calendar 28 May 16:12
eye 73
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Yangi Toshkent ko‘chalaridan biriga “Sankt-Peterburg” nomi beriladi

image

Yangi Toshkent ko‘chalaridan biri “Sankt-Peterburg” deb nomlanadi. Bu haqda kecha, 27 may kuni Sankt-Peterburg gubernatorining matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 26-27 may kunlari bo‘lib o‘tgan ikki davlat rasmiylari uchrashuvida Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent ko‘chalaridan biriga Rossiya Federatsiyasining madaniy poytaxti bo‘lmish Sankt-Peterburg sharafiga nom berish qarori haqida gapirgan.

“Ajoyib! U eng go‘zali bo‘ladi”, deb javob bergan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin.

Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov ham bu fikrga ijobiy munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror Sankt-Peterburg uchun katta sharaf va do‘stona munosabatlar ramzi hisoblanadi.

“O‘zbekiston bilan hamkorlik Sankt-Peterburgning xalqaro hamkorlik sohasidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi”, deydi Beglov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida savdo hajmini 30 milliard dollarga yetkazishga kelishib olingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:44
 
23
0
xs.uz

IIBB Toshkentdagi musiqa festivalida yuzaga kelgan janjal boʻyicha munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi musiqa festivaliga kelgan fuqarolar jamoat tartibini buzib, janjal koʻtargani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy maʼlumot berdi.Maʼlum qilinishicha, kecha, 6-sentyabr kuni Yunusobod tumanida oʻtkazilgan musiqa festivalida koʻplab musiqa ixlosmandlari yigʻilgan. Ular orasida bir necha fuqarolar jamoat tartibini buzib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan mayda bezorilik sodir etgan.'Ichki ishlar or

24 Aug 17:26
 
24
0
xs.uz

Andijonda “Mebel kompleksi” kichik sanoat zonasi tashkil etilmoqda

Vazirlar Mahkamasining 'Andijon viloyatida mebelsozlikni rivojlantirishni yangi sifat bosqichiga olib chiqish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi qarori qabul qilindi.Hujjat bilan Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanidagi Uygʻur mahallasi hududida mebel mahsulotlari ishlab chiqarish, koʻrgazma-savdo obyektlari va boshqa obyektlar 'klaster' usulida joylashgan 'Mebel kompleksi' kichik sanoat zonasini (KSZ) tashkil etish koʻzda tutilgan.KSZni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatla

25 Sep 13:14
 
14
0
xs.uz

Prezident yangi Qonunni imzoladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-963-son, 20.09.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Qonunga koʻra, ayrim qonun hujjatlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyada mustahkamlangan, OAVlarning faoliyati hamda insonning asosiy huquq va erkinliklari bilan bogʻliq huquqiy normalar belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.Shuningdek, 'Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida'gi Qonuniga kiritilgan qoʻshimchaga koʻr

08 Sep 16:44
 
23
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 7-sentyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi

Unga koʻra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 24-26 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo