calendar 23 Apr 03:36
eye 19
comments 0
comments Manba: xs.uz

Bulungʻurda ishga tushirilgan 124 ta loyiha hisobidan mingga yaqin odamning bandligi taʼminlandi

image
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'.'Bulungʻur tumanida xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish hisobiga sanoat korxonalari faoliyati kengayib, yangi-yangi ish oʻrinlari yaratilmoqda.

Xususan, tumanning Yangiqoʻrgʻon mahallasida ishga tushirilgan 'AGRO FAROVON ZAMIN' MCHJ qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan boʻlib, bu yerda yiliga 6 ming tonna mahsulot qayta ishlanmoqda.

Korxonada 30 nafar doimiy va 100 nafardan ziyod mavsumiy ishchi faoliyat koʻrsatadi. Bulgʻor qalampiri, qizil lavlagi, qovoq, sabzi, gulkaram kabi sabzavotlar Bulungʻur, Toyloq va Jomboy tumanlaridagi fermer xoʻjaliklari tomonidan shartnoma asosida olinadi.

' Mahsulotlarimiz MDH davlatlariga eksport qilinyapti. ' deydi 'AGRO FAROVON ZAMIN' MCHJ ish yurituvchisi Zuhra Ahmedova. ' Tayyor quritilgan qishloq xoʻjaligi mahsuloti 15 daqiqa davomida issiq suvda namlanib, barcha tabiiy xususiyatlar, rangi, tabiiy hidi, shakli, taʼmi tiklanadi. Quritilgan sabzavot mahsulotini qaynatish, qovurish, xom va quruq holda isteʼmol qilish mumkin.

Oʻtgan yilning may oyida tumanning Mingchinor mahallasida Samarqand shahridagi 'Daka intex' korxonasining filiali ishga tushgan edi. Bu yerda yiliga 6 milliard soʻmlik tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

' Korxonamizda 200 nafardan ziyod ishchi bor, ' deydi 'Daka intex' MCHJ texnologi Ersen Boztepe. ' Uskunalar Yaponiya va Janubiy Koreyadan keltirilgan boʻlib, yiliga 2 million dona trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilib, Rossiyaga eksport qilinmoqda.

Tumanda investitsiya dasturi doirasida va qoʻshimcha loyihalar hisobidan sanoat sohasida 138,5 milliard soʻmlik 488 ta ish oʻrniga ega 22 ta, qishloq xoʻjaligida 52,1 milliard soʻmlik 54 ta ish oʻrniga ega 11 ta, xizmat koʻrsatishda 126,4 milliard soʻmlik 446 ta ish oʻrniga ega 91 ta loyiha ishga tushirilgan.'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:55
 
44
0
postda.uz

Sohasining bilimdoni

Sherzodbek Nuriddinov Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlagach, Andijon viloyati teleradiokompaniyasida maxsus muxbir boʻlib ishlay boshladi. U Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarida xizmat qilib qaytganidan soʻng oʻz faoliyatini viloyat televideniyesida davom ettirdi. 2017-yilda ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilinib, Jamoatchilik bilan aloqalar tashkiliy boʻlimi guruh inspektori sifatida xizmat olib bordi. Oradan maʼlum vaqt oʻtgach, leytenant Sh. Nuriddinov viloyat IIB matbuot x

11 Apr 14:01
 
45
0
xs.uz

2024-yilning ikki oyida Oʻzbekistonga qancha yengil avtomobil import qilingan maʼlum boʻldi

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekistonga xorijdan qiymati 383,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 17 553 dona yengil avtomobil import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.Bu davrda Xitoydan 12 808 ta, Janubiy Koreyadan 4 176 ta, AQSH 455 ta, Yaponiya 29 ta, Germaniya 27 ta mashina olib kelingan.Yengil avtomobillarning importi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 12 527 taga oshgan.

11 Apr 14:01
 
30
0
xs.uz

Taxtakoʻpirda ishlab chiqarilayotgan osh tuzi Germaniyaga eksport qilinmoqda

Gʻayrat Otajonov/'Xalq soʻzi'. Taxtakoʻpir Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimolida joylashgan eng chekka tumanlardan biri. Bu yer aholisi shu paytgacha chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullanib kelgan. Bugungi kunda tumanda tadbirkorlik va ishlab chiqarish ham rivojlanyapti.2020-yilda faoliyatini boshlagan 'Good Salt Production' masʼuliyati cheklangan jamiyati osh tuzi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.' Hozirgi kunda korxonamizda 25 nafar ishchi-xodim mehnat qilmoqda, ' deydi 'G

11 Apr 13:55
 
32
0
postda.uz

Саломатликни сақлаш йўлида

Касб фидойисиИлҳомжон Умаров Андижон давлат тиббиёт институтини тамомлаб, стажировкани ўтагандан сўнг Асака шаҳар шифохонасида жарроҳ бўлиб ишлай бошлади. Кейинчалик Россия Федерациясининг Курган шаҳридаги Травматология ва ортопедия илмий-тиббий тадқиқот марказида к