calendar 30 May 16:53
eye 42
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rossiya turli davlatlarga tinchlik sammitida qatnashmasligi uchun bosim o‘tkazmoqda – Zelenskiy

image

Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha sammitga Rossiyadan tashqari 100 dan ortiq davlat va tashkilotlar taklif etilgan. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Moskva hali ham Rossiya tajovuzkorligi bilan bog‘liq kelasi oy rejalashtirilgan “tinchlik sammiti”ni izdan chiqarishga urinayotganini aytdi. Bu haqda u kecha, 29 may kuni e’lon qilgan videomurojaatida so‘z ochdi.

Ukraina Prezidentining aytishicha, Kreml davlatlarga ushbu uchrashuvda qatnashmaslik uchun bosim o‘tkazmoqda.

Zelenskiy 15-16 iyun kunlari Shveysariyada bo‘lib o‘tadigan sammitda jahon hamjamiyati o‘zining “tinchlik formulasini” ilgari surish uchun umumiy front yaratilishini istaydi, bu esa Rossiya qo‘shinlarini olib chiqib ketish va Ukrainaning 1991 yildagi chegaralarini tiklash bo‘yicha talablarga asoslangan.

Vladimir Zelenskiy imkon qadar ko‘proq dunyo mamlakatlari Rossiyaga bosim o‘tkazishga intiladi.

Kechki videomurojaatida Vladimir Zelenskiy hozirda “100 ga yaqin davlat va xalqaro tashkilotlar” mojaroni hal qilish bo‘yicha “global sa’y-harakatlar”da ishtirok etayotganini aytdi.

“Rossiya bundan buyon sammitni to‘xtata olmaydi, garchi buning uchun juda ko‘p harakat qilsa ham. U turli mamlakatlarga beqarorlik bilan tahdid qilib, yetakchilarga bosim o‘tkazadi. Bu esa dunyo terrorchi davlatga haddan tashqari ko‘p vaqt bergani oqibatlaridan biridir”, deya ta’kidladi Zelenskiy.

Sammitning mezboni Shveysariya Rossiyani taklif qilmadi va Moskva uning ishtirokisiz tadbirni ma’nosiz deb hisoblaydi. Kreml mojaroga barham berish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini va 2022 yilda urushning dastlabki haftalarida bo‘lib o‘tgan muzokaralarni boshlanish nuqtasi sifatida taklif qilishini aytdi.

Hozirda Moskva Zelenskiyning rejasini “ishlab bo‘lmaydigan” deb hisoblaydi va har qanday munozarada “yangi voqeliklar”, jumladan, Rossiya Ukraina hududining qariyb 18 foizini nazorat qilishini hisobga olish kerakligini ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, 24 may kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Minskda Shveysariyada bo‘lib o‘tadigan konferensiya Zelenskiyning G‘arb hamjamiyati tomonidan qonuniyligini tasdiqlashga qaratilganini aytgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
38
0
postda.uz

“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН

Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича

21 Apr 08:34
 
18
0
xs.uz

Isroilning Gʻazoga bergan navbatdagi zarbalari oqibatida yana 20 nafarga yaqin falastinlik halok boʻldi

Isroilning Gʻazo sektoriga bergan ertalabki zarbalari oqibatida 20 nafarga yaqin odam halok boʻlgan. Bu haqda 'Al-Jazira' telekanali Falastin tibbiy manbalarga tayanib xabar tarqatdi.'Juma kuni ertalabdan beri Isroilning Gʻazo sektorining shimoliy va janubiy hududlariga bergan zarbalari natijasida 17 falastinlik halok boʻldi', ' deyiladi xabarda.Telekanal maʼlumotlariga koʻra, bu safar Isroil tomonidan Xon-Yunis hududidagi turar-joy binolari va Jabaliyadagi qochqinlar joylashgan maktab bom

22 Mar 08:54
 
34
0
xs.uz

“Shimoliy Gʻazo uchun tong otishi qiyin boʻldi, bemorlar kasalxonaga sigʻmayapti”: Gʻazodagi shifoxona rahbari murojaat bilan chiqdi

Bugun, 20-mart kuni Isroil Gʻazoning shimoliy hamda janubiy hududlariga zarbalar berishi oqibatida 71 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok boʻlgan edi.Gʻazo shimolida joylashgan Indoneziya kasalxonasi direktori Marvan al-Sultonning taʼkidlashicha, shifoxona Isroilning ketma-ket hujumlari oqibatida jarohatlangan bemorlar bilan toʻlib-toshgan. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Isroilning 17-20-mart kunlari oraligʻida Gʻazoga qilgan qu

23 Mar 16:44
 
52
0
xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl