Keyingi marra oltin, – deydi olimpiadaning bronza medali sohibi, safdor Muzaffar To‘raboyev
Alpomish avlodidan bo‘lgan asli boysunlik kurashchi Muzaffarbek To‘raboyevning ketma-ket erishayotgan muvaffaqiyatlarini ko‘rib, otasi – milliy kurash bo‘yicha O‘zbekiston va jahon chempioni, xalqaro toifadagi sport ustasi, «El-yurt hurmati» ordeni sohibi Toshtemir Muhammadiyevning qalbi g‘urur va iftixorga to‘lgani shaksiz.
Bolalik chog‘laridan mazkur sport turi bilan shug‘ullanib kelayotgan Muzaffarbek bugungi kungacha yurtimiz va xalqaro doiradagi turli musobaqalarda 30 dan ortiq medal va kuboklarni qo‘lga kiritib, o‘zining naqadar mahoratli sportchi ekanligini barchaga namoyish etdi.
U ilk bellashuvda qozog‘istonlik Nurlixan Sharxan bilan kuch sinashib, raqibini qisqa fursatda «ippon» bahosi bilan mag‘lub etdi. Chorak finalda Niderlandiya vakili Mixail Korrelni ham dog‘da qoldirdi. Faqat yarim finalda ozarbayjonlik Zelim Kosoyevga imkoniyat boy berildi.
– Murabbiylarim bilan o‘tgan mashg‘ulotlarda to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasiga qo‘ldan kelgancha tayyorgarlik ko‘rdik, – deydi olimpiada sovrindori Muzaffar To‘raboyev. – Biz sportchilarga barcha sharoitlarni yaratib berayotgani uchun muhtaram Prezidentimizga minnatdorlik bildiraman. Va ishontirib aytamanki, keyingi Olimpiya o‘yinlarida, albatta, g‘olib bo‘laman!
Mixli SAFAROV,
o‘z muxbirimiz.
Rasman: Bektemir Meliqoʻziyev navbatdagi jangi kimga va qachon oʻtishi aniq boʻldi
Oʻzbekistonlik mashhur bokschi Bektemir Meliqoʻziyev navbatdagi jangini 2-noyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi 'Theatre at Virgin Hotels' majmuasida oʻtkazadi.Ushbu jangda hamyurtimizga 'Golden Boy' promouterlik kompaniyasi hamrohlik qiladi. Bu haqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, ushbu oqshomda mazkur kompaniya bilan hamkorlik qiluvchi yagona oʻzbekistonlik bokschi ' Bektemir Meliqoʻziyevdir. Shu tariqa, Bektemirga amerik
O‘zbekistonda ilk bor harbiylar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha 42-jahon chempionati tashkil etilmoqda
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 'Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'grisida'gi 2022 yil 20 iyundagi PQ-286-son qarori ijrosini ta'minlash hamda Xalkaro harbiy sport kengashining 2024 yil uchun kalendar rejasiga muvofik, 2024 yil 14-20 oktyabr kunlari O'zbekistonda ilk bor harbiylar o'rtasida dzyudo bo'yicha 42-jahon chempionati tashkil etilmoqda.Mudofaa, Sport, Madaniyat va Tashqi ishlar vazirliklari, Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston dzyudo federatsiyasi,
Chavandozlarimiz nufuzli turnirda gʻolib va sovrindorlar safidan joy oldi
Shu kunlarda Estoniya poytaxti Tallin shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha CSI2*-W, CSIU25-A, CSIYH1* turkumidagi musobaqa boʻlib oʻtmoqda. Dunyoning eng yetakchi sport juftliklari ishtirok etayotgan ushbu musobaqada Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bormoqda.Musobaqada toʻsiq balandligi 140 sm boʻlgan marshrutda Abdurahmon Abdullayev 'Otto van de Achterhoek' laqabli otda birinchi oʻrin sohibi boʻldi. Chavandozimiz yoʻnalishni jarima
Yoshlik mahallasida sport maydoni foydalanishga topshirildi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Maʼlumki, joriy yilning may oyida Sport vazirligi tomonidan respublikamizning barcha tuman va shaharlarining har biriga bittadan sport maydonchasi qurib berish boʻyicha 'Tashabbus.sport.uz' sayti orqali tanlov oʻtkazilgan edi.Tanlovda Yozyovon tumanining 'Yoshlik' MFY tomonidan ham sport maydonchasi qurish loyihasi joylangandi. Yakuniy ovoz berish natijasiga koʻra, ushbu mahalla loyihasi gʻolib topildi.Natijada oʻtgan qisqa vaqt ichida 'Yoshlik' MFYda 300 mil