calendar 10 May 13:30
eye 60
comments 0
comments Manba: postda.uz

FARZANDIMNING YUTUG‘I

image

Ota-ona uchun farzandining kamolini ko‘rishdan ortiq baxt bo‘lmasa kerak. Ayni paytda Qarshi shahridagi 4-umumta'lim maktabining 9-sinfida tahsil olayotgan o‘g‘lim Mirfayzbek Abdullaeyv a'lo baholarga o‘qib, fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. U hozirda Yoshlar ittifoqi viloyat kengashida sardor. 

Bir kuni o‘g‘limdan «Sardorlik, umuman, faollik senga nima berdi?» deb so‘radim. U ishonch bilan shunday dedi: «Ijtimoiy faollik menda, birinchi navbatda, hayotiy ko‘nikmalar, masalan, notiqlikni, jamoani boshqarish qobiliyatini, mustaqil tarzda loyihalar tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim rol' o‘ynadi».

O‘tgan yilning dekabr oyida respublikamizning barcha hududlarida «Rahbar va yoshlar» uchrashuvlari o‘tkazildi. Qashqadaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardan birida Mirfayzbek viloyat hokimi Murotjon Azimovga eng namunali va iqtidorli maktab o‘quvchilari uchun «Viloyat hokimi stipendiyasi»ni joriy etish bo‘yicha taklifni bildirdi. 

E'tiborlisi, bu taklif qo‘llab-quvvatlanib, joriy yilning 13-yanvarida «Viloyatdagi eng namunali va eng iqtidorli o‘quvchilar «Viloyat hokimi stipendiyasi»ni joriy etish to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi. Bu xabardan o‘g‘lim va uning tengqurlari, butun voha o‘quvchilari juda xursand bo‘ldi. 

Tadqiqotlarga qaraganda, «Tengdosh – tengdoshga» tamoyili eng yaxshi samara beradigan usullardan biri ekan. Bu qaysidir o‘quvchi biron bir mavzuda tengdoshi bilan suhbatlashsa, fikrlashsa, natijadorlik yuqori bo‘ladi, degani. Mirfayzbek ana shu tamoyilga tayangan holda, maktab o‘quvchilari bo‘lgan tengdoshlari bilan bir qancha loyihalarni amalga oshirdi. 

Ayni paytda viloyatda o‘quvchilarning intellektual salohiyatlarini yuzaga chiqarish maqsadida «Intellektual olimpiada» loyihasiga start berildi. Bu jarayonda «Munozara», «Kamalak», «Ekologik muammolar bolalar nigohida» kabi loyihalar namoyishi rejalashtirilgan. Bu tadbirlarda o‘g‘lim ham munosib qatnashmoqda. 

Mamlakatimizda mavjud keng imkoniyatlardan oqilona foydalanayotgan yoshlar barcha sohalarda katta yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda. Ana shunday intiluvchan yoshlar orasida farzandim Mirfayzbek ham borligidan faxrlanaman! 

Sirojiddin RAHIMOV,

podpolkovnik.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:38
 
102
0
xs.uz

Oʻzbekiston delegatsiyasi Rotterdam konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn ikkinchi yigʻilishida ishtirok etmoqda

Shu kunlarda Shveysariyaning Jeneva shahrida Rotterdam konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn ikkinchi yigʻilishi (RC COP-12) boshlandi. Ushbu anjuman Bazel konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn yettinchi yigʻilishi (BC COP-17) va Stokgolm konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn ikkinchi yigʻilishi (SC COP-12) bilan ketma-ket tarzda 9-maygacha davom etadi.'Yashirin narsalarni koʻrinarli qilish: kimyoviy moddalar va chiqindilarni oqilona boshqarish' mavzusida oʻtayotg

12 Apr 21:15
 
41
0
xs.uz

Dollar kursi biroz pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'4,93 soʻmga'tushdi va'12 968,38 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'14,01 soʻmga'koʻtarilib,'14 343,03 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'1,18 soʻmga'oshdi va'152,37 soʻmni'tashkil qildi.

13 May 14:39
 
120
0
xs.uz

Bugun Xiva shahrida IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali start oladi

Oʻzbek milliy baxshichilik va dostonchilik sanʼatining noyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni keng targʻib qilish, yosh avlod qalbida ushbu sanʼat turiga hurmat va eʼtibor tuygʻularini kuchaytirish, turli xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-maʼnaviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda yanada kengaytirish maqsadida, 2019-yildan buyon 'Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali' oʻtkazilib kelinmoqda.Mazkur f

13 May 14:38
 
15
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'22,94 soʻmga'oshib,'12 938,01 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'13,10 soʻmga'koʻtarilib,'14 673,00 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'2,30 soʻmga'tushdi va'158,73 soʻmni'tashkil qildi.