Bobom urushga ketganida 18 yoshda bo‘lgan ekan. Janggohlardan omon qaytgach, ichki ishlar organlariga xizmatga kirib, 30 yil yong‘in xavfsizligi xizmatida faoliyat ko‘rsatgan. Keyinchalik bobomning maslahati bilan menda ham shu sohaga qiziqish uyg‘ondi. 2009-yilda sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, yong‘in xavfsizligi xizmatiga qabul qilindim.
Bobom ko‘zlariga yosh olib «Kasbimni tanlaganingdan juda xursandman, bolam. Hech qachon yuzimni yerga qaratma, hamisha xalqqa sadoqat bilan halol xizmat qil», – deya duo qilgani hech qachon yodimdan chiqmaydi.
Ana shu duo va o‘gitlar hayotimda muhim dasturilamalga aylandi. 15 yildirki, har kuni ishga ketayotganimda u kishining duosini olishga odatlanganman.
Ilgari bobom bayram tadbirlarida ishtirok etib, mashhur «Katyusha» qo‘shig‘iga raqsga tushardi. Shu bois haligacha odamlar hazil qilib «Katyusha bobo» deb chaqiradi. Bir-ikki yildan buyon salomatligi yomonlashgani tufayli tadbirlarga borolmay qoldi. «Qani endi, yoshlikka qaytsam-u, oyoqlarimga darmon kirib, «Katyusha»ga raqsga tushsam», deydilar.
Bobomning suhbatidan bahramand bo‘lish uchun xonadonimizdan mehmonlar arimaydi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, tuman hokimligi va ichki ishlar bo‘limi mutasaddilari, hudud profilaktika inspektori hamda mahalla faollari uni doim yo‘qlab, holidan xabar olib turishibdi. Xotira va qadrlash kuni yaqinlashgani sari uyimiz yanada fayzga to‘lmoqda.
Bobom va buvijonim ahillikda 4 nafar farzand o‘stirgan. Nabiralarning soni
10 nafardan, chevaralari esa 30 nafardan oshib ketgan.
U kishi uzoq umr ko‘rish siri haqida gapirib, doim shunday maslahat beradi: «Qalbing toza bo‘lib, insonlarga hamisha yaxshilik qilsang, eng muhimi – xushchaqchaq yursang, albatta, yuzga kirasan!».
Muhiddin SHOKIROV,
Oltiariq tumani FVB 26-yong‘in qutqaruv
qismi haydovchisi.
Dollarning rasmiy kursi sezilarli darajada pasaydi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 17-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 45,08 soʻmga tushdi va 12 715,13 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 25,61 soʻmga koʻtarildi va 14 730,48 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 1,67 soʻmga koʻtarilib, 161,75 soʻmni tashkil etdi.
Zargarlarning xomashyo bilan bogʻliq birorta muammosi boʻlmasligi kerak — Prezident
Zargarlik sanoatida ishlatiladigan uskunalar va ularni butlovchi qismlari import bojidan ozod qilinadi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.Qayd etilishicha, endilikda zargarlar ham yakka tadbirkor sifatida tilla buyumlari savdosi bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi.Mutasaddilarga joylardagi norasmiy zargarlik rastalarini zamonaviy koʻrinishga keltirib, ularning faoliyatini qonuniylashtirish topshiril
Yashil yertoʻla, tabiat va texnologiya uygʻunligi — tobora farovonlashib borayotgan Fargʻona viloyatidan fotoreportaj
'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasining vodiy viloyatlariga qilgan xizmat safari davom etadi. Ijodiy jamoamiz bilan birgalikda bugun, 29-aprel kuni Fargʻona viloyatiga tashrif buyurib, hududning tobora zamonaviy qiyofaga kirib borayotganiga guvoh boʻldik.Safarimiz davomida bizni eng hayratga solgan manzillardan biri Fargʻona shahridagi 'Green Organic' mikroorganik oʻsimliklar yetishtirish kooperatsiyasi boʻldi. Qiziq tomoni shundaki, bu korxona shahardagi koʻp qava
Togʻlar orasidan vodiy sari yoʻl — “Qamchiq” dovonidan fotoreportaj
'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi bu safar Andijon viloyatiga xizmat safari uyushtirdi. Yoʻlimiz, tabiiyki, Oʻzbekistonning eng muhim va betakror maskanlaridan biri ' 'Qamchiq' dovonidan oʻtdi.Dovon oʻzining goʻzalligi, tabiat bilan uygʻunlashgan zamonaviy yoʻl infratuzilmasi hamda har faslda har-xil tus oluvchi manzaralari bilan kishini hayratga soladi. Bahorning soʻnggi kunlari boʻlishiga qarmay dovonidagi salqin havo kishiga oʻzgacha huzur bagʻishlaydi.Do