calendar 10 May 13:31
eye 56
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Shvarsenegger Stallonening faoliyatini to‘xtatishga uringanini tan oldi

image

Gollivud aktyori va AQSHning Kaliforniya shtati sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger raqobatchilik hissi tufayli karerasi gullab-yashnagan davrda hamkasbi Silvestr Stallonening oyog‘idan chalishga uringanini tan oldi. Bu haqda u TMZ dasturida ma’lum qildi.

Qo‘shma intervyu davomida aktyorlar o‘zlarining bolaligi, oila va o‘tmishdagi o‘zaro raqobatini muhokama qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, 1990 yillarning boshlarida ikki aktyorning karerasi o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan va ikki hamkasb o‘rtasida raqobat shu qadar kuchayganki, Shvarsenegger Stallonening trayektoriyasini buzish uchun harakat qilgan.

“Silvesterni oyog‘idan chalish mening kareramning yanada yuqorilashiga yordam bo‘ladi, deb o‘ylaganman”, deydi Arnold.

Uning aytishicha, 1992 yilda Shvarsnegger Stallonening karerasiga putur yetkazish uchun uning prodyuserlarini  “Stop! Or my mom will shoot” (“To‘xta! Yoki onam otadi”) nomli oilaviy komediya filmida bosh rolni ijro etishga ko‘ndirgan. Chunki Arnold bu filmning muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga ishonchi komil edi.

Ammo aktyor o‘ylaganidek bo‘lib chiqmadi. Tanqidchilar Stallonening komediya rolini “ahmoqona va mutlaqo kulgili emas” deb atagan bo‘lishiga qaramasdan, film butun dunyo bo‘ylab 72 million dollar daromad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 76 yoshli Arnold Shvarseneggerning yuragi yana bir bor operatsiya qilingandi.

Rayhona Ulkanbayeva


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:39
 
105
0
xs.uz

Xivada oʻtkazilgan baxshilar bahsi yakunlandi. Gʻolib va sovrindorlar maʼlum

Bugun, 28-aprel kuni Xiva shahrida oʻtkazilayotgan IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalining tantanali yopilish marosimi boʻlib oʻtdi. 26-aprel sanasida start olgan mazkur festivalda mahalliy hamda xalqaro ishtirokchilar qatnashdi. Baxshilar bahslari Ichan qalʼa majmuasida joylashgan badiiy sahnada oʻtkazildi.Mazkur festivalda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlaridan hamda Oʻzbekistondan tashrif buyurgan 200 ga yaqin baxshilar ishtirok etishdi. Uch kun davom etgan mazkur tadbir dunyonin

13 May 14:39
 
29
0
xs.uz

Bepul kinonamoyishlar — barcha uchun

Kinematografiya agentligi tomonidan ishlab chiqarilgan eng sara o'zbek filmlarining namoyishini 'Muhabbat bahori' filmi boshlab berdi. Unda kinoijodkorlar, yurtdoshlarimiz hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Film rejissyori Ibrohim Rasulov va aktrisa Shahnoza Hojimurodova tomoshabinlar bilan suhbatda filmning mazmuni va ahamiyati haqida batafsil to'xtalib o'tishdi.Filmda ikki ijodkor ' O'zbekiston xalq shoiri Zulfiya va jamoat arbobi, taniqli shoir Hamid Olimjonning sof muhabbati, ijod va hayot y

13 May 14:39
 
371
0
xs.uz

Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini

31 May 08:51
 
47
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra