calendar 14 May 14:33
eye 75
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Belgoroddagi ko‘p qavatli uyning qulashi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

image

Ukraina Qurolli kuchlari hujumi oqibatida Belgoroddagi o‘n qavatli pod’ezd qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 15 nafarga yetdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

“Qutqaruvchilar Belgorodda vayronalar ostidan 15-qurbonni olib chiqdi”, deyiladi xabarda.

FVVning ma’lum qilishicha, soat 6:30da Belgorodda qidiruv-qutqaruv va vayronalarni tozalash ishlari yakunlangan. Qurbonlar orasida ikki bola bor. Mutaxassislar 17 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘ldi. Yana 20 kishi, jumladan, ikki bola yaralangan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 may kuni Ukraina bilan chegarada joylashgan Belgorod shahrida ko‘p qavatli uy qulab tushgandi. Shaharda kun boshidan beri besh marta havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilingan. Qutqaruv ishlari vaqtida odamlar ustiga binoning tom qismi ham qulab tushgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:56
 
199
0
xs.uz

Kim Chen In nihoyat oʻzini eslatib qoʻydi: u Rossiyaga 6000 askar yuboryapti

Rossiya Federatsiyasi va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi oʻrtasidagi harbiy va iqtisodiy hamkorlik yanada kuchaymoqda. 17-iyun kuni Pxenyanda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu va KXDR yetakchisi Kim Chen In oʻrtasida oʻtgan muzokaralar natijasida, Shimoliy Koreya tomonidan 6 mingga yaqin harbiy mutaxassisni Rossiyaning Kursk viloyatiga yuborish boʻyicha kelishuvga erishildi.Mazkur kelishuvga koʻra, Shimoliy Koreya Rossiyaga 1000 nafar sapyorlarni minalardan tozalash ishla

17 May 21:47
 
468
0
xs.uz

Putin Istanbulga kelmaydi. Muzokaralar haqida nima maʼlum?

Bugun, 15-may kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasida 2022-yildan buyon ilk marta toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Istanbuldagi muzokaralarda ishtirok etishini rad etdi. Rossiya prezidenti tomonidan tasdiqlangan delegatsiyaga uning yordamchisi Vladimir Medinskiy boshchilik qiladi.Muzokaralar Turkiya iltimosiga koʻra kunning ikkinchi yarmiga qoldirilgan. Avvaliga Vladimir Zelenskiy Anqarada Rejep T

17 May 21:47
 
464
0
xs.uz

Zelenskiy Istanbulga keladi, Putin esa hali javob bermadi

Ertaga Turkiyaning Istanbul shahrida Rossiya va Ukraina vakillari oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Unda ishtirok etish uchun Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ushbu shaharga yetib keladi.Oʻz navbatida, Vladimir Zelenskiy Istanbulda Vladimir Putindan boshqa birorta Rossiya vakili bilan uchrashmasligi maʼlum qilindi. Uning idorasi maslahatchisi Mixaylo Podolyak soʻzlariga koʻra, davlat rahbari boshqa shaxs oʻrtasidagi uchrashuv 'toʻgʻri format emas'. Rossiya prezident

13 Jun 00:39
 
83
0
xs.uz

Isroil hujumiga Eronning javob zarba berish rejasi tayyor — “The New York Times”

Eron Isroil tomonidan hujum sodir etilgan taqdirda yahudiy davlatiga yuzlab ballistik raketalardan foydalangan holda javob zarbasi berish rejasini ishlab chiqqan.Bu haqda AQSHning 'The New York Times' gazetasi yuqori martabali Eron rasmiysiga tayanib xabar tarqatdi.'Eron harbiylari va hukumat amaldorlari Isroilning ehtimoliy zarbasiga javob choralarini muhokama qilish uchun allaqachon uchrashishgan. Tehron Isroilga yuzlab ballistik raketalardan foydalangan holda zudlik bilan qarshi hujumni oʻz