calendar 10 May 13:30
eye 27
comments 0
comments Manba: postda.uz

Imkon izlayotgan iqtidor

image

Iqtidor insonga berilgan noyob ne’matki, uning yuzaga chiqishi uchun ham imkoniyat zarur. Yoshlarimiz baxtiga mamlakatimizda qobiliyatli o‘g‘il-qizlarimizning nafaqat zamonaviy bilim olishi, balki o‘z iqtidorlarini namoyish etishi uchun ham keng imkoniyatlar yaratilmoqda. IIVning Ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ham bilimli va iqtidorli yoshlar talaygina. Xususan, Anvar Izzatov va Shohjahon Farhodov ana shunday a’lochi va iqtidorli o‘quvchilar safida. Ikkisi ham umumta’lim fanlarini a’lo baholarga o‘zlashtirish barobarida, sportning bir nechta turlari bilan muntazam shug‘ullanishadi. Ular ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ham faol. 

– Ta’lim muassasamizdagi iqtidorli yoshlarga to‘g‘ri yo‘nalish berib, qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda ko‘maklashish faoliyatimizning asosini tashkil etadi, – deydi ingliz tili o‘qituvchisi Abrorxo‘ja Mo‘minxo‘jayev. – Bizning zimmamizga millatimizning ertangi kuniga mas’ul bo‘ladigan yoshlarga ta’lim berishdek ulkan va sharafli vazifa yuklatilgan. Bu borada bor kuch va imkoniyatimizni ishga solib, ta’lim beramiz. Yaqinda Anvar Izzatov va Shohjahon Farhodovning Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi «B1» darajali sertifikatni qo‘lga kiritishgani quvonarli holdir.  

– Matematika shunday fanki, u qiziqqan odamni o‘ziga ohanrabodek tortib oladi, – deydi o‘qituvchi Mohigul Ashurova. – Shohjahon va Anvarning ham matematika faniga qiziqishi baland. Bergan topshiriqlarimni ortig‘i bilan bajaradi. Murakkab misol uchrasa, darhol yordam so‘raydi. Ular singari bilimga chanqoq yoshlarning borligi o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobatni paydo qiladi, albatta. Bu esa muallim sifatida bizni quvontiradi. 

Sarvar SOBIROV,

o‘z muxbirimiz.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
9
0
xs.uz

22 ta yogʻ-moy ishlab chiqaruvchi korxonaning faoliyati belgilangan talablarga muvofiq emasligi aniqlandi

'Oʻzagroinspeksiya' tomonidan korxonalarning paxta texnik chigitini toʻliq texnologik siklda maqsadli qayta ishlaganligi, ularning mahsulot sifatini tasdiqlovchi gigiyenik xulosa va muvofiqlik sertifikatlariga ega ekanligi hamda qayta ishlashdan olingan mahsulotlarning texnik reglamentlar va standartlar bilan belgilangan majburiy talablarga muvofiqligi ustidan doimiy nazorat amalga oshirib kelinmoqda.Ushbu nazorat tadbirlari 'Oʻzyogʻmoysanoat' uyushmasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga

09 Oct 12:36
 
13
0
postda.uz

TAJRIBADA ILK BOR

Joriy yilning 27-oktabr kuni mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda deputatlikka siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olindi. Ta’kidlash kerakki, milliy saylov tajribamizda ilk marotaba 5 ta siyosiy partiya tomonidan barcha darajadagi deputatlik o‘rinlariga 100 foiz nomzodlar ko‘rsatildi. Xususan, siy

09 Oct 12:36
 
7
0
postda.uz

“Olmazor”da yangi o‘yingoh

Chiroqchi tumani 3-sektoriga qarashli “Olmazor” mahallasida yashovchi yosh tadbirkor Saydulla Qurbonov tomonidan davlat-xususiy sherikchilik asosida 105-sonli umumta'lim maktabi hududida sun'iy qoplamali kichik futbol maydoni qurilib, foydalanishga topshirdi. Mini futbol maydonidan kunning birinchi yarmida maktab o‘quvchilari foydalansa, sport inshooti tushdan keyin mahalla yoshlariga xizmat qiladi. O‘z muxbirimiz.Qashqadaryo viloyati.

10 Oct 16:05
 
7
0
xs.uz

Dollar kursi tushishda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'9,70'soʻmga tushdi va'12 768,30'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'51,49'soʻmga tushib,'13'960,86'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'25,47'soʻmga pastlab,'131,15'soʻmni tashkil qildi.