calendar 10 May 13:32
eye 64
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi

image

Buxoro viloyatining Kogon tumanida bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. 

Joriy yilning 15 yanvar kuni Buxoro viloyati Kogon tumanining Bahovaddin Naqshband mahallasida yashovchi fuqaro tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilib, akasi X.A. 7 yanvar kuni taxminan soat 19:30 larda yashash uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib qaytib kelmaganligini bildirgan.

Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida tezkor tergov guruhi tuzilib, kechiktirib bo‘lmas tezkor surishtiruv harakatlari olib borildi. O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida huquq-tartibot organlarida bu voqelikda qotillik alomatlari mavjud degan taxmin paydo bo‘ladi. Shu sababli Kogon tumani prokuraturasi tomonidan 20 yanvar kuni holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari ham boshlab yuborildi.

7 yanvardan 24 yanvar kuniga qadar bo‘lgan vaqt mobaynida bedarak yo‘qolgan fuqaroni topish maqsadida viloyat hamda tuman prokuraturasi, ichki ishlar boshqarmasi va hududiy ichki ishlar organlari, Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa taalluqli idoralarning xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhlari tomonidan bir qator tezkor surishtiruv, qidiruv hamda tergov harakatlari olib borildi.

Qotillik deya taxmin qilinayotgan holatga aloqador ashyoviy dalillarni topish maqsadida jinoyat sodir qilingan joyga yaqin hududlardan o‘tgan zovur (zaxkash), ariq va kanal suvlari to‘silib, suvi to‘xtatilib tozalandi, qarovsiz bino va inshootlar, qurilishi tugallanmagan ob’ektlar va ularning yon atroflari ko‘zdan kechirildi.

Barcha qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shni, tanish-bilishlar, muqaddam ushbu turdagi yoki shunga o‘xshash jinoyatlarni sodir qilgan yoki sodir etishga moyil deya ichki ishlar organlari, shuningdek, tibbiyot muassasalarining maxsus hisobida turuvchi shaxslar o‘rtasida tezkor profilaktik, surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borildi.

Qidiruv surishtiruv ishlarining 17-kunida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor qidiruv xizmati va Kogon tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu holatda haqiqatdan ham qotillik jinoyati sodir etilganligi o‘z tasdig‘ini topdi. Jinoyatni sodir qilgan gumondor shaxs ham aniqlandi.

Ushbu qotillikni sodir qilgan shaxs bir necha marotaba sudlangan, jabrlanuvchining yon qo‘shnisi, bir maktabda o‘qigan sinfdosh do‘sti bo‘lib, spirtli ichimlik ta’sirida o‘zaro kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida o‘z do‘stini urib, do‘pposlashi oqibatida umriga zomin bo‘lgan.

Ayblanuvchining aybi uning ko‘rsatmalarini voqea joyida tekshirish tergov harakati hamda guvohlarning ko‘rsatmalariga asosan to‘liq isbotlanib, jinoyat ishi yuzasidan to‘plangan hujjatlar jazoning muqarrarligini ta’minlash uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon tuman sudiga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Surxondaryo viloyatining  Denov tumanida bedarak yo‘qolgan 38 yoshli erkakning jasadi molxonadan topilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
38
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev html5-dom-document-internal-entity1-quot-endMarkaziy Osiyo - Italiyahtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sammitida ishtirok etadi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 30-may kuni Ostona shahrida bo'lib o'tadigan 'Markaziy Osiyo ' Italiya' formatidagi oliy darajadagi sammitda ishtirok etadi.Tadbirda mintaqa mamlakatlari yetakchilari va Italiya Bosh vaziri ishtirok etishi ko'zda tutilgan.Kun tartibiga muvofiq, ko'p qirrali hamkorlikni, eng avvalo 'yashil' iqtisodiyot, investitsiyalar, innovatsiyalar, fan va ta'lim sohalarida yanad

01 Jul 04:28
 
7
0
xs.uz

Prezident tashabbuskor yoshlar bilan muloqot qildi

Bugun, Yoshlar kunida Shavkat Mirziyoyev oʻz sohasida ilgʻor, tashabbuskor yoshlar bilan muloqot qildi, ularning taklif va gʻoyalarini tingladi.Prezident farmoni bilan ilm-fan, texnologiya, madaniyat, sanʼat, sport, tadbirkorlik va boshqa sohalarda tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan bir guruh oʻgʻil-qizlar'mukofotlangan edi.Bugungi tadbirda davlat rahbari ushbu mukofotlarni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirdi.Tadbir yakunida Prezident yana bir bor yoshlarga murojaat qildi:'Yoshlik

01 Jul 04:28
 
4
0
xs.uz

Unutmang: mustaqillik – bu shunchaki rasmiy maqom emas, balki har bir yoshga oʻz taqdirini oʻzi belgilash imkonini beradigan buyuk neʼmat – Shavkat Mirziyoyev

Prezidentning yoshlar bilan uchrashuvida yoshlarni kitob oʻqishga qiziqishini oshirishda tanlovlar muhim rol oʻynayotgani qayd etildi.Birgina misol, Xorazmiy maktabining 8-sinf oʻquvchisi Dilbar Haydarova 'Yosh kitobxon' tanlovida gʻolib boʻlib, ota-onasiga Prezident sovrini ' avtomobil sovgʻa qildi.'Dilbarxon qizim, sen oʻz misolingda inson chin dildan harakat qilsa, koʻp narsaga erisha olishini isbotlading, bu yoʻlda koʻpchilik uchun namuna boʻlding. Buning uchun katta rahmat senga!

04 Jun 02:44
 
120
0
xs.uz

Taʼlim tizimidagi korrupsiyani oldini olish masalalari muhokama qilindi

2025-yil 3-iyun kuni Senat Raisi boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining sayyor majlisi boʻlib oʻtdi. Unda maktab va maktabgacha taʼlim tizimidagi korrupsiya holatlari, ularning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi. Majlisda taʼkidlanganidek, asosiy maqsad muammolarni tanqid qilish emas, balki ularni birgalikda hal qilishdan iborat.Senatning tegishli qoʻmitalari va idoralar vakillaridan iborat ishchi guru