calendar 15 May 16:46
eye 53
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Kamron Habibulloh O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasiga chaqirilmaydi

image

O‘zbekistonda tug‘ilib, hozirda AQSHda to‘p tepayotgan futbolchi Kamron Habibullohning futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 terma jamoasi safida Olimpiadada ishtirok etishi haqiqatdan yiroq holat. Bu haqda O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi ustozi Temur Kapadze QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

“Men bu futbolchini tanimayman ham. Shunaqa futbolchi borligini endi bildim. Olimpiada uchun kengaytirilgan ro‘yxat allaqachon kerakli joyga taqdim etilgan. Ro‘yxatda esa bu bolaning nomi yo‘q. Qaysidir manbalar bu futbolchini yanada tanitish uchun shunaqa xabarlar tarqatayotgan bo‘lsa kerak”, deydi Kapadze.

Qayd etilishicha, 20 yoshli Kamron Habibulloh hozirda Kanada U-20 jamoasi a’zosi hisoblanadi. Hozirda unda Afg‘oniston fuqaroligini olish varianti ham mavjud.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Kapadze Abbosbek Fayzullayev va Abduqodir Husanovning Olimpiadada qatnashishi bilan bog‘liq masalaga oydinlik kiritgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Mar 06:34
 
30
0
xs.uz

Husanovning jamoasi mehmonda “Nottingem”ga imkoniyatni boy berdi

Bugun, 8-mart sanasida APLning 28-turidan oʻrin olgan 'Nottingem Forest' ' 'Manchester Siti' uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Hamyurtimiz Abduqodir Husanov toʻliq harakat qilgan oʻyinda 'shaharliklar' 1:0 hisobida magʻlub boʻldi.Uchrashuvning dastlabki 45 daqiqaligi nursiz durang bilan tugagan boʻlsa, 83-daqiqaga kelib 'Nottingem' hujumchisi Kallum Xadson-Odoi gʻalaba golini urdi.'Oʻrmonchilar' mazkur oʻyinda zafar quchish orqali ochkolari sonini 51 taga yetkazib oldi va 3-oʻrindagi joyini m

23 Mar 16:44
 
24
0
xs.uz

“Futboldagi matematika”: Oʻzbekiston milliy terma jamoasi muddatidan avval mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritishi uchun nimalar roʻy berishi kerak?

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻz tarixida ilk bor jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin. Mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritish uchun hamyurtlarimiz oldinda turgan uch oʻyinda maksimal ochko yoʻqotmasliklari kerak boʻladi. Ayni paytda guruhdagi eng yaqin taʼqibchimiz BAAdan 6 ochkoga ilgarilab ketganmiz. Biroq, bu xotirjamlikka berilishga sabab boʻla olmaydi.Quyida qay holatda Oʻzbekiston terma jamoasi muddatidan avval jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritishi mumkin,

06 Mar 16:13
 
32
0
xs.uz

Krishtianu Ronalduning kumirlari kimlar ekanini bilasizmi?

Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining 'An-Nassr' klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu futboldagi kumirlari kim ekanini ochiqladi. Mashhur futbolchi oʻzining bolalik yillarida kimlarning oʻyinlarini kuzatgani va ulardan qanday ilhomlanganini aytib oʻtdi.Ronaldu braziliyalik afsonaviy futbolchilar ' Ronaldo Nazario va Ronaldinyoning oʻyinlaridan hayratlanganini bildirdi. 'Ular futbolda katta iz qoldirishgan. Men ulardan koʻra koʻproq individual sovrinlarni qoʻlga kiritgan boʻl

31 Jan 15:22
 
40
0
xs.uz

Shomurodovning goli “Roma”ni keyingi bosqichga olib chiqdi. U jamoada qoladimi?

'Roma' klubi bosh murabbiyi Klaudio Raneri Eldor Shomurodovning 'Ayntraxt'ga qarshi bahsdagi oʻyinidan mamnunligini bildirdi va uni jamoada olib qolishga qaror qilganini maʼlum qildi. Oʻzbekistonlik hujumchi Rim klubi uchun muhim gol urib, jamoasining pley-off bosqichiga chiqishiga katta hissa qoʻshdi.Gap shundaki, 'Roma' Yevropa Ligasi guruh bosqichining soʻnggi turida 'Ayntraxt Frankfurt'ga qarshi maydonga tushdi. Jamoa ushbu oʻyinda faqat gʻalaba qozonsa, keyingi bosqichga yoʻl olishi