calendar 10 May 13:30
eye 54
comments 0
comments Manba: postda.uz

YОVUZLIKNING YЕNGILISНI

image

Tergov izolyatorining zax va qorong‘i xonasi. Mirzaanvar Haydarov, bir tomondan, nohaq qamalgani, ikkinchi tomondan, yaqinlari qay ahvolga tushganini o‘ylab, ich-ichidan ezilardi... 

Qama-qamalar buhronida Toshkent shahridagi 3-sonli meva-sab­zavot ombori direktori qo‘lga olinadi. Tergov davomida o‘tkazilgan qiynoq va bosim ostida u ichki ishlar organlarining bir necha xodimiga qarshi ko‘rsatuv berishga majbur qilinadi. Ombor direktori o‘sha vaqtdagi Frunze (hozirgi Yakkasaroy) tumani IIB Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi xodimi M. Haydarov kombinatga kelgan kartoshka va olmalar bo‘yicha ishni yopib yuborish, taftish olib bormaslik hamda vazirlik tekshiruvlarini to‘xtatish kabi ishlar evaziga katta miqdorda pora hamda olti quti apelsin olganligi to‘g‘risida ko‘rsatuv beradi. Mazkur ishni tergov qilish respublika prokuraturasining o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi Shitovga topshiriladi. Tergovchi M. Haydarovni qoralash maqsadida uning safdoshlaridan salbiy tavsifnoma yig‘ishni bosh­laydi. Biroq xizmatdoshlari va rahbarlari faqat iliq fikrlarni bildirishini kutmagan tergovchi ulardan qayta va qayta qoralovchi tavsifnoma yozib berishni qat'iy talab qiladi. Natijada 1985-yilning 23-sentabrida Mirzaanvar Haydarov hibsga olinadi. 

M. Haydarov uch oy davomida jinoyatchilar bilan bitta kamerada ushlab turildi. Lekin barcha azoblarga bardosh bergan lavhamiz qahramonini qabih niyatli kimsalar irodasini sindira olishmadi. 

1986-yilning mart oyida unga nisbatan ayblov xulosasi e'lon qilindi va iyun' oyida sud jarayoni boshlandi. Sudda majburan ko‘rsatma bergan ombor direktori negadir qatnashmayotganligi, tergovga jalb qilingan boshqa fuqarolar har xil ko‘rsatmalar berayotganligi sababli M. Haydarovning advokati holatga aniqlik kiritish maqsadida vaqt berishni so‘raydi va shu tariqa sud jarayonlari bir qancha muddatga qoldiriladi. Avgust oyida ikkinchi sud jarayonlari boshlanadi. Nohaqlik­lar davom etgani holda, 

M. Haydarovga 8 yil qamoq hamda mol-mulkini musodara qilish va jarima jazosi tayinlanadi. Oradan ma'lum bir muddat o‘tib, bu ish Oliy sud tomonidan o‘rganiladi va qaror bekor qilinib, qayta ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.

– Dastlab turmush o‘rtog‘im qamoqqa olinganidan xabarimiz bo‘lmagan, – deydi Naima opa. – Oradan bir kun o‘tib xonadonimizda tintuv o‘tkazish uchun kelishgandagina barchasidan voqif bo‘lganmiz. Sobiq ittifoq Bosh prokuraturasining alohida muhim ishlar bo‘yicha guruhi kelib, erim katta miqdorda pora olishda gumon qilinib qamoqqa olinganini aytishgan. Keyinchalik bo‘lib o‘tgan sud majlislarida ma'lum bo‘ldiki, o‘sha kuni turmush o‘rtog‘imni tezlik bilan majlisga yetib keling, deb aldov yo‘li bilan chaqirtirib qamoqqa olishgan ekan. Meni va turmush o‘rtog‘imning aka-

ukalarini markazdan kelgan Bosh prokuratura tergovchilari so‘roq qilishgan. O‘z tasdig‘ini topmagan, quruq tuhmatdan iborat bo‘lgan gap­lar bilan bizni qo‘rqitib, «ering oliy jazoga hukm qilinadi», deb ruhiy bosim o‘tkazishgan. Bu holat men, farzandlarim va barcha yaqinlarimizga qattiq zarba bo‘ldi, esankirab qoldik. O‘shanda katta farzandim 6, ikkinchisi 

5 yosh, uchinchi o‘g‘lim esa 10 oylik chaqaloq edi.

