calendar 10 May 19:24
eye 71
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rossiyada o‘zbekistonlik migrant sobiq sevgilisining qizini zo‘rlashda ayblandi

image

Rossiyaning  Yekaterinburg shahrida O‘zbekiston fuqarosi o‘zining sobiq sevgilisining 22 yoshli qizini zo‘rlagani aytilmoqda. Bu haqda bugun, 10 may kuni “Komsomolskaya Pravda” nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, voqea joriy yilning 2 may kuni sodir bo‘lgan. 1995 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi sobiq sevgilisining uyiga ruxsatsiz kirib kelgan. Xuddi shu paytda sevgilisining qizi uyda yolg‘iz uxlayotgan bo‘lgan. Vaziyatdan foydalangan erkak qizning qo‘l-oyog‘ini  bog‘lab, uni tahqirlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayblanuvchi ovqatlanayotgan paytda qiz qochishga muvaffaq bo‘lgan. U zudlik bilan politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan. 

"Ammo otryad yetib kelgan paytda erkak voqea joyini tark etgan edi. Qidiruv ishlari davomida gumonlanuvchi vokzalda qo‘lga olingan. O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan Rossiya tomonidan Jinoyat kodeksining “zo‘rlash” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, deyiladi manbada.

Shuningdek, u avval ham avtomashina o‘g‘riligi uchun sudlangani ma’lum bo‘lgan.

Rayhona Ulkanbayeva


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jul 04:28
 
34
0
xs.uz

Hokimlar yoshlar bilan doimiy muloqot platformasini yoʻlga qoʻyadi

Respublika boʻyicha 15 mingga yaqin oʻquv va 7,5 mingta kasbga tayyorlash markazlari mavjud. Soʻnggi yillarda ularga 100 dan ortiq imtiyoz va yengilliklar berildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvida qayd etildi.Fursatdan foydalanib, davlat rahbari ushbu markazlarga ham murojaat qilib, hozirgi koʻrsatkichlar bilan cheklanib qolmaslikka, kengayishga, zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni oʻrganayotgan yoshlarni koʻpaytirishga chaqirdi, buning uchun har qanda

01 Jul 04:28
 
34
0
xs.uz

“Garvardchilar” maktabi Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida ish boshlagani aytildi

'Garvardchilar' maktabi Beruniy nomidagi xalqaro maktab sifatida faoliyatini boshlab yubordi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvida maʼlum qilindi.Ushbu xalqaro maktabga bu yilgi 8-sinf bitiruvchilari orasidan 60 nafar oʻquvchi saralab olinadi va 3 ta yoʻnalishda oʻqitiladi. Kelgusida oʻquv oʻrinlari karrasiga koʻpaytiriladi.Umuman, milliy dastur asosida har yili eng salohiyatli 3 ming oʻquvchi seleksiya qilinib, Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel kabi dunyoni

01 Jul 04:28
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekistonda BAA bilan hamkorlikda “Bir million sunʼiy intellekt yetakchilari” dasturi ishga tushirilmoqda

Sunʼiy intellektni rivojlantirish boʻyicha bank-moliya, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi va energetikani ustuvor yoʻnalish sifatida belgilab, 100 ta loyiha amalga oshiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvida maʼlum qilindi.Davlatimiz rahbari qadriyatlarimiz va madaniyatimizni oʻzida ifoda etadigan sunʼiy intellektning milliy modelini ishlab chiqish boshlanganini eʼlon qilindi.Bu boy tariximiz va zamonaviy yondashuvlarni oʻzida uygʻunlashtirib, y

17 May 21:46
 
490
0
xs.uz

Bundan buyon xususiy oliygohlardagi pedagogik yoʻnalishlar davlat institutlari bilan bir xil boʻladi — Prezident.

Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida Avloniy malaka oshirish institutining 13 ta hududiy markazidagi yondashuvlarni ham, dasturlarni ham tubdan oʻzgartirish zarurligi taʼkidlandi.Masalan, Jizzax malaka oshirish markazidagi 60 nafar professor-oʻqituvchining barchasi AQSH, Buyuk Britaniya, Singapur, Germaniyani yetakchi oliygohlari dasturlari asosida qayta tayyorlanadi.Shu bilan birga, maktabdagi 17 ta fanni har biri boʻyicha alohida tayanch maktablari boʻladi.Har bir