminiya NATO sammitida Ukrainaga yana beshta strategik havo mudofaa tizimini yetkazib berishini eʼlon qildi.

Oq uyga koʻra, toʻrtta 'Patriot' akkumulyatori va ular uchun butlovchi qismlar Kiyevga oʻtkaziladi.

Bundan tashqari, yaqin kelajakda AQSH va ittifoqchilar Ukrainaga havo hujumidan mudofaa uchun oʻnlab taktik tizimlar va Gepard tizimlarini yetkazib berish niyatida. Qoʻshma Shtatlar, shuningdek, kelasi yili Ukraina Qurolli kuchlariga yuzlab tutuvchi raketalarni topshirishga vaʼda berdi.

'Ittifoqchilar koalitsiyasi Ukraina havo mudofaasini kuchaytirish uchun 1 milliard dollardan ortiq mablagʻ ajratishga kelishib oldi', deyiladi Oq uy bayonotida.

'Urush Ukraina erkin va mustaqil davlat boʻlib qolishi bilan tugaydi. Rossiya gʻalaba qozonmaydi. Ukraina gʻalabaga erishadi', degan Jo Bayden.

Vladimir Zelenskiyning idorasi rahbari Andrey Yermakning 'Politico' nashriga aytishicha, sammitdagi Ukraina delegatsiyasi Rossiya hududiga zarbalar berish uchun AQSH qurollaridan foydalanishga qoʻyilgan barcha cheklovlarni olib tashlashga erishmoqchi. Hozirda Kiyev uzoq masofali raketalardan Qrimga zarba berish uchun foydalanmoqda.

'The Wall Street Journal' nashri xabariga koʻra, Amerika Qoʻshma Shtatlari Ukrainaga Rossiya hududiga hujumlar uchun bir qancha turdagi raketa tizimlari va artilleriyadan foydalanishga ruxsat berdi.

Isroilning Gʻazo lageriga hujumi oqibatida 29 kishi halok boʻldi

Isroil havo kuchlarining Gʻazo janubidagi maktab yaqinidagi qochqinlar lageriga uyushtirgan hujumi oqibatida kamida 29 falastinlik halok boʻldi. Oʻnlab odamlar yaralangan.

Xabarlarga koʻra, Xon Yunisning sharqiy qishloqlaridan koʻchirilgan odamlar yashaydigan Al-Avda maktabi hududiga zarba yoʻllangan.

Voqea guvohlarining soʻzlariga koʻra, hujum keng koʻlamli vayronagarchilik, ayollar va bolalarning oʻlimiga olib kelgan. Oʻsha paytda bozor va turar-joy binolari joylashgan hududga 3 mingga yaqin odam toʻplangan.

Isroil harbiylari dastlabki uchta zarbani HAMAS siyosatchilari, politsiya jangchilari baza sifatida foydalangani uchun amalga oshirganini aytdi.

Xitoy va Rossiya qoʻshma mashgʻulot boshladi

Rossiya va Xitoy harbiy-dengiz kuchlari shu hafta Osiyo hududida qoʻshma dengiz mashgʻulotlari oʻtkazib, NATOga qarshi birlashgan kuchlarini koʻrsatmoqda. Bu harakat NATO yetakchilarining Rossiyaning davom etayotgan harbiy harakatlari fonida Ukrainani qoʻllab-quvvatlash uchun tashkil etilgan Vashingtondagi yigʻilish bilan bir davrga toʻgʻri keldi.

TASS xabariga koʻra, Rossiyaning 'Rezkiy' va 'Gromkiy' nomli ikki harbiy kemasi Vladivostokdan Osiyo'Tinch okeani mintaqasidagi mashgʻulotlarda qatnashish uchun joʻnatilgan. Bu kemalar suv osti kemalariga qarshi, havo hujumidan mudofaa va sabotajga qarshi mashgʻulotlar oʻtkazadi.

Yaponiya mudofaa vazirligi ushbu kemalarning Susima boʻgʻozidan oʻtib, Yapon dengizidan Sharqiy Xitoy dengizi tomon harakatlanayotganini aniqladi. Rossiyaning yana bir 'Kareliya' aygʻoqchi kemasi, ham Sharqiy Xitoy dengiziga ketayotgani radarlarga tushib qolgan. Ammo uning mashgʻulotlarda ishtiroki nomaʼlum.

