calendar 23 Jun 16:36
eye 57
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mbappe Niderlandiyaga qarshi o‘yinda zaxirada qoladi

image

Fransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe Yevropa chempionati 2-turi doirasidagi Niderlandiyaga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushmaydi. Bu haqda “L’Equipe” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Mbappe Yevropa chempionatining Avstriya bilan ochilish o‘yinida (1:0) burnini sindirganidan so‘ng, Niderlandiyaga qarshi bahs oldidan maxsus niqobda mashq qilgan. Uchar gollandlar bilan o‘yinda Kilianning maydonga tushish ehtimoli ham juda past.

Qayd etilishicha, burnining sinishi hozirda 25 yoshli fransiyalik futbolchining normal mashg‘ulot o‘tkazishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Niderlandiya-Fransiya o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan 23:55 da boshlanadi. Uchrashuv g‘olibi “D” guruhi peshqadamiga aylanadi va muddatidan avval Yevro-2024 pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Aug 12:29
 
31
0
xs.uz

Eldor Shomurodov “Roma”ning mavsumdagi debyut golini urdi. Italiyaliklar futbolchini “Oʻzbek Messi”si deb atamoqda (+video)

Italiya poytaxtidagi 'Olimpiko' stadionida futbol boʻyicha Italiya chempionatining 2024/2025-yilgi mavsumi 2-tur uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda 'Roma' va 'Empoli' klublari toʻqnash keldi.Unda 'boʻrilar' sharmandali magʻlub boʻldi. Birinchi boʻlim oxirida 'Empoli' hujumchisi Lorenso Kolomboning uzatmasidan keyin Emmanuel Gyasi boshi bilan toʻpni darvozaga kiritdi. Ikkinchi gol esa uchrashuvning 61-daqiqasida Kolombo penaltini aniq amalga oshirib, hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi.Hamyurt

26 Jul 10:19
 
33
0
qalampir.uz

Parijga sportchilar uchun O‘zbekistondan maxsus ovqatlar jo‘natildi

Parijda bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolariga milliy taomlar jo‘natildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. “Yirik kompleks musobaqalarda sportchilarimiz hech qachon taomlardan qiynalmagan. Davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan har bir musobaqalarda atletlarimiz uchun milliy taomlarimiz keltiriladi", deyiladi manba xabarida. Qayd etilishicha, Parijda ham delegatsiya a’zolariga ovqatlanishlari uchun alohida sharoit ya

24 Aug 17:27
 
17
0
xs.uz

Madrimov juda noqulay va kuchli raqib edi – Tayson

Boks afsonasi Mayk Tayson Isroil Madrimov va Terens Krouford bilan jangi haqida fikr bildirdi. Bu haqda 'Sport Illustrated' nashri xabar berdi.'Kroufordning soʻnggi jangida boʻldim. Madrimov ' kuchli yigit, Terens soʻnggi ikkita raundda kambek qila olganidan xursandman. Madrimov juda noqulay va kuchli edi', degan Tayson.Shuningdek, boks afsonasi Krouford duch kelgan odam bilan jang qiladi degan gaplarga qoʻshilmasligini bildirgan.'Navbatdagi jangdan mahrum boʻlmaslik uchun sen yaxshi jangla

26 Jul 14:51
 
86
0
qalampir.uz

Parij-2024: O‘zbekistonlik bokschilarning raqibi aniq bo‘ldi

Kecha, 25 iyul kuni Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekistonga eng ko‘p va yuqori probadagi medallar olib kelishi kutilayotgan boks bahslariga qur’a tashlandi va o‘zbek charm qo‘lqop ustalari dastlabki raunddagi raqiblarini bilib oldi. Boks bahslari 27 iyuldan start olib, 10 avgustga qadar davom etadi. O‘zbekiston erkaklar jamoasi to‘liq tarkibda, ayollar jamoasidan esa 4 nafar bokschi Olimpiada medallari uchun kurash olib boradi. Erkaklar: -51 kg: Hasanboy Do‘stmatov -