Taxtakoʻpirda ishlab chiqarilayotgan osh tuzi Germaniyaga eksport qilinmoqda

2020-yilda faoliyatini boshlagan 'Good Salt Production' masʼuliyati cheklangan jamiyati osh tuzi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
' Hozirgi kunda korxonamizda 25 nafar ishchi-xodim mehnat qilmoqda, ' deydi 'Good Salt Production' rahbarining oʻrinbosari Seregul Yershayeva. ' Uch turdagi yodlangan osh tuzi ishlab chiqarayammiz. 2022-yilda Germaniyaning 'Monolith Mitte GmbH' kompaniyasi bilan bir million yevrolik shartnoma imzolangandi. Hozirgi kunga qadar 131 ming AQSH dollarlik mahsulot eksport qilindi. Korxonamizning yillik quvvati 10 ming tonna mahsulot ishlab chiqarishga moʻljallangan. Dastgohlarni yangilash va ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha amaliy ishlar boshlangan.
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi maʼlumotiga koʻra, hozirgi paytda Taxtakoʻpirda dehqon va fermer xoʻjaliklarini hisobga olmaganda jami 567 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat koʻrsatmoqda.
FAO Buxoro Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutiga zamonaviy uskunani taqdim etdi
FAOning mazkur loyihasi qurgʻoqchil hududlarda ekotizimlarning barqarorligini taʼminlash, tuproq degradatsiyasining oldini olish, ekotizim xizmatlarini yaxshilash va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xavfsizligini oshirish maqsadlarini koʻzda tutadi. Oʻzbekistonning qurgʻoqchilikka moyil hududlarida agroekologik muhitni yaxshilash, yer va oʻrmon resurslaridan oqilona foydalanish va barqaror qishloq xoʻjaligini rivojlantirish ushbu loyihaning ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.Buxoro viloya
Dollar kursi biroz pastladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'13,09 soʻmga'tushib,'12 924,92 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'52,33 soʻmga'pastlab,'14 620,67 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'1,21'soʻmga'oshdi va'159,94'soʻmni'tashkil qildi.
Dollar kursi sezilarli pastlashdan soʻng yana koʻtarildi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'22,17 soʻmga'oshdi va'12 790,43 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'86,40 soʻmga'koʻtarildi va'14 486,44 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,03 soʻmga'tushib,'162,60 soʻmni'tashkil etdi.
Mebelchilarga xalqaro sertifikat olish xarajati qoplab beriladi
Oʻzbekistonda mebelchilarga xalqaro sertifikat olish xarajati hamda xorijdan jalb qilingan dizayner, marketolog, injener-texnologlar ish haqining yarmi qoplab beriladi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.Oʻtgan yili mebel eksporti 20 million dollarga yetdi. Sifat, dizayn va brendga eʼtibor qaratilsa, mavjud quvvatlarning oʻzida eksport hozirgidan 10 karra oshishi mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.Shu b