calendar 28 May 18:10
eye 79
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Endi Ukraina Shvetsiya qurollari bilan ham Rossiya hududiga hujum qilishi mumkin

image

Shvetsiya Kiyevga o‘zi tomonidan yuborilgan qurollardan foydalangan holda Rossiya hududiga zarbalar berilishiga qarshi emas. Bu haqda mamlakat Mudofaa vaziri Pol Yonson ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning Rossiya hududiga hujumlari xalqaro huquq normalariga mos keladi.

“Xalqaro huquqqa ko‘ra, Ukraina, agar harbiy harakatlar urush qonunlari va urf-odatlariga mos kelsa, dushman hududiga qarshi harbiy amaliyotlar o‘tkazish orqali o‘zini himoya qilish huquqiga ega”, deya ta’kidlaydi Yonson. 

Shu bilan birga, Shvetsiya Mudofaa vaziri Stokgolm xalqaro huquq va Ukrainaning o‘zini himoya qilish huquqini hurmat qilishini ta’kidladi.

Shvetsiya birmuncha vaqt oldin Kiyevga Shimoliy Atlantika alyansining eng yaxshi o‘ziyurar qurollaridan biri hisoblangan ko‘p sonli Archer artilleriya birliklarini topshirgan edi. Bu qurollar yordamida Ukraina Qurolli kuchlari nafaqat Xerson, balki Zaporoje viloyatlaridagi Rossiya qo‘shinlari pozitsiyalariga ham zarba bergan.

Ushbu qurolning tezligi va manyovr qobiliyati ekipajlarga o‘qqa tutish joylarini tezda o‘zgartirishga imkon beradi, bu esa Rossiya Qurolli kuchlariga qarshi batareya urushini olib borishni qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, Shvetsiya Ukrainaga katta miqdordagi 155 mm artilleriya o‘q-dorilarini o‘tkazgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 may kuni NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Bolgariyaga tashrifi chog‘ida butun dunyo hukumatlari Ukrainaning Rossiya ichidagi rus qo‘shinlariga hujum qilish uchun G‘arb qurollaridan foydalanishiga qo‘yilgan taqiqlarni qayta ko‘rib chiqishi kerakligini va bu cheklovlar Ukraina qo‘shinlarining o‘z mamlakatini himoya qilish qobiliyatini pasaytirayotganini aytgandi.

Toir Obidov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:56
 
199
0
xs.uz

AQSH Kiyevga zarba berdi — OAV

AQSH prezidenti Donald Tramp va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Kanadadagi G7 sammiti doirasidagi amalga oshmagan uchrashuvi Kiyev uchun zarba boʻldi. Bu fikrlarni Germaniyaning 'Berliner Zeitung' gazetasi yozdi.'Bu Kiyevga yana bir zarba boʻldi va AQSH bu inqirozda yevropaliklardan boshqacha fikr yuritishi va harakat qilishining yana bir isboti boʻldi', deyiladi maqolada.Muallifga koʻra, Trampning Vashingtonga muddatidan oldin qaytishi Ukrainaga 'achchiq xabar' boʻlib, bu mojaro

15 Jun 10:46
 
92
0
xs.uz

Isroil Eronga hujum qildi. AQSH hujumda “qoʻli” yoʻqligini aytmoqda. Eron oliy rahnamosi yahudiy davlatini “achchiq va alamli” taqdir kutayotganini bildirdi

Isroil Eronga bir necha bor havo zarbalari berdi. Hujum boshlangani haqida dastlab 'Axios' portali xabar berdi. Buni Isroil mudofaa vaziri Isroel Kas ham tasdiqladi.'Isroilning Eronga preventiv zarbasidan soʻng, yaqin kelajakda Isroil va uning tinch aholisiga raketa va dron hujumi kutilmoqda', ' dedi Kas.Avvalroq, 'ABC News' Isroil hukumati yaqin kunlarda Eronga zarba berishi mumkinligi haqida xabar bergandi. Telekanalning uch manbasi Vashingtonning hujumga tayyorgarlik koʻrishga aloqasi bor y

15 Jun 20:14
 
97
0
xs.uz

Avstriyada xavfli vaziyat: maktabdagi otishma mamlakat rasmiylarini oʻylantirib qoʻydi

Avstriya hukumati mamlakatdagi maktab otishma voqeasidan soʻng qurolga egalik qilishga oid qonunlarni kuchli nazoratga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Avstriya bosh vaziri Kristian Shtoker ORF radiosiga bergan intervyusida maʼlum qildi. Unga koʻra, qonunchilikdagi oʻzgarishlar asosan qurol xaridi va egasi boʻlish shartlariga qaratiladi.Shtokerning aytishicha, yangi chora-tadbirlar orasida qurol egalik qilish uchun yosh cheklovlarini aniqlashtirish, ayrim qurollarni tartibga solish mexani

08 Jun 02:27
 
40
0
xs.uz

Polshaning saylangan prezidenti Ukraina boʻyicha kutilmagan bayonot berdi

Polshaning saylangan prezidenti Karol Navroskiy Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga tezlashtirilgan qabul qilinishiga qarshi chiqdi. Bu haqda u Vengriyaning 'Mandiner' jurnaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Hozirda men Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishiga qarshiman', ' deydi u. Navroskiyning taʼkidlashicha, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga aʼzoligi Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti va qishloq xoʻjaligiga zarar yetkazadi.'Saylov kampaniyasi davomida men prezident sifatida Polsha qishloq