calendar 11 Apr 14:00
eye 76
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ramazon hayiti namozi munosabati bilan Toshkentdagi ayrim koʻchalarda harakat vaqtincha toʻxtatiladi

image
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining Ramazon hayitining birinchi kuni 10-aprelga toʻgʻri kelishi haqidagi qarorini inobatga olib, 2024-yilning 10-aprel kuni poytaxtimizdagi 125 ta masjidda hayit namozi oʻqilishi kutilmoqda.

Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli oʻtkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini taʼminlash maqsadida 10-aprel soat 00:00 dan 7.30 gacha poytaxtning quyidagi koʻchalari va yoʻllarda avtotransport vositalarining harakati vaqtincha toʻxtatiladi:

Mirzo Ulugʻbek tumani: 'Toʻra buva' masjidi oldidagi Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi ' Shoʻrtepa koʻchasidan, Buyuk Ipak yoʻli ' Sultoniya koʻchasigacha.

Bektemir tumani: 'Xoʻton' masjidi oldidagi Bektemir shoh koʻchasi ' Xusayn Boyqaro koʻchasidan Bektemir yoʻli koʻchasigacha.

Olmazor tumani: 'Islomobod' masjidi oldidagi KXAY koʻchasi ' KXAY' Sagʻbon koʻchalari chorrahasidan, Nurafshon ' Sagʻbon koʻchalari chorrahasigacha.

'Hazrati imom' masjidi oldidagi Qorasaroy koʻchasi ' Qorasaroy ' Nurafshon koʻchalari chorrahasidan, Qorasaroy ' Abdulla Qodiriy koʻchalari chorrahasigacha.

Shayxontohur tumani: 'Shayx Zayniddin' masjidi oldidagi Koʻkcha Darvoza ' Nurafshon koʻchalari chorrahasidan Koʻkcha Darvoza ' Beshqayragʻoch koʻchalari chorrahasigacha.

'Xoʻja Alambardor' masjidi oldidagi Bunyodkor ' Kamolon koʻchalari chorrahasidan Kamolon ' Ustazoda 2-tor koʻchalari chorrahasigacha.

'Kox ota' masjidi oldidagi Sebzor koʻchasi ' Nurafshon ' Sebzor koʻchalari chorrahasidan Nurafshon ' Labzak koʻchalari chorrahasigacha.

Chilonzor tumani: 'Ubay ibn Kaʼb' masjidi oldidagi Al-Xorazmiy koʻchasi ' Al Xorazmiy ' Xirmontepa koʻchalari chorrahasidan Al Xorazmiy ' Katta qani chorrahasigacha.

'Katta Qozirobod' masjidi oldidagi Chilonzor koʻchasi ' Chilonzor ' Choʻponota koʻchalari chorrahasidan Chilonzor ' Nurxon koʻchalari chorrahasigacha.

'Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf' masjidi oldidagi Soʻgalli ota koʻchasi ' Al-Xorazmiy ' Soʻgalli ota koʻchalari kesishmasidan Xonabod 2-berk koʻchasidan ' Soʻgalli ota koʻchasigacha.

'Novza' masjidi oldidagi Bunyodkor-Muqimiy koʻchalari kesishgan koʻprik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha boʻlgan yoʻlda harakat cheklanadi.

Uchtepa tumani: 'Abdulloh ibn Maʼsud' masjidi oldidagi Lutfiy koʻchasi ' Lutfiy ' Xirmontepa koʻchalari chorrahasidan Lutfiy ' Katta qaʼni koʻchalari chorrahasigacha.

'Hazrati Ali' masjidi Nazarbek-Mahorat koʻchalari chorrahasidan Nazarbek-Zamaxshariy 1-tor koʻchalari chorrahasigacha.

Yunusobod tumani: 'Minor' masjidi oldidagi KXAY koʻchasi ' KXAY va Koʻrgazma koʻchalari chorrahasidan KXAY 'Sh.Rashidov koʻchalari chorrahasigacha.

