22 ta yogʻ-moy ishlab chiqaruvchi korxonaning faoliyati belgilangan talablarga muvofiq emasligi aniqlandi
Ushbu nazorat tadbirlari 'Oʻzyogʻmoysanoat' uyushmasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mutaxassislari bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Shuningdek, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida 'Respublika muvofiqlashtiruvchi komissiyasi' va joylarda 'Hududiy ishchi guruhlari' tashkil etilib, vazifalari belgilab berilgan.
'Oʻzagroinspeksiya' Axborot xizmati xabariga koʻra, 2024-yilning yanvar ' sentyabr oylarida jami 39 ta yogʻ-moy korxonalarida belgilangan tartibda nazorat tadbirlari oʻtkazildi. Yakunda 17 ta paxta texnik chigitini qayta ishlaydigan yogʻ-moy korxonalari qonunchilik talablariga muvofiq faoliyat yuritayotganligi, 22 ta korxona faoliyati esa belgilangan talablarga muvofiq emasligi aniqlandi. Aniqlangan kamchilik va qonunbuzilishlar yuzasidan korxonalarga nisbatan jami 67 ta (26 ta yozma koʻrsatma, 40 ta ogohlantirish, 1 ta maʼmuriy bayonnoma) taʼsir choralari qoʻllanildi.
Talablarga muvofiq yoki muvofiq boʻlmagan yogʻ-moy mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar haqidagi maʼlumotlar Respublika tovar xom-ashyo birjasiga taqdim etildi.
Bugungi kunda, respublika boʻyicha jami 164 ta (shundan, 79 tasi zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan yangi korxonalar) muvofiq deb topilgan yogʻ-moy korxonalarining ishlab chiqarish quvvati 16 ming 682 tonna/sutkani tashkil qiladi.
'Oʻzagroinspeksiya' mutaxassislari tomonidan Paxta texnik chigitini toʻliq texnologik siklda qayta ishlab, olingan tayyor mahsulotlar uchun tegishli gigiyenik xulosaga ega boʻlgan va muvofiqlik taʼminlangan yogʻ-moy korxonalarida, ilgari oʻtkazilgan oʻrganishdan keyingi faoliyat davri boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar va qoidalarga javob berishi yuzasidan xatlov oʻtkazilmoqda va har bir belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan yogʻ-moy korxonalari boʻyicha maʼlumotnoma-pasport qilib borilmoqda.
Oʻzbekistonda dollar kursi tushishda davom etmoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 9,95 soʻmga tushdi va 12 784,97 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 5,65 soʻmga tushib, 13 830,78 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,31 soʻmga pastlab, 131,45 soʻmni tashkil qildi.
Oʻzbekistondagi eng katta soliq toʻlovchi tashkilot qaysi?
2024-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekistonda 949 ta yirik soliq toʻlovchilar tomonidan 91,5 trillion soʻmdan ortiq soliq toʻlandi. Bu soliq tushumlarining katta qismi davlat ulushi mavjud va xususiy sektordagi yetakchi korxonalar hissasiga toʻgʻri keladi. Bu haqda 'Fiskal tahlillar' portal xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, davlat ulushiga ega korxonalar orasida 'Navoiy kon-metallurgiya kombinati' AJ 21,7 trillion soʻm soliq toʻlovi bilan birinchi oʻrinda turadi. Ikkinchi oʻrinni '
Oʻzbekistonda dollar kursi yana koʻtarildi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 12,17 soʻmga oshdi va 12 812,30 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 65,33 soʻmga koʻtarilib, 13 532,35 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,65soʻmga pastlab, 128,37 soʻmni tashkil qildi.
Oʻzbekistonda dollar kursi tushishda davom etmoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 9,95 soʻmga tushdi va 12 784,97 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 5,65 soʻmga tushib, 13 830,78 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,31 soʻmga pastlab, 131,45 soʻmni tashkil qildi.