calendar 23 Apr 03:35
eye 64
comments 0
comments Manba: xs.uz

Senat Raisi Qashqadaryoda mahalliy Kengashlar deputatlari bilan faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi

image
T.Narbayeva Koson tumanida Xalq deputatlari Koson hamda Muborak tumani Kengashi deputatlari bilan uchrashuvda asosiy eʼtibor mamlakatimiz Prezidentning 'Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining faoliyati samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to'g'risida'gi Farmonidan kelib chiqadigan vazifalarga qaratildi.

Xususan, mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirishda deputatlik nazorati institutidan samarali foydalanish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha belgilangan vazifalar ijrosi ustidan taʼsirchan deputatlik nazoratini o'rnatish yuzasidan o'zaro fikr almashildi.

Shu bilan birga aholi muammolarini aniqlash va bartaraf etishda 'mahalla yettiligi' bilan hamkorlikni kuchaytirish bo'yicha vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, Qarshi tumani 'Yertepa' MFYda ham hududdan saylangan mahalliy Kengash deputatlari bilan muloqot o'tkazildi. Unda aholini munosib ish bilan taʼminlash, mahallalardagi ijtimoiy masalalarni hal etishga ko'maklashish, mahalliy Kengash sessiyasi hamda doimiy komissiyalar muhokamasiga dolzarb masalalarni olib chiqish yuzasidan tavsiyalar berildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
7
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga bordi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog'istonga keldi.Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Bugun O'zbekiston yetakchisi 'Markaziy Osiyo - Italiya' sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.

13 May 14:37
 
111
0
xs.uz

“Work and Travel” dasturida ishtirok etuvchi talabalarga foizsiz qarz beriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 290-sonli qaroriga muvofiq, 2025-yil 15-maydan boshlab 'Work and Travel' xalqaro dasturlari doirasida ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga boradigan talabalarga ssuda (qaytarish sharti bilan foizsiz qarz) ajratish tartibi joriy etiladi. Mazkur tartib xorijga borish, qaytish va boshqa xarajatlarni qoplash uchun moʻljallangan.Ssuda olish imkoniyati Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Br

13 May 14:37
 
33
0
xs.uz

O‘zbekiston Prezidenti Gʻalabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 9-may kuni Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80-yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.Qizil maydonda Gʻalaba paradi bo'lib o'tdi. Tadbirda Xitoy Raisi Si Szinpin, Braziliya Prezidenti Lula da Silva, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg'iziston Prezidenti Sa

13 May 14:37
 
104
0
xs.uz

Voyaga yetmaganlarga bank kartalari ochish boʻyicha talablar belgilanmoqda

Shavkat Mirziyoyevning 'Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi 153-sonli qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qaror bilan, Oʻzbekistonda voyaga yetmagan shaxslar nomiga bank kartalarini ochish va ularning moliyaviy amaliyotlarini nazorat qilish masalalari boʻyicha yangi tartib-taomillar joriy etilmoqda. Hukumat qaroriga muvofiq, endilikda voyaga