Bu harakatlar AQSH prezidenti Jo Bayden NATO yetakchilarini, jumladan, Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida va Janubiy Koreya prezidenti Yun Suk Yolni qabul qilgan paytga toʻgʻri keldi. Sammit NATOning Yevropadagi qarorini Osiyodagi muammolar, xususan, Ukrainani qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq.

Tahlilchilarning fikriga koʻra, NATOning yangi kotibi boshchiligidagi tashkilot Yevropaga hech qanday naf keltirmaydi. Chunki Mark Ryutte Vashington bosimi bilan tanlangan.

Rossiyaning imperatorlik ambitsiyalari bor

Rossiyaning harakatlari sovuq urushning yangilanishiga olib keldi. Ushbu fikrlarni Polsha prezidenti Anjey Duda 'Politico' nashriga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

Uning soʻzlariga koʻra, hozirgi vaziyatda AQSH emas, balki Rossiyaning imperatorlik ambitsiyalari aybdor.

Polsha rahbari Vashingtondagi NATO sammitini sharhlar ekan, alyansning kuchi va birligini koʻrsatish zarurligini taʼkidladi.

Avvalroq, Duda Rossiyaning Ukrainadagi mojarodagi gʻalabasi oqibatlarini bashorat qilgan edi. Uning fikricha, bu holda Moskva boshqa mamlakatlarga 'hujum qilishi' mumkin, ular orasida, uning fikricha, Polsha ham boʻlishi mumkin.

Oʻz navbatida, NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Vashingtondagi sammitdagi nutqida Rossiyaning Ukrainadagi gʻalabasi alyans uchun eng katta xavf, deb atadi va buning oldini olishga chaqirdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 20:56
 
95
0
qalampir.uz

Britaniya Ukraina  mudofaa sanoati uchun 2 mlrd funt sterling ajratdi

Buyuk Britaniya Ukrainaga mudofaa sanoati uchun 2 milliard funt sterling miqdorida kredit  beradi. Bu haqda Ukraina Prezidenti devoni xabar berdi Bildirilishicha, Buyuk Britaniya va Ukraina mudofaa qobiliyatini rivojlantirish uchun rasmiy kreditni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hukumatlararo kelishuvni imzolagan. Prezident devoni ma’lumotlariga ko‘ra, hujjat Prezident Vladimir Zelenskiy ishtirokida Ukraina Mudofaa vaziri Rustam Umarov va Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Jon Xili tomon

20 Jul 20:17
 
70
0
qalampir.uz

Rossiyada deportatsiya qilingan migrantlarni hibsda saqlash muddati belgilanmoqda 

Migrantlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Rossiyadan deportatsiya qilinganda ular maxsus muassasalarda ikki kundan ortiq bo‘lmagan muddat saqlanadi. Bu bo‘yicha qonun loyihasini Rossiya Davlat Dumasi joriy yilning 18 iyul kuni birinchi o‘qishda ma’qulladi.  O‘zgartirishlar kiritilgan “Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqarolarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga asosan chet ellik fuqarolar hamda migrantlar mamlakat hududidan chiqarib yuborilish

26 Jul 10:21
 
45
0
xs.uz

Rus armiyasida oʻzgarish, Netanyahuning dushmanlari va Kongressdagi nutqi (+video)

Bayden saylov poygasidan chiqqanidan soʻng birinchi marta nutq soʻzladiJo Bayden prezidentlik poygasidan chiqqanidan buyon birinchi marta nutq soʻzladi. U oʻzi erishgan yutuqlar, kamtarligi haqida gapirgan.'Prezident sifatida erishgan yutuqlarim, dunyodagi yetakchiligim, Amerika kelajagi haqidagi qarashlarim ikkinchi muddatga loyiq deb hisoblayman. Ammo demokratiyamizni saqlab qolish yoʻlida hech narsa toʻsqinlik qila olmaydi. Bu shaxsiy ambitsiyalarga ham tegishli' dedi Qoʻshma Shtatlar

11 Jul 10:00
 
59
0
qalampir.uz

Xitoy bojxonasida shimiga 100 dan ortiq ilon yashirgan erkak ushlandi (video)

Xitoy bojxonachilari 100 dan ortiq kam uchraydigan ilonni shimining ichiga solib kelayotgan erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda “The Economic Times” xabar berdi.   Mazkur shaxs Gonkong va Shenchjen o‘rtasidagi nazorat o‘tkazish punktida o‘z harakatlari bilan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarida shubha uyg‘otgach, darhol to‘xtatilgan. “Erkak shimida 104 ta tirik ilonni kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tayotganida ushlandi. Shimning ichidagi oltita