calendar 01 Jul 04:28
eye 6
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonda BAA bilan hamkorlikda “Bir million sunʼiy intellekt yetakchilari” dasturi ishga tushirilmoqda

image
Sunʼiy intellektni rivojlantirish boʻyicha bank-moliya, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi va energetikani ustuvor yoʻnalish sifatida belgilab, 100 ta loyiha amalga oshiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvida maʼlum qilindi.

Davlatimiz rahbari qadriyatlarimiz va madaniyatimizni oʻzida ifoda etadigan sunʼiy intellektning milliy modelini ishlab chiqish boshlanganini eʼlon qilindi.

Bu boy tariximiz va zamonaviy yondashuvlarni oʻzida uygʻunlashtirib, yoshlarning yangi kreativ gʻoyalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Bu tizim samara berishi uchun Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda 'Bir million sunʼiy intellekt yetakchilari' dasturi ishga tushirilmoqda.

Shu yilning oʻzida 'AI study' platformasi orqali kamida 100 ming yoshlarimiz sunʼiy intellekt texnologiyalarini oʻrganadi.

Hozir maktablarimizda 19 ming 500 nafar informatika oʻqituvchisi bor.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Massachusets texnologiya institutining sunʼiy intellekt taʼlim dasturi asosida oʻquv dasturlarini yangilaydi.

Har bir viloyatdan 100 nafar informatika oʻqituvchisi joriy yilda Yangi Oʻzbekiston universitetida ushbu dasturga oʻqitiladi. Ushbu mentor oʻqituvchilar oʻz hududidagi qolgan informatika oʻqituvchilarini ikki yil davomida kaskad usulida tayyorlaydi.

Bu orqali besh yilda barcha maktab bitiruvchilari sunʼiy intellekt boʻyicha yetarli bilim oladi.

'Raqamli avlod qizlari' tanlovida taʼlim, sunʼiy intellekt, 'yashil' iqtisodiyot, iqlim oʻzgarishi kabi sohalarda 7 ming oʻquvchi va talabaning 120 ta startap loyihasi tanlab olindi.

Bu yil kamida 50 ming nafar qizlar 'Raqamli avlod qizlari' loyihasi bilan qamrab olinadi.

Startaplarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tizim yaratildi. Ularni moliyalashtirishga 145 million dollar venchur sarmoya kiritildi.

Prezidentimiz bu raqam 1 milliard dollarga yetkazilishini aytdi.

Endi, bu ishlar maktabdan boshlanadi. Oʻquvchilar uchun 'mohirlik va biznes soati' kiritilib, ularning gʻoyasini startapga aylantirishga 100 milliard soʻm grant ajratiladi.

Oliygohlar oʻrtasida ham startaplar boʻyicha har yili 'Eng yaxshi kreativ gʻoya' tanlovi oʻtkazilib, gʻoliblarga oliygoh jamgʻarmasidan 300 million soʻmgacha grant beriladi.

Startapni prototipga aylantirish va sinovdan oʻtkazish uchun Innovatsiya agentligi va IT-park 'RnD' markazini ochadi.

Bunda, eng yaxshi loyihalar boʻyicha prototip yaratish xarajatining 50 ming dollargacha qismi Yoshlar venchur jamgʻarmasidan qoplanadi.

Har yili investorlar, yirik korxona va startap tashabbuskorlari ishtirokida 'Startap-ekspo' koʻrgazmasi oʻtkazib boriladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
76
0
xs.uz

Toshkentda noqonuniy elektron tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullangan shaxslarning faoliyati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahardagi boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda 'B.S.' MCHJga qarashli savdo shoxobchalarida hech qanday ruxsatnomalarsiz turli nomdagi tamaki va elektron tamaki mahsulotlari savdoga qoʻyilgani aniqlangan.Ushbu nuqtalardan umumiy qiymati qariyb 12 milliard soʻmlik mahsulotlar, jumladan, 56 mingdan ortiq elektron tamaki, 25 mingdan ziyod suyuqliklar, 10 mingdan ortiq tamaki chekish uskunalari va minglab kalyan vositalari daliliy

01 Jun 03:47
 
129
0
xs.uz

Andijonda sifatsiz benzinni savdoga chiqargan “zapravka” aniqlandi

Andijonda sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan 'zapravka' aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi maʼlum qildi.Unga koʻra, inspeksiyaning viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Jalaquduq tumanida joylashgan 'B.K.' MCHJga qarashli AYOQSH tomonidan sotilayotgan AI-92 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifats

04 Jun 02:44
 
114
0
xs.uz

Prezident choʻkayotgan qizchalarni qutqarib, halok boʻlgan fuqaroni mukofotladi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning'maʼlum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev shu yilning 5-may kuni sodir boʻlgan mashʼum voqeada qahramonlarcha halok boʻlgan Abdumannop Samiqovni 'Jasorat' medali bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi farmonni imzolagan.'Mard va jasur vatandoshimiz Abdumannop Samiqov oʻzini suvga tashlab, norasidalar hayotini saqlab qoldi. Lekin, afsuski, baxtsiz hodisa roʻy berdi ' bu ezgulik yoʻlida uning oʻzi qahramonlarcha halok boʻldi.Maʼlum boʻlishicha, bu fido

08 Jun 02:26
 
21
0
xs.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Al Mirqab Capital' kompaniyasi boshqaruvi raisi Hamad bin Jassim Ol Soniy va 'Blackrock' investitsiya kompaniyasi katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesidan iborat xorijiy investorlar delegatsiyasini qabul qildi.Oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatimizda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.Davlat-xususiy sheriklikda yirik infratuzilma va sanoat loyihalarini amalga oshir