calendar 29 May 19:36
eye 39
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Butun dunyo vampir Netanyaxuning qilmishlariga tomoshabin bo‘lib turibdi – Erdo‘g‘an

image

Isroil millionlab tinch aholi boshpana topgan Rafah hududiga uyushtirilgan hujumlari bilan G‘azoda amalga oshirgan genotsidining ancha qonli pallasiga kirdi. Bu haqda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 29 may kuni Turkiya Buyuk Millat majlisi (parlament)dagi nutqida so‘z ochdi. 

U bir kun avval xavfsiz hudud deb atalgan Rafahda qochoqlar lageriga uyushtirilgan hujumda kamida 45 nafar begunoh falastinlik shahid bo‘lganini eslatdi. U internetda tarqalgan tasvirlarga qarashga bardoshi yetmayotganini ifoda etib, shunday dedi: 

“Tasvirlarga qarashga yurak bardosh berolmayapti. Bir ota bor-yo‘g‘i bir necha oylik boshi uzilgan bolasini, agar hamon bor bo‘lsa, dunyoning vijdoniga ko‘rsatmoqda. 15 ming begunoh boladan nima istading? Sizda odamiylikdan asar qolmadimi? Sizda vijdon yo‘qmi? Sizda rahm-shafqat yo‘qmi? Sizda hech qanday qiymat, chegara, had va hudud yo‘qmi? Siz insoniyatga shunchalik dushmanmisiz? Qalbingizda zarracha ham mehr yo‘qmi? Qasam ichamanki, yer yuzidagi hech bir din bu vahshiylikni qonuniylashtira olmaydi. Hech bir e’tiqod, hech bir mafkura, qanchalik buzuq bo‘lmasin, begunoh go‘dakning boshini yulib tashlashni yoki begunoh fuqarolarni o‘z chodirlarida kuydirib o‘ldirishni oqlamaydi, oqlay olmaydi”, deydi Erdo‘g‘an.

U butun dunyo ruhiy xasta bo‘lgan Netanyaxuning qilmishlariga tomoshabin bo‘lib turganini urg‘uladi. 

“Butun dunyo bemor, manyak, ruhiy xasta Netanyaxu degan qon to‘kuvchi vampirning vahshiyligiga tomoshabin bo‘lib turibdi va ular buni jonli efirda ko‘rmoqda. Ey, Amerika davlati! Bu qon sizning ham qo‘lingizda. Siz hech bo‘lmaganda Isroil kabi bu genotsid uchun javobgarsiz. Ey, Yevropa davlat va hukumat rahbarlari! Siz ham Isroilning genotsidi, vahshiyligi va vampirizmida ishtirok etgansiz. Chunki siz sukut saqladingiz. Shifoxonalar, maktablar,  masjidlarga hujum qilishdi, siz indamay turdingiz. Ular yordam kolonnasiga hujum qilishdi, siz yana sukut qildingiz. Jurnalistlarni, shifokorlarni, yordam xodimlarini otib tashlashdi, siz jim bo‘ldingiz. Shifoxona bog‘larida ommaviy qabrlar topildi, siz hech qanday munosabat bildirmadingiz. Siz HAMAS deb ochiqchasiga Isroilni qo‘llab-quvvatladingiz”, deydi Turkiya Prezidenti.

Erdo‘g‘anning qo‘shimcha qilishicha, G‘azodagi genotsid Yevropada demokratiya, inson huquqlari, so‘z erkinligi, matbuot erkinligi, ayollar va bolalar huquqlari nobud bo‘layotganining namunasidir. 

“Bundan buyon hech bir yevropalik chiqib, demokratiya, inson huquqlari, so‘z va matbuot erkinligi haqida takabburlik, barmoq ishorasi bilan homiylik timsolida gapirmasin. Chunki Isroil G‘azoda insoniyatni o‘ldirmoqda”, deydi Turkiya rahbari. 

27 mayga o‘tar kechasi Isroil harbiylari Rafahga zarba berdi. Tal as-Sulton hududidagi BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish va ishlar agentligining Yaqin Sharqdagi ombori yonida o‘rnatilgan chodir lageriga kamida sakkizta raketa bilan hujum qilindi. 

Chodirlar shaharchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Falastinning WAFA agentligi taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘lgan, qurbonlarning aksariyati ayollar va bolalardir. Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati Bosh shtabning faktlarni aniqlash apparati Rafah hujumi hududida tinch aholining o‘limi holatlarini tekshirishni boshlaganini ma’lum qildi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
28
0
xs.uz

Falastinda oziq-ovqat tarqatish atrofida mojaro kuchaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ochlikdan aziyat chekkan falastinliklarning BMT omboriga bostirib kirgani aks etgan. HAMASning maʼlum qilishicha, omborga kirgan 5 kishi otib oʻldirilgan. Maʼlumotlarga koʻra, guruh BMTdan olingan mahsulotlarni aholiga yuqori narxlarda sotishni rejalashtirgan.Isroil qariyb ikki oy davomida Gʻazoga gumanitar yordam kirishini cheklagan edi. Faqatgina oʻtgan haftadan boshlab yuklar qayta kiritila boshlandi. Endi yordam tarqatishni HAMAS emas, AQSHning

21 Apr 08:34
 
1113
0
xs.uz

Global isish jahon yalpi ichki mahsulotini 40 foizga qisqartiradi

Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqot, agar 2100-yilga borib Yer sharidagi haroratning issiqlik darajasi Selsiy shkalasi boʻyicha 4 gradusga (sanoatlashishdan oldingi davrga nisbatan) koʻtarilsa, dunyo iqtisodiyoti uchun jiddiy oqibatlar yuzaga kelishidan ogohlantiradi.Jahon yalpi ichki mahsuloti 40 foizga pasayishi kutilmoqda, bu avvalgi 11 foiz baholanganidan ancha yuqori. Chunki koʻpgina iqlim prognozlari savdo va resurslar orqali mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni hisobga olmaydigan maha

16 Apr 09:12
 
87
0
xs.uz

Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalariga “Boeing” samolyotlaridan voz kechishni talab qildi

Xitoy hukumati oʻz aviakompaniyalaridan AQSHning 'Boeing Co.' korporatsiyasi samolyotlarini import qilishni, shuningdek, AQSH kompaniyalaridan samolyotlar uchun har qanday uskuna va ehtiyot qismlar xarid qilishni toʻxtatishni talab qildi. Bu haqda 'Bloomberg' oʻz manbalarga tayanib xabar tarqatdi.Qayd etilishicha, bunday qarorga savdo urushi munosabati bilan, yaʼni AQSH prezidenti Donald Trampning Xitoy mahsulotlariga 145 foizlik tariflarni joriy qilgani bois kelingan.Rasmiylar, shuningdek,

13 May 14:38
 
122
0
xs.uz

Tramp Rossiya va Ukraina muzokaralaridan chiqadi. Agar…

Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi muzokaralarni talab qilmoqda, boʻlmasa jarayondan chiqib ketishini aytgan.Uning maxsus vakili Stiv Uitkoffga koʻra, kelishuv boʻyicha muzokaralarning asosiy mavzulari Kiyevni hududlardan voz kechishga koʻndirish, Zaporojye atom elektr stansiyasidan foydalanish va Ukrainaning Dnepr hamda Qora dengizga kirishi haqida boʻladi. Uitkoff, shuningdek, prezident Vladimir Putinning roziligisiz Ukraina boʻyicha tinchl