Millatimiz g‘ururini sindirib, o‘zbekni yomonotliq qilmoqchi bo‘lgan razil, inson degan nomga noloyiq kimsalar o‘z mudhish niyatlariga yeta olmasliklariga, haqiqat qaror topib, adolat tiklanishiga umid bilan yashaganmiz. Bir nechta sud raislari boshchiligida bo‘lib o‘tgan ko‘plab sud majlislarida yuqoridagi tuhmat va bo‘htonlar o‘z tasdig‘ini topmadi. Ko‘rsatma berishga kelgan insonlarning barchasi turmush o‘rtog‘imga nisbatan qo‘yilayotgan ayblovlar asossiz ekanligini ta'kidlashgan. 

Darhaqiqat, adolat qaror top­di. Oxirgi instansiya sudida 

M. Haydarov jinoyat tarkibi va jinoyat voqeligi yo‘qligi sababli sud zalidan ozod qilinib, unvonlari tiklanishi va qamoqqa olinishiga qadar egallagan lavozimidan past bo‘lmagan lavozimga tayinlanishi bo‘yicha qaror e'lon qilindi. 

– Bu biz uchun, ko‘zlarida qalqigan ko‘z yoshlari bilan otajonlarini bir ko‘rishga zor bo‘lgan farzandlari uchun, o‘zbek millatining g‘ururi toptalmasligini istagan barcha insonlar uchun chinakam bayram, adolat tantanasi bo‘lgan edi, – deya so‘zida davom etadi Naima opa ko‘z yoshlarini artarkan. – Bu holatni so‘z bilan tariflashning iloji yo‘q, bu chinakam baxt, yovuzlikning yengilishi edi. 

22 oy qamoqda saqlangan Mirzaanvar Haydarov 1987-yilda to‘liq oqlanib, Oliy sud sudyasi Nabiyev tomonidan oqlanadi va sud zalidan ozod etiladi. 

 O‘z kasbini sevadigan yurt o‘g‘loni xizmatga qayta tiklanib, ishga sho‘ng‘iydi. U Hamza tumani IIB va Toshkent shahar IIBda bo‘lim bosh­lig‘i lavozimida ishladi. 

1997-yilda Yunus­obod tumani IIB bosh­lig‘i, 2002-yilda esa Chilonzor tumani IIB boshlig‘i sifatida faoliyatini davom ettirdi. Tinch­lik-osoyishtalikni ta'minlash, fuqarolar xavfsizligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan M. Haydarov 2006-yilda izzat-ikrom bilan polkovnik unvonidan pensiyaga kuzatiladi. U har qanday qiyinchilik, zahmatlarga qaramasdan, Vatanini va xalqini sevgani, uzoq yillik faoliyati davomida kasbiga sodiq bo‘lib xizmat qilgani uchun rahbariyat tomonidan bir necha bor rag‘batlantirilgan. 

Bunday tinib-tinchimaydigan, mehnatda suyagi qotgan inson pensiyaga chiqsa-da, uyida o‘tirib qolishi mumkin emas edi. Hamisha el dardida yurgan Mirzaanvar Haydarov poytaxtimizning muhtasham «Xalqlar do‘stligi» san'at saro­yiga direktor lavozimiga tayinlanadi. Bir necha yil madaniyat va san'at ahli bilan hamkorlikda xayrli ishlarni amalga oshirdi. 

– Yunusobod tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlanganidan bosh­lab Mirzaanvar aka bilan birga faoliyat yuritganman, – deydi uning haydovchisi, iste'fodagi katta serjant Berkinbay Sayrambayev. – San'at saroyiga rahbar bo‘lganining ilk kunida hamma ishchi-xodimlarni yig‘ib, bundan buyog‘iga shu yerda hammamiz bir oila bo‘lib ishlaymiz, degan edi. Bundan barcha xodimlar xursand bo‘lib, ruhlanib ketishgan. U kishining boshchiligida ishlash juda maroqli edi. Qishning sovuq kunlari, yomg‘irli ob-havo sharoitlarida konsertdan ke­yin xodimlarimiz kech qolib ketgan kunlarida, meni chaqirib, haydovchi yigitlarga ayting, uzoqda yashaydigan xodimlarni uylariga eltib qo‘ysin, deya g‘amxo‘rlik qilardi. Ahil bo‘lishni, hamkasblarning yaxshiligini oshirib, yomonini yashirib yurishni bot-bot takrorlardi. Ichki ishlar organlaridan chiqqan xodim bo‘lsa-da, to‘qqiz yil san'at saroyida mehnat qilib, san'at va madaniyat xodimlari bilan xuddi shu sohaning vakili sifatida ishlab, yaxshi nom qozondi.

