calendar 17 May 09:49
eye 68
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ko‘p yig‘lagani uchun chaqaloqni uchinchi qavatdan uloqtirgan shaxsga hukm o‘qildi

image

Qozog‘istonda ikki yashar chaqaloqni o‘ldirishda ayblangan shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod qilindi. Bu haqda "Otyrar" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, fojia o‘tgan yilning noyabr oyida sodir bo‘lgan. Chimkent shahri markazidagi ko‘p qavatli uylardan birida 40 yoshli erkak o‘z jiyanini uchinchi qavat derazasidan uloqtirib yuborgan. Chaqaloqning onasi tez yordam chaqirgan, biroq shifokorlar go‘dakni qutqarib qololmagan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chimkent shahar sudining xulosasiga ko‘ra, erkak aqldan ozgan va uning yig‘lashiga chiday olmagani uchun chaqaloqdan qutulishga qaror qilgan.

“Og‘ir tan jarohatlari oqibatida chaqaloq jinoyat joyida vafot etgan. Sudning xulosalari guvohlarning ko‘rsatmalari, ashyoviy dalillar, sud-tibbiy ekspertizasiga binoan chiqarildi”, degan sudya Abinur Qoraboyev.

Aybdor Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 99-moddasi 3-qismi bo‘yicha javobgarlikdan ozod qilinib, psixiatriya shifoxonasida majburiy davolanishga yuborilgan. Jabrlangan tomon ham hukmga rozi ekani aytilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:44
 
58
0
xs.uz

Yer yuzidagi barcha muzliklar 2100-yilga borib erib tugashi mumkin – BMT

Dunyo boʻylab muzliklarning erish tezligi hozirgidek davom etsa XXI asrning oxirlariga kelib, Yer yuzi deyarli muzliklarsiz qolishi mumkin. Bu haqida BMTning iqlim boʻyicha ekspertlari 'Butunjahon muzliklar kuni' munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirdagi nutqida maʼlum qildi.Har yili 21-mart kuni, 'Butunjahon muzliklar kuni' deya eʼtirof etilib, muzliklarning Yer sayyorasi iqlim, atrof-muhit tizimidagi hal qiluvchi ahamiyati haqida masʼuliyatni oshirishga qaratilgan tadbirlar oʻtkaziladi.Bi

24 Mar 13:25
 
276
0
xs.uz

“Vaqt u tomonda emas” — AQSHda Zelenskiy haqida jiddiy bayonot berildi

Kiyev imkon qadar tezroq tinchlik kelishuviga rozi boʻlishi kerak. Bu fikrlarni AQSH armiyasining sobiq polkovnigi Daniel Devis aytib oʻtdi.'Agar Rossiya keng koʻlamli harbiy amaliyotlar oʻtkazmoqchi boʻlsa, u allaqachon Kiyevni yer bilan yakson qilgan boʻlardi, shuning uchun kelishuvni hoziroq, juda kech boʻlmasdan, tuzish kerak', deydi u.Devisning qayd etishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hududiy imtiyozlarni inkor etishda davom etmoqda, ularni keyinroq qaytarishga harakat q

22 Mar 08:54
 
54
0
xs.uz

“Shimoliy Gʻazo uchun tong otishi qiyin boʻldi, bemorlar kasalxonaga sigʻmayapti”: Gʻazodagi shifoxona rahbari murojaat bilan chiqdi

Bugun, 20-mart kuni Isroil Gʻazoning shimoliy hamda janubiy hududlariga zarbalar berishi oqibatida 71 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok boʻlgan edi.Gʻazo shimolida joylashgan Indoneziya kasalxonasi direktori Marvan al-Sultonning taʼkidlashicha, shifoxona Isroilning ketma-ket hujumlari oqibatida jarohatlangan bemorlar bilan toʻlib-toshgan. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Isroilning 17-20-mart kunlari oraligʻida Gʻazoga qilgan qu

20 Mar 12:50
 
50
0
postda.uz

ҒАРОЙИБУ АЖОЙИБ

         Дунё бўйича ҳар 100 нафар ўлган кишининг 2 нафари қарилик, қолган 98 нафари эса турли тасодифлар оқибатида бевақт ҳалок бўлади.* * *         Мисрда қайнатилган карам тансиқ таом сифатида зиёфат сўнгида дастурхонга тортилади.* *