calendar 14 May 14:34
eye 63
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Otabek Shukurov uchgan samolyotni chaqmoq urdi (video)

image

Turkiyaning “Kayserispor” klubi futbolchilari bo‘lgan samolyotni chaqmoq urdi. Bu haqda “Record Haber” ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, samolyot havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay, chaqmoq urib, ehtiyot chorasi sifatida Erkilet aeroportiga qo‘ngan.

Ma’lumot uchun, “Kayserispor” Turkiya chempionatining navbatdagi turida poytaxtning “Fenerbahche” jamoasi bilan kuch sinashib, 3:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Otabek Shukurov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi. Hozirda “Kayserispor” 41 ochko bilan mamlakat birinchligi turnir jadvalida 13-o‘rinda bormoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:39
 
82
0
xs.uz

Qilichbozlik: shpagachimiz bronza medali sohibi

Quvonarlisi, unda O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Vadim Anoxin bronza medalini qo'lga kiritdi.Hamyurtimiz saralash bosqichida Isroil, Gonkong, Italiya, Chexiya vakillarini mag'lubiyatga uchratdi. Biroq yarim finalda qozog'istonlik Ruslan Kurbanovga 14:15 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqani uchinchi o'rin bilan yakunladi.

17 May 21:48
 
368
0
xs.uz

Akbar Jo‘rayev mutlaq Osiyo chempioni!

Olimpiada chempioni va sovrindori Akbar Jo'rayev yana bir bor yuksak mahorat ko'rsatib, barcha yo'nalishda eng yaxshi ko'rsatkichlarni qayd etdi (183, 223 va 406 kg) va 3 ta oltin medalni qo'lga kiritdi. Ushbu dasturda Jo'rayevdan keyingi natijani ko'rsatgan boshqa bir vakilimiz Sharofiddin Amriddinov (181, 214 va 295 kg) esa 3 ta kumush medal bilan taqdirlandi.Ushbu natijadan keyin terma jamoamiz hisobidagi medallar 3 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronzaga yetib, umumjamoa hisobida uchinchi o'r

31 May 08:50
 
116
0
xs.uz

Javohir Sindarov Shvetsiyadagi nufuzli turnir chempioniga aylandi

Shvetsiyaning Malmyo shahrida oʻtkazilgan yirik xalqaro shaxmat turniri oʻz yakuniga yetdi. Aylana tizimida boʻlib oʻtgan mazkur musobaqada Oʻzbekiston sharafini grossmeyster Javohir Sindarov muvaffaqiyatli himoya qildi.Mamlakatimizning ikkinchi raqamli shaxmatchisi yetti nafar kuchli raqiblari bilan sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bordi.Kecha boʻlib oʻtgan 7-tur bahsida Sindarov qora donalarda ukrainalik shaxmat afsonasi Vasiliy Ivanchukka qarshi bahs olib bordi va oʻyinni durang b

17 May 21:48
 
71
0
xs.uz

Nodirbek Abdusattorov yana bir yirik turnirda ishtirokini boshladi

Bugundan Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida nufuzli 'Sharjah Masters 2025' shaxmat turniri oʻz boshlandi. Turnirda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan kuchli shaxmatchilar ishtirok etmoqda.Kecha Ruminiyaning Buxarest shahrida oʻz yakuniga yetgan 'Superbet Chess Classic' turnirining soʻnggi turida qatnashgan grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov dam olishga ulgurmasdan, bugun yangi musobaqaning ilk turida donalar surishni boshlaydi.U turnirda birinchi raqam ostida ta