calendar 23 Apr 03:35
eye 59
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi sayyor majlisi Qashqadaryo viloyatida oʻtkazildi

image
Senat Kengashining navbatdagi sayyor majlisi Qashqadaryo viloyatida oʻtkazildi va unda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholini sifatli ijtimoiy xizmatlar bilan taʼminlash boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosi muhokama qilindi.

Soʻzga chiqqanlar viloyatda ushbu yoʻnalishda qator natijalarga erishilganligini alohida taʼkidladilar.

Xususan, soʻnggi 7-yilda Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan vazifalarni ijrosini taʼminlash natijasida yalpi hududiy mahsulot 1,3 barobarga, sanoat ishlab chiqarishi 1,5 barobarga, qurilish ishlari 1,5 barobarga va xizmatlar 1,9 barobarga oshgan.

Ushbu davrda 5,2 ming km ichimlik suvi tarmoqlari tortilishi natijasida ichimlik suvi taʼminoti 29,8 foizdan 59,4 foizga yetkazilgan. 7,7 ming km uzunlikdagi taʼmirtalab yoʻllar holati yaxshilandi, 480 ga yaqin koʻp qavatli uylar qurilib foydalanishga topshirilgan.

2023-yilda investitsiya dasturlari doirasida sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi sohalarini rivojlantirish boʻyicha 836 mln dollarlik 1 340 ta loyiha ishga tushirilgan. 377 mln dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilgan. Mahalliylashtirish dasturi boʻyicha 391,6 mlrd soʻmlik import oʻrnini bosuvchi 25 turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilgan.

Hududiy bandlik dasturi doirasida doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ish oʻrinlarida oʻtgan yilda 474 ming aholining bandligini taʼminlashga erishilgan.

Muhokama jarayonida senatorlar hududda amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan birga ayrim kamchiliklar va oʻz yechimini kutayotgan muammolarga ham eʼtibor qaratdi.

Xususan, iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, investitsiyalarni jalb qilish, eksport prognozi koʻrsatkichlari ijrosini taʼminlashda ayrim tumanlarda ishlar yetarli darajada tashkil etilmagan.

Jumladan, 2023-yilda Dehqonobod tumanida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, Kitob, Mirishkor, Gʻuzor va Qarshi tumanlarida esa asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida oʻsish surʼatlari taʼminlanmagan.

Eksport prognozi koʻrsatkichlari Muborak, Yakkabogʻ va Shahrisabz tumanlarida atigi 50-55 foizga bajarilgan.

2023-yilda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyatini boshlagan 7,5 mingta subyektning 36 foizi faoliyatini toʻxtatib qoʻygan. Ushbu koʻrsatkich Kitob, Koson, Koʻkdala va Chiroqchi tumanlarida yuqori. Bu holatni sababi tahlil qilinib tegishli choralar koʻrilmagan.

Boʻsh turgan davlat obyektlariga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish ishlari samaradorligi ham past. Auksion savdolariga chiqarilgan 130 ga yaqin boʻsh turgan binolar 3 oydan ortiq vaqt mobaynida sotilmagan.

Joriy yilning 1-yanvar holatiga koʻra, soliq toʻlovchilarning byudjet oldidagi muddati oʻtgan qarzdorligi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 15 foizga oshgan.

Shuningdek, majlisda senatorlar tomonidan viloyatda xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish, past quvvatda ishlayotgan sanoat korxonalari bilan ishlash, investitsiyalar jalb qilish, eksport hajmini oshirish, aholini uy-joy bilan taʼminlash, muqobil energiyani joriy qilish, suv tejovchi texnologiyalarni oʻrnatilishi yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar masʼul vazirlik va idoralarga koʻrsatib oʻtildi hamda qator takliflar bildirildi.

Mahalliy byudjet daromadlari barqarorligini taʼminlashda iqtisodiy kompleks rahbarlarining masʼuliyatini oshirish, faoliyati toʻxtab qolgan tadbirkorlik subyektlarining muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni qabul qilish, ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish hamda bu borada mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish shular jumlasidandir.

Muhokama yakunida Senat Kengashining tegishli qarori qabul qilindi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:26
 
147
0
xs.uz

FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi

Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi.'Janobi Oliylari,Hurmatli Prezident!Kecha Oʻzbekiston oʻz tarixida ilk bor FIFA Jahon chempionatiga chiqib, Osiyoda birinchi boʻlib JCH-2026 yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan terma jamoalardan biriga aylandi.Butun futbol jamoatchiligi nomidan Sizni va butun Oʻzbekiston xalqini ushbu munosib va tarixiy natija bilan tabriklashga ijozat bergaysiz

13 Jun 09:59
 
88
0
xs.uz

Eronda istiqomat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolari ogohlantirildi

Eron atrofidagi vaziyatning keskinlashishi, raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan Oʻzbekiston elchixonasi Erondagi Oʻzbekiston fuqarolarini ogohlantirdi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi elchixonasi xabar berdi.Elchixona Oʻzbekiston fuqarolariga xavfsizlik choralariga qatʼiy rioya qilishni, shuningdek, Eron hukumati va Oʻzbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini muntazam ravishda kuzatib borishni tavsiya qilgan.'Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar v

15 Jun 10:46
 
88
0
xs.uz

Fargʻonada hujra tashkil qilib, bolalarga noqonuniy diniy saboq berayotganlar aniqlandi

Fargʻona viloyatida uyida hujra tashkil qilib, noqonuniy diniy saboq berib kelgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar qildi.Maʼlum boʻlishicha, 9-iyun kuni DXXning viloyat boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda Rishton tumani 'Yuqori Avazboy' MFY Ittifoq koʻchasida yashovchi shaxs uyida hujra sharoitida 10 nafar voyaga yetmagan bolaga diniy saboq berib kelayotgani aniqlandi.Bolalarning 4 nafari

18 Jun 21:55
 
20
0
xs.uz

Prezident “Parkentsoy” turar joy massivining qurilishi bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti, hududlarning iqtisodiy rivoji va yangi loyihalar bilan tanishish maqsadida 18-iyun kuni Toshkent viloyatining Parkent tumaniga tashrif buyurdi. Dastlabki manzil 'Parkentsoy' turar joy massivi boʻldi.Hududlarni 'oʻsish nuqtalari'ga tayanib rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoitlari yaratish ' davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishi. Bunday oʻzgarishlar Parkent tumanida ham namoyon.Tuman markazidan oqib oʻtuvchi Parkentsoy qirgʻogʻida q