'Mirzo Yusuf' masjidi oldidagi Bogʻishamol koʻchasi ' Bogʻishamol koʻchasidan Shivli koʻchasigacha.

Yakkasaroy tumani: 'Usmon bin Maʼzun' masjidi oldidagi KXAY koʻchasi ' KXAY ' Qushbegi chorrahasidan KXAY ' Fayzli Toshkent koʻchalari chorrahasigacha.

Yashnobod tumani: 'Islom ota' masjidi oldidagi Fargʻona yoʻli koʻchasi ' Fargʻona yoʻli ' Fitrat koʻchalari chorrahasidan Fargʻona yoʻli ' Tolimarjon koʻchalari chorrahasigacha.

'Ali ibn Abu Tolib' masjidi oldidagi Choʻlpon koʻchasi ' Imom Buxoriy ' Choʻlpon koʻchalari chorrahasidan, Choʻlpon ' Salohiyat koʻchalari chorrahasigacha.

Mirobod tumani: 'Qoʻyliq ota' masjidi oldidagi TXAY koʻchasi ' Qoʻyliq bozori koʻprik ostidan TXAY va Munis koʻchalari chorrahasigacha cheklanadi.

Masjidlar joylashgan boshqa koʻchalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 15:12
 
34
0
xs.uz

Bobur shahrida rassomlar festivali oʻtkaziladi

Xabaringiz bor, kecha, 15-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Andijon shahrini Bobur shahri deb nomlash boʻyicha katta tashabbusini'ilgari surdi.Davlat rahbari raisligida bugun, boʻlib oʻtayotgan yigʻilishda Bobur bobomiz siymosini abadiylashtirish maqsadida ulugʻ ajdodimiz va uning avlodlari bunyod qilgan tarixiy obidalarning kichiklashtirilgan nusxalaridan iborat tematik park barpo etilishi qayd etildi.Shuningdek, Prezident har yili Bobur shahrida rassomlar festivalini oʻtkazis

15 Apr 07:05
 
23
0
xs.uz

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Islom taraqqiyot banki 40 mln dollarlik grant shartnomasini tuzdi

Ushbu tadbir taʼlim, iqtisodiyot, texnologiya sohasidagi muammolar, ularga innovatsion yechimlar topishga qaratilgan boʻlib, uning ilk kunidayoq Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasida 40 million dollarlik grant shartnomasi imzolandi.Bundan tashqari, 'Global Partnership for Education''tomonidan ham taʼlim sohasini rivojlantirishga doir grant shartnomasi tuzildi. Loyiha Oʻzbekiston boʻylab 58 ta yangi inklyuziv maktab qurilishi, maktablarni

16 Apr 15:12
 
29
0
xs.uz

Buxoro qarolisining shuhratini qayta tiklaylik

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Oʻshanda 2018-yilning sentyabri edi. Davlatimiz rahbarining 'Buxoro-agro' erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarori ijrosi doirasida xalqaro forum oʻtkazildi. Qator davlatlardan kelgan soha vakillari Buxoro tumanidagi 'Madaniyat, Muhammad, Ismat' fermer xoʻjaligi faoliyati bilan ham tanishdi. Xoʻjalikning moʻjazgina fayzli bogʻi hammani oʻziga maftun etdi. Shunda eronlik mehmon Said Abbos Karbosiyning bir juft qaroli old

23 Mar 16:44
 
56
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-mart kuni Samarqandga tashrif buyurib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qurʼon tilovat etilib, duo oʻqildi.' Kuni kecha xalqimiz bilan Navroʻz ayyomini kutib oldik. Bugun, muqaddas Ramazon oyida mana shu tabarruk joyga kelib turibmiz. Bu ulugʻ kunlarga tinchlik-xotirjamlikda yetkazgani uchun Yaratganga shukronalar aytamiz. Ilohim, hamisha yurtimiz tinch, elimiz farovon boʻlsin, hamma xayrli niyatlarimiz amalga oshsin. Bu majmuani Imom Buxoriy bobomizga