calendar 17 May 20:10
eye 75
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekiston Afg‘onistondan 1 million tonna ko‘mir olmoqchi

image

O‘zbekiston Afg‘onistondan bir million tonnadan ortiq ko‘mir sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Afg‘onistonning "Tolibon" boshchiligidagi muvaqqat hukumati Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tarqatilgan bayonotda so‘z borgan. 

Gap shundaki, joriy yilning 12 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov va Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev boshchiligidagi delegatsiyasi Afg‘onistonga borib, Tashqi ishlar vaziri Mavlaviy Amirxon Muttaqiy bilan muzokaralar o‘tkazgan. 

Uchrashuvda ikki tomonlama siyosiy, iqtisodiy aloqalar, mintaqaviy aloqalar, tranzit loyihalari, qo‘shma sarmoyaviy imkoniyatlar hamda Afg‘oniston va O‘zbekistonning mintaqadagi tranzit roli muhimligi qayd etilgan.  

Avvaliga O‘zbekistonni siyosiy va iqtisodiy sohalarda qo‘llab-quvvatlayotgani uchun yuksak qadrlar ekan, Tashqi ishlar vaziri Muttaqiy bu kabi hamkorlikni davom ettirish va kengaytirishga alohida e’tibor qaratgan. 

O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov samimiy qabul uchun Tashqi ishlar vazirligiga minnatdorlik bildirib, bu gal delegatsiyaga xususiy sektor, jumladan temir yo‘l, geologiya va tog‘-kon sanoatidan iborat kuchli texnik guruh hamrohlik qilayotganini aytib, O‘zbekiston Afg‘onistonni mintaqada tranzit markazi bo‘lishga intilish siyosatini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. 

Mahkamov Afg‘oniston-Trans loyihasini amaliy boshlash va amalga oshirish uchun muhandislar guruhi bilan kelganini, bir necha haftadan so‘ng Afg‘onistonga Afg‘oniston temir yo‘li qurilishi uchun uskunalar bilan yana bir delegatsiya kelishini qo‘shimcha qilgan. 

Bundan tashqari, geologiya va konlar texnik guruhi Afg‘onistonda neft va gazni qidirish va qazib olish, shuningdek, boshqa imkoniyatlarni o‘rganish bo‘yicha Afg‘oniston Kon va neft vazirligi mas’ullari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. 

O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili Ismatilla Ergashev yaqinda ro‘y bergan suv toshqinlari va qurbonlar uchun hamdardlik bildirib, O‘zbekiston birodar va qo‘shni sifatida qo‘lidan kelgancha yordam berishini aytgan. Uning bildirishicha, O‘zbekiston Afg‘oniston Islom Amirligining mintaqada iqtisodiy farovonlikka erishish uchun iqtisodiyotni siyosiylashtirmaslik kerakligi haqidagi bayonotini qo‘llab-quvvatlamoqda. 

Bundan tashqari, u Afg‘onistondan bir million tonnadan ortiq ko‘mir sotib olish uchun yaqin kunlarda texnik guruh Qobulga kelishini qo‘shimcha qilgan. Shuningdek, Ergashevga ko‘ra, yaqin orada Mozori Sharifda Imom Al-Buxoriy madrasasi qurilishini boshlash uchun muhandislar guruhi Afg‘onistonga boradi. 

Qolaversa, Prezidentning maxsus vakili O‘zbekiston Afg‘oniston Axborot va madaniyat vazirligi bilan tarixiy maskanlar va ziyoratgohlarni qurish va ta’mirlashda hamkorlik qilishga tayyorligini qo‘shimcha qilgan. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jul 04:28
 
18
0
xs.uz

Elektron tijorat sohasida kuryerlik faoliyatining aniq tartibi belgilandi

Nizomda elektron tijorat sohasida kuryerlik xizmatini amalga oshirishning huquqiy va amaliy tartiblari belgilab berilgan. Jumladan, kuryer ' tadbirkorlik subyektlari yoki yetkazib berish xizmatlari operatorlari bilan mehnat shartnomasi va yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida tovarlarni yetkazib beruvchi jismoniy shaxs sifatida eʼtirof etiladi. Shuningdek, kuryer sifatida oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar ham faoliyat yuritishi mumkin.Nizomga koʻra, shartnomada belgilangan hollarda, yet

01 Jul 04:28
 
18
0
xs.uz

Energiya va suv resurslaridan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Taʼkidlanishicha, soʻnggi yillarda mamlakatimizda energetika sohasini modernizatsiya qilish, energiya resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlash, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hamda hisob-kitob tizimini shaffoflashtirish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.Shu bilan birga, sohada yuzaga kelayotgan huquqbuzarliklarga qarshi samarali kurashish, javobgarlikni kuchaytirish va nazorat mexanizmlarini takomillashtirish dolzarb vazifalardan biriga aylangan.Huquqni

01 Jul 04:28
 
18
0
xs.uz

Qamoqqa olingan shaxslarga nisbatan qiynoqqa solish hollarining oldi olinadi

Qonun (OʻRQ'1072-son, 26.06.2025-y.) bilan 'Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida'gi Qonunga qoʻshimcha kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' kanalida'xabar berildi.Kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga joylashtirilishidan oldin ular hibsxonaning oʻzida majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.Majburiy tibbiy koʻrik qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga olib kelingan paytdan eʼtiboran 2 soat ichida oʻtkaziladi

01 Jul 04:28
 
18
0
xs.uz

Hokimlar yoshlar bilan doimiy muloqot platformasini yoʻlga qoʻyadi

Respublika boʻyicha 15 mingga yaqin oʻquv va 7,5 mingta kasbga tayyorlash markazlari mavjud. Soʻnggi yillarda ularga 100 dan ortiq imtiyoz va yengilliklar berildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvida qayd etildi.Fursatdan foydalanib, davlat rahbari ushbu markazlarga ham murojaat qilib, hozirgi koʻrsatkichlar bilan cheklanib qolmaslikka, kengayishga, zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni oʻrganayotgan yoshlarni koʻpaytirishga chaqirdi, buning uchun har qanda