calendar 11 Apr 14:02
eye 48
comments 0
comments Manba: xs.uz

Adabiyotshunos Adhambek Alimbekov 70 yoshda

image
Odatda, inson ustozlari sifatida bir necha kishini koʻrsatsa-da, aslida hayoti mobaynida juda koʻp kishilardan oʻrganadi, ibrat oladi. Donishmandlardan biri: 'Oʻtgan har kunim ' bir saboq, uchratgan har odamim ' bir muallim', ' deb lutf etgan ekan.

Shayx Saʼdiy taʼbiri bilan aytganda: 'Har goʻshadan bir manfaat topdim, har xirmondan bir boshoq oldim':

Tamattoʻ ba har goʻshaye yoftam,

Zi har xirmane xoʻshaye yoftam.

Shunga oʻxshab, kaminaning ham Adhambek Alimbekovga havas qilgan, undan saboq olgan jihatlarim oz emas. Aytaylik, u kishining mendan koʻra gapga ustaroq va hozirjavobroq ekaniga tan berganman.

Bu odam avvalo oʻzining kirishimliligi, dilkashligi, hazilkashligi, hozirjavobligi bilan oʻzi kirgan har bir davraga fayz ulashadi, suhbatdoshi koʻngliga huzur bagʻishlaydi. Davra koʻrganligidan hamma yerda bayroqni olib ketadi. Lekin maʼrifatli kishi boʻlgani uchun hazillari odob-axloq doirasida. Men bu kishining sira beparda yoki bachkana hazil-huzul qilganini koʻrmaganman.

Bu soʻzga usta va samimiy, buning ustiga fikr odami boʻlgan kishi bilan sira zerikmaysan.

Adhambek Alimbekovning mana shu zarofati va fasohati mahsuli boʻlgan baʼzi soʻzlari va hangomalarini yon daftarlarimga bitib qoʻygan ekanman ' ulardan ayrimlarini hamkasblar eʼtiboriga havola qilishni lozim topdim.

'Tirik klassik'

Mirpoʻlat Mirzo bir davradan erta turayotgan ekan:

' Siz qayoqqa shoshilasiz? Tirik klassikning suhbatidan bahramand boʻlaylik, ' deb kinoya qilibdi Adhambek Alimbekov.

' E, shunaqami? Qolganim boʻlsin unda! ' debdi Mirpoʻlat aka.

Hozirjavoblik

' Mening tarjimashunos boʻlishimga Ergash Ochilov sababchi boʻlganlar, ' deb Nilufar Xoʻjayeva kaminani eʼtirof etgan edi, Adhambek Alimbekovga qarab hazillashdim:

' Koʻrdingizmi, bu yerda Amerikani kashf etganlar oʻtiribdi!

' Kolumbda bor alamim mening! ' dedi u ham oʻz navbatida hozirjavoblik ham.

Qolipdagi gaplar

' Men oʻttiz yildan buyon Sharqshunoslik universitetida dars beraman. ' deydi Adhambek aka. ' Magistrlik dissertatsiyalari va bitiruv-malakaviy ishlari himoyasida hamisha ishlarda uslubiy gʻalizliklar va imlo xatolari borligi taʼkidlanadi. Lekin ular hech qachon tuzatilmaydi.

Maslahat

' Oʻgʻlimga bir qiz topsak, boʻyi undan besh santimetr baland ekan, ' desam, Adhambek aka:

' Uylanavermaydimi ' ayol tuqqach choʻkadi-ku, ' dedi.

Bir juft qoʻshiq

Bahor Xolbekova anjumanlarda koʻpincha maʼruza soʻngida qoʻshiq aytib beradi. Shunga ishora qilib, Adhambek Alimbekov aytdi:

' Siz bundan keyin anjumanlarga borsangiz, bir juft qoʻshib aytib kelavering!

Muammolar

Adhambek Alimbekov tarjima va tarjimashunoslik oldida turgan muammolar haqida gapirar ekan:

' Mayli, gapiraveraylik, bir kun boʻlmasa, bir kuni amalga oshib qolar... ' dedi.

