calendar 27 May 16:12
eye 122
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mirziyoyev va Putin tor doirada muzokara o‘tkazdi (video)

image

Bugun, 27-may kuni "Ko‘ksaroy" qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qutlar ekan, Rossiya Prezidenti qayta saylanganidan so‘ng ilk xorijiy tashriflaridan birini aynan  O‘zbekistonga amalga oshirayotganini alohida ta’kidladi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tashrifga tayyorgarlik doirasida parlament a’zolarining uchrashuvlari, siyosiy maslahatlashuvlar, "Innoprom" ko‘rgazmasi, ikki mamlakat yetakchi muhandislik-texnik oliy o‘quv yurtlari rektorlari va nufuzli tibbiyot muassasalari rahbarlarining anjumanlari samarali o‘tgani, Toshkentda Rus san’ati haftaligi tadbirlari davom etayotgani ta’kidlandi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikning o‘sib borayotgan sur’ati mamnuniyat bilan qayd etildi. Bildirilishicha, o‘zaro tovar ayirboshlash va Rossiyadan investitsiyalar hajmi ko‘paymoqda, sanoat kooperatsiyasi rivojlanmoqda. Qo‘shma loyihalar portfeli 45 milliard dollarni tashkil etdi.

“Bizda juda keng kun tartibi bor, biz birinchi marta 63 banddan iborat “Yo‘l xaritasi”ni imzoladik, bu haqiqatan ham amalga oshirilmoqda”, degan Mirziyoyev.

Yetakchi korxonalarning qo‘shma loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qo‘shma investitsiya platformasini ishga tushirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Prezidentlar hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladi. Bugun davlat rahbarlari raisligida O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi majlisi bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, yetakchilar energetika, shu jumladan atom energetikasi, qishloq xo‘jaligi, innovatsiyalar, migratsiya, xavfsizlik va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini atroflicha muhokama qildi.

Ko‘p qirrali madaniy-gumanitar almashinuv rivojlanayotganiga yuqori baho berildi. Tashrif davomida Madaniy hamkorlik dasturi qabul qilinadi.

Ta’lim va muhandis kadrlarni tayyorlash sohalaridagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekistonda Bauman nomidagi Moskva texnika universiteti va Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi filiallarini ochish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Davlat rahbarlari tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:33
 
55
0
xs.uz

Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi

'Oʻzgidromet' 21-23-aprel kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-aprelda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 21-aprelda 22-27 daraja, 22-23-aprelda 24-29 daraja boʻladi.Buxoro'va'Navoiy'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7

04 Apr 16:19
 
63
0
xs.uz

Sammit doirasida Qozogʻiston va Oʻzbekiston prezidentlari uchrashuv oʻtkazdi

O'zbekiston-Qozog'iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini ikki davlat rahbarlarining yaqinda Olmaota shahrida bo'lib o'tgan norasmiy uchrashuvida erishilgan kelishuvlarni hisobga olgan holda yanada rivojlantirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.Ikki mamlakat hukumatlari tovar ayirboshlashni ko'paytirish, iqtisodiy loyihalar va gumanitar dasturlarni, shu jumladan hududlar darajasida ilgari surish bo'yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar ko'rishi

31 May 08:49
 
2
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida ishtirok etdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 may kuni Ostona shahrida 'Markaziy Osiyo ' Italiya' sammitida ishtirok etdi.Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida o'tkazilgan tadbirda Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni, Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdilar.Uchrashuvda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Italiya o'rtasidagi ko'p

31 May 08:49
 
5
0
xs.uz

Toshkentdagi futbol musobaqasida ommaviy janjal yuz berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda futbol musobaqasi doirasida raqib jamoalar oʻzaro janjallashib ketgani aks etgan videolar tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 28-may kuni taxminan soat 21:00 larda Shayxontohur tumani 'Jar' oʻyingohida 'LikeCup' loyihasi doirasida sanʼatkorlar va blogerlar oʻrtasida futbol boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtgan. Oʻyin yakunlanganidan soʻng 21 yoshli O.Oʻ. ijtimoiy tarmo