calendar 10 May 13:31
eye 52
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Shoir Erkin Samandar vafot etdi

image

Bugun, 13 aprel kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, shoir va davlat arbobi Erkin Samandar vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Xorazm viloyati bo‘limi xabar berdi.

Qayd etilishicha, janoza namozi ertaga, 14 aprel kuni soat 12:00da Urganch shahri, Jaloliddin Manguberdi ko‘chasidagi ijodkor xonadonida o‘qiladi.

Ma’lumot uchun, Erkin Samandar 1935 yil 22 mart kuni Xorazm viloyatining Xiva tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston televideniyesi “Yoshlik” studiyasining bosh muharriri, adabiy-dramatik eshittirishlar dasturining bosh muharriri, “Xorazm haqiqati” viloyat gazetasining muharriri vazifalarida faoliyat ko‘rsatgan. 1990 yildan 1993 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari bo‘lgan.

 “Amu jilolalari”,  “Dunyoning yoshligi” , “Osmon to‘la nur”, “Vafo degan gavhar” , “Mening yigitlik vaqtim” , “Qabul soatlari”, “Sohildagi bolalar”, “Yablonya vo dvore” , “Bahor oqshomlari”, “Shedrost rassveta” , “Sevgi fasllari” , “Bu bog‘ni qaysi bog‘ derlar”, “Sevgi kitobi”, “Va yana bahor” (Sayyora Samandar bilan hammualliflikda), “Ko‘ngil yoshligi”  kabi she’riy to‘plamlari nashr etilgan. “Osmonning tosh tulpori”, “Oltin sandiq”,“ Qo‘shiq izlab”, “Samarqandni oshiqlar qurgan” kabi dostonlar muallifi.

 Erkin Samandar tarixiy mavzuda yaratilgan “Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq”, “Tangri qudug‘i", “Quduq tubidan sadolar”, “Pahlavon Mahmud Puryoyvaliy”, “Sulton Jaloliddin” , “Quyun yuzlari yoxud Ogahiy” , “G‘ayb qushlari” kabi romanlar ham yozgan.

Dramaturg sifatida “Javohir” (musiqali drama), “Ajdodlar qilichi” (tarixiy drama), “Jaloliddin Manguberdi” (“Yot hujra”, pesa), “Bashorat” (musiqali drama), “Arabmuhammad” (tarixiy drama), “Dilda borim” (musiqali komediya) kabi sahna asarlarini taqdim etgan. “Avaz O‘tar”, “Madraim Sheroziy”, “Ming otlilar diyori”, “Ogahiy qo‘lini olgan rais”, “Xiva”, “Qum sayli” kabi hujjatli-publitsistik filmlari, ko‘plab esselari o‘zbek adabiyoti xazinasiga munosib ulush qo‘shgan.

Erkin Samandarning milliy adabiyot va jurnalistika rivoji yo‘lidagi mehnati inobatga olinib, u “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist” (1990) unvoni va “Do‘stlik” (2015) ordeni bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 fevral kuni buxorolik taniqli jurnalist Baxtiyor Asadov vafot etgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:36
 
10
0
postda.uz

QALBDAGI TUG‘YON

Uchtepa tumani IIofmb PPX inspektori, safdor Jahongir Tog‘ayev Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. Hozirgi kunda Profi universitetining 4-kurs talabasi. Yoshligidan adabiyotga havas qo‘ygan, bo‘sh vaqtlarida ko‘plab kitoblar mutolaa qilgan qahramonimiz maktab davrlaridayoq she’r yozishni mashq qila boshlagan. Havaskor yosh ijodkorning ijodiy ishlari respublika nashrlarida ham chop etilgan. U o‘zining ilk she’riy to‘plamini taqdim etish arafasida. 

09 Oct 12:36
 
8
0
postda.uz

KELAJAK YARATUVCHILARI

Ma’naviyat va ma’rifat darsi(1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni)Biz xalqimizning eng katta boyligini – millionlab farzandlarimiz, jondan aziz o‘g‘il-qizlarimizning taqdirini, O‘zbekiston istiqbolini sizlarga ishonib topshirganmiz. Va bu vazifani mas’uliyat bilan ado etib kelayotgan sizlar kabi fidoyi insonlar, kelajak bunyodkorlariga har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi.Shavkat MIRZIYOYEV Har qanday mamlakatning ertangi kuni, kelajagi ta’limga qaratilay

09 Oct 12:37
 
10
0
postda.uz

KITOB – BEMINNAT USTOZ

IIV huzuridagi JIED Birinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi tasarrufidagi jazoni ijro etish muassasalarida xizmat qilayotgan xodimlar o‘rtasida «Eng yaxshi kitobxon» tanlovi o‘tkazildi. Toshkent shahrining Bektemir tumanida joylashgan «Axborot kutubxona markazi» binosida bo‘lib o‘tgan, «Kitob-beminnat ustoz, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir» mavzusiga bag‘ishlangan tanlov ishtirokchilari o‘zlari o‘qigan kitoblar orasidan ikkitasining muallifi, qahramonlari, v

09 Oct 12:40
 
9
0
xs.uz

Xalqchil va dilbar shoir yodi hamisha qalblarda

Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'. Poytaxtimizdagi 'Turkiston' sanʼat saroyida xalqimizning suyukli farzandi, sheʼr-u bitiklari 'qanotli qoʻshiq'larga aylangan ijodkor, Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70-yilligiga bagʻishlangan xotira kechasi boʻlib oʻtdi.Unda shoirning oila aʼzolari, yaqinlari, doʻstlari va shogirdlari, yozuvchi-shoirlar, sanʼat namoyandalari, talaba yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Nazm-u navo kechasidan avval qatnashchilar