Iltifot

Eshikni ochiq qoʻyib dars oʻtayotgan edim. Adhambek Alimbekov oʻtib qoldi. Chiqib soʻrashdim:

' Dars sizdan aziz boʻlibdimi? Bir soʻrashib qoʻyaylik, aka!

' E rahmat-ye! ' dedi u kishi xursand boʻlib. ' Sizning oʻrningizda boshqa boʻlganda dars oʻtayapman deb hatto salomimga alik olmasdi.

Vaqt gʻanimat

' Siz sira Yozuvchilar uyushmasida oʻtkaziladigan majlislarda qatnashmaysiz-a? ' degan Adhambek Alimbekovga:

' Chunki mening majlislarda sovuradigan ortiqcha vaqtim yoʻq, ' deb javob qildim.

Antiqa muqaddima

Sharqshunoslik institutidagi Chingiz Aytmatovga bagʻishlangan anjumanda Adhambek Alimbekov soʻzini:

' Avvalo, shuncha aqlli gaplarni hazm qilayotganlaringiz uchun hormanglar! ' deb boshladi.

Ergash OCHILOV,

OʻzR Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va

folklori instituti katta ilmiy xodimi,

filologiya fanlari nomzodi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:55
 
50
0
xs.uz

“Tabassuming yodimda hamon...”

20-yanvar ' Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davron tavallud topgan kunERIB KETAR XIRA TUMANLARhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-endErib ketar xira tumanlar,kapalakdek uygʻonar yalpiz.Osmon daryo boʻlib tuyular,oʻtlar uzra chopqillaydi koʻz.Qayragʻochning guli ' mitti jom 'jaranglaydi ' taralar atir.Va tushlarga kirar bu oqshommaysalarni quchoqlab adir.Shamol yelar erkin, quturib,quriy boshlar tomlar toʻsini.Gullayotgan olchani koʻribderazalar ochar koʻksini.Yoritgancha to yurak

27 Jan 00:55
 
72
0
xs.uz

Joʻrabek dodxoh kim boʻlgan?

'Adabiyot' nashriyotida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Norqobil Jalil va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Roʻzimboy Hasan hammuallifligida 'General Joʻrabek: davr va qismat' deb nomlangan asar nashr etildi.Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida mazkur kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbirni ochgan Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari Minhojiddin Mirzo mualliflar 1840-yilda Kitob shahri yaqinidagi Gulgunpoʻsh qishlogʻida tugʻilgan Jo

31 Jan 15:22
 
42
0
xs.uz

Ijodga oshno qalb

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Sharof Rashidov Nomidagi Samarqand Davlat universitetida adabiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda oʻzining 70 yoshini qarshilagan, Oʻzbekiston va Belarus Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Ismat Koʻchiyevning hayoti va adabiyotga bogʻlangan ijod yoʻli haqida gap bordi.Oʻzbekiston Respublikasi va bir qator xalqaro tashkilotlarda faoliyat koʻrsatgan Ismat Koʻchiyev, shuningdek, taniqli publitsist, yozuvchi va shoir, jamoat arbobidir.Dastlab tadbirda ishtirok et

31 Jan 15:22
 
66
0
xs.uz

Bir suvratda ming farishta

Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan kartinaMen rasmga koʻp tushunmayman. Ammo, har bir kartinani bir sheʼr deb bilaman. Kartina sheʼrdek soʻzlaydi, ranglar soʻzlaydi, tasvirlar, tashbehlar, mubolagʻalar, qalb izhorlari... bularning bari kartinalarda sodir boʻladi.Chin ijod vaqtdan tashqari hayot. Vaqt bilan hisoblashmaydi. Yer sayyorasida eng qisqa vaqtning koʻchishi yorugʻlik tezligi hisoblansa, ijod oʻsha vaqtni ushlab qolgan oniy lahzalardir. Vaqt taʼsir qilmaydigan sayyoralar ko