calendar 10 May 13:31
eye 72
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Pogba aktyorlikka qadam qo‘ydi

image

Doping bilan bog‘liq holatlar uchun 4 yilga futboldan diskvalifikatsiya qilingan fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogba aktyorlik faoliyatini boshlamoqda. Bu haqda “Gazzetta dello Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, transfer huquqlari hanuzgacha Turinning “Yuventus” klubiga tegishli bo‘lgan futbolchi kinoaktyor sifatida dastlabki rolini o‘ynashga yaqin turibdi.

Pogba “4 nol” nomli filmda rol o‘ynaydi. Kinoda 2018 yilgi jahon chempioni yosh futbolchilar murabbiyi vazifasini bajaradi. Film 2025 yilning yozida chiqishi kutilmoqda.

Qayd etish joiz, Pogba o‘tgan yilning avgust oyida doping bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan, o‘shanda “Udineze”ga qarshi o‘yindan so‘ng Pogbaning qonida testosteron ko‘tarilgani aniqlangan. Takroriy tekshiruvlar futbolchining taqiqlangan dori vositasidan foydalanganini tasdiqladi. U apellyatsiya berdi, ammo rad etildi.

“Yuventus”dan tashqari Pogba faoliyati davomida “Manchester Yunayted”da o‘ynagan va Angliyada olti mavsum o‘tkazgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
38
0
postda.uz

VAZIR KUBOGIGA START BERILDI

Buxoro shahridagi “Garden plaza” mehmonxonasining konferensiyalar zalida sportning futbol turi bo‘yicha Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Ichki ishlar vazir kubogi” turniriga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Farg‘ona viloyati IIB, Surxondaryo viloyati IIB, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xodimlari hamda Buxoro viloyati IIB terma jamoalari a‘zolari ishtirok etdi. Shundan so‘ng, viloyat futbol akademi

20 Mar 12:50
 
19
0
postda.uz

ARQONDA SAKRASH HAM OZDIRADI

Arqonda sakrash salomatligimiz uchun qanchalar foydali ekanini bilasizmi? Oddiy shu mashq yordamida ozish mumkinligini-chi?Ushbu jismoniy faollik har qan­day kardiomashg‘ulotlarga qaraganda ko‘proq kaloriya yo‘qotishga yordam beradi. Shuningdek, yog‘ni eritadi, mushaklarni kuchaytiradi, chidamlilikni oshiradi. To‘g‘ri texnika bilan mashq bajarilsa, sezilarli darajada vazn yo‘qotishning imkoni bor.Xo‘sh, vazn yo‘qotish uchun arqon bilan qanday va qancha sakrash kerak? Avvalo, u

06 Mar 16:13
 
40
0
xs.uz

Ramazon Temirov UFC reytingining “Top-15”taligiga kirdi

UFCning barcha vazn toifalarida yangilangan rasmiy reytingi eʼlon qilindi. Oʻta yengil vazn toifasida harakat qilayotgan oʻzbekistonlik jangchi Ramazon Temirov ketma-ket ikkinchi gʻalabasi evaziga ilk bor 'Top-15' roʻyxatiga kirdi. Yangilangan reytingda u 13-pogʻonani egalladi.Temirov soʻnggi jangida amerikalik Charlz Jonsonni magʻlubiyatga uchratgan edi. Ushbu natijaga koʻra, Jonson UFC reytingida 12-oʻrindan 15-pogʻonaga tushib ketdi. Oʻz navbatida, qozogʻistonlik Asu Almabayev ha

19 Feb 00:22
 
57
0
xs.uz

Sindarov uchinchi, Nodirbek beshinchi oʻrin uchun bahs olib boradigan boʻldi

Maʼlumki, Germaniyaning Vayssenxaus shahrida sovrin jamgʻarmasi 750 ming AQSH dollarini tashkil qiladigan 'Freestyle Chess Grand Slam' turniri boʻlib oʻtmoqda.12-fevral kuni ushbu nufuzli turnirning yarim finali bahslari oʻtkazildi.Unda iqtidorli shaxmatchimiz Javohir Sindarov dunyoning ikkinchi raqamli shaxmatchisi amerikalik grossmeyster Fabiano Karuanaga qarshi 7 ta partiyadan iborat murosasiz bahs oʻtkazdi.Shiddatli kechgan yarim finalning asosiy bahsida gʻolib aniqlanmagach, shaxmatc