calendar 30 May 09:50
eye 59
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda avtobus va teplovoz ishtirokida YTH bo‘ldi (video)

image

Toshkentda "King Long" rusumli avtobus va teplovoz ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati xabar berdi.

Bugun, 29 may kuni soat 15:50 larda haydovchi I. A. boshqaruvidagi avtobus Sergeli tumani Qumariq ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda, tartibga solinmagan temiryo‘l kesishmasidan harakatlanib kelayotgan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJga qarashli bo‘lgan, haydovchi A. J boshqaruvidagi teplovoz bilan to‘qnashuv sodir etgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, avtobus texnik shikastlangan.

Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.

Hodisa yuzasidan o‘tkazilgan dastlabki surishtiruv harakatlari natijalariga ko‘ra, haydovchi A. I. avtobusni boshqarib kelib, temir yo‘l kesishmasida to‘xtagan va boshqa transport vositalari bilan birga harakatni boshlab temir yo‘l kesishmasidan harakatlanib o‘tayotgan vaqtida teplovoz avtobusning orqa o‘ng tomon kuzov qismiga kelib urilgan.

Shuningdek, teplovoz tartibga solinmagan temir yo‘l kesishmasidan harakatlanib o‘tishidan avval yo‘nalish bo‘ylab transport vositalarini to‘xtatib turuvchi temir yo‘l nazoratchi xodimi voqea joyida bo‘lmaganligi sababli transport vositalarini to‘xtatish choralari ko‘rilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 25 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida ichida uch nafar maktab bitiruvchisi bo‘lgan Gentra rusumli mashina avtobusga borib urilgan va yo‘lovchilardan biri vafot etgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:44
 
23
0
xs.uz

IIBB Toshkentdagi musiqa festivalida yuzaga kelgan janjal boʻyicha munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi musiqa festivaliga kelgan fuqarolar jamoat tartibini buzib, janjal koʻtargani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy maʼlumot berdi.Maʼlum qilinishicha, kecha, 6-sentyabr kuni Yunusobod tumanida oʻtkazilgan musiqa festivalida koʻplab musiqa ixlosmandlari yigʻilgan. Ular orasida bir necha fuqarolar jamoat tartibini buzib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan mayda bezorilik sodir etgan.'Ichki ishlar or

24 Aug 17:26
 
24
0
xs.uz

Andijonda “Mebel kompleksi” kichik sanoat zonasi tashkil etilmoqda

Vazirlar Mahkamasining 'Andijon viloyatida mebelsozlikni rivojlantirishni yangi sifat bosqichiga olib chiqish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi qarori qabul qilindi.Hujjat bilan Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanidagi Uygʻur mahallasi hududida mebel mahsulotlari ishlab chiqarish, koʻrgazma-savdo obyektlari va boshqa obyektlar 'klaster' usulida joylashgan 'Mebel kompleksi' kichik sanoat zonasini (KSZ) tashkil etish koʻzda tutilgan.KSZni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatla

25 Sep 13:14
 
14
0
xs.uz

Prezident yangi Qonunni imzoladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-963-son, 20.09.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Qonunga koʻra, ayrim qonun hujjatlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyada mustahkamlangan, OAVlarning faoliyati hamda insonning asosiy huquq va erkinliklari bilan bogʻliq huquqiy normalar belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.Shuningdek, 'Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida'gi Qonuniga kiritilgan qoʻshimchaga koʻr

08 Sep 16:44
 
23
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 7-sentyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi

Unga koʻra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 24-26 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo