Moskvaning SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasiga jo‘nab ketdi. Bu haqda Moskva klubi matbuot xizmati xabar berdi.
“Olimpiya futbol turniri 24 iyuldan 9 avgustgacha bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston guruh bosqichida Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasi terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Biz Abbos va uning jamoasiga omad tilaymiz va sizni klubda orzu qilingan medallar bilan kutamiz!” deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi musobaqadagi yurishini 24 iyul kuni Ispaniyaga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Temur Kapadze shogirdlari guruh bosqichi davomida 27 iyul kuni Misr, 30 iyulda esa Dominikan Olimpiya terma jamoasi bilan bahs olib boradi.