Mirzaanvar Haydarov 2014-yilda 64 yoshida bu yorug‘ olamni tark etdi. Lekin uning ortidan uch o‘g‘il – Abror, Ahror va Akmal ismli farzandlari qoldi. Abror va Akmal otasining izidan ketib, ichki ishlar organlarida faoliyat yuritgan. Hozirda ikkalasi ham tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. Ahror ham respublika Bojxona qo‘mitasi markaziy laboratoriyasidan pensiyaga chiqqan. Bugungi kunda u ham tadbirkorlik bilan mashg‘ul. 

Insonlar bor, bu hayotga keladiyu ketadi. Undan biror bir iz yoki nom qolmaydi. Ammo Mirzaanvar Haydarovdek bardoshli, sabrli hamda xalqini va Vatanini sevadigan, butun umrini tinchlik-osoyishtalikka baxshida qilgan mard va jasur o‘g‘lonlar yodi barhayotdir. 

Sarvar SOBIROV,

o‘z muxbirimiz.

Toshkent shahri.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:16
 
610
0
xs.uz

Jinlar bazmi

10-aprel ' Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun(hikoya)Otam bu hikoyasini boshlagan vaqtda mening vujudimni qoʻrquv oʻrab olar edi-da, ichimdan: 'Meni ham shunday jinlarga yoʻliqtirma', deb tangriga yolborib qoʻyar edim.Kecha xolam bizning uyga mehmon boʻlib kelgan edi. Kechasi oshdan keyin otam, oyim, xolam uchovlari choy ichishib oʻltirar va oʻtgan-ketgandan soʻzlashar edilar. Soʻz aylanib kelib yana oʻsha jinlar, parilar, devlar toʻgʻrisida toʻxtadi. Otam boʻlsa oʻzi koʻrgan 'j

04 Apr 16:20
 
632
0
xs.uz

O‘zbek adabiyotining buyuk siymolari faoliyati zamonaviy texnologiyalar orqali keng targ‘ib etiladi

O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida mamlakatimiz adabiyoti tarixida chuqur iz qoldirgan ijodkorlarning merosini keng targ'ib qilish maqsadida 'O'zbek adabiyoti yulduzlari' nomli medialoyihani tashkil etish rejalashtirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida mustaqillikning dastlabki davrida ijod qilgan, milliy adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa qo'shgan ijodkorlar hayoti va ijodi keng yoritiladi.Bunda ilmiy-ijodiy guruh shakllantirilib, ijodkorlarning adabiy merosini chuqur o'rganish, ularning

17 May 21:48
 
157
0
xs.uz

“Har bahor men Sizga gullar tutaman...”

15-may ' Oliy Majlis Senati aʼzosi, shoir Abdusaid Koʻchimov tavallud topgan kunJAVOBBir nihol ekdingmi Vatan bogʻiga,Mehringni toʻkdingmi choʻl, yantogʻiga,Gullarga chang-gʻubor qoʻngan chogʻidaArta biloldingmi chang-u gʻuborni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Bitta gʻisht qoʻydingmi maydonlariga,Bir vassa oʻydingmi ayvonlariga,Bir misra qoʻshdingmi dostonlariga,Kurab tashladingmi tomlardan qorni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Kimdir uzib ketsa dilbar gullarni,Kimdir buz

13 May 14:39
 
19
0
xs.uz

Bepul kinonamoyishlar — barcha uchun

Kinematografiya agentligi tomonidan ishlab chiqarilgan eng sara o'zbek filmlarining namoyishini 'Muhabbat bahori' filmi boshlab berdi. Unda kinoijodkorlar, yurtdoshlarimiz hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Film rejissyori Ibrohim Rasulov va aktrisa Shahnoza Hojimurodova tomoshabinlar bilan suhbatda filmning mazmuni va ahamiyati haqida batafsil to'xtalib o'tishdi.Filmda ikki ijodkor ' O'zbekiston xalq shoiri Zulfiya va jamoat arbobi, taniqli shoir Hamid Olimjonning sof muhabbati, ijod va hayot y