Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-yilligi nishonlandi

Taʼkidlanganidek, Konstitutsiya ' bu milliy huquq tizimining asosini tashkil etish bilan birga, insonlarning huquq va erkinliklarining kafolati hamdir. Yurtimizning mustaqil rivojlanish yoʻlida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotimizda yuz berayotgan oʻzgarishlar va yangilanishlar hamda erishilayotgan muvaffaqiyatlar ' Bosh Qomusimiz yaratib bergan imkoniyatlarning natijasi hisoblanadi. Tadbirda Prezidentimizning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha alohida qabul qilingan farmon va qarorlari, davlat dasturlari Orolboʻyi aholisi hayotida katta oʻzgarishlarga sabab boʻlayotgani taʼkidlandi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar yigʻilganlarni bayram bilan tabriklab, respublikamiz xalqiga, yoshlarimizga alohida hurmat va eʼtibor uchun Prezidentimizga minnatdorchilik bildirdilar.
Tadbirda Prezidentimizning topshirigʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi T. Xudaybergenov mehnat faxriysi U. Ashirbekovga 80-yillik yubileyi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 'Faxriy yorligʻi'ni topshirdi.
Bayram tadbiri sanʼat va madaniyat xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga bordi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog'istonga keldi.Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Bugun O'zbekiston yetakchisi 'Markaziy Osiyo - Italiya' sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.
“Work and Travel” dasturida ishtirok etuvchi talabalarga foizsiz qarz beriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 290-sonli qaroriga muvofiq, 2025-yil 15-maydan boshlab 'Work and Travel' xalqaro dasturlari doirasida ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga boradigan talabalarga ssuda (qaytarish sharti bilan foizsiz qarz) ajratish tartibi joriy etiladi. Mazkur tartib xorijga borish, qaytish va boshqa xarajatlarni qoplash uchun moʻljallangan.Ssuda olish imkoniyati Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Br
O‘zbekiston Prezidenti Gʻalabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 9-may kuni Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80-yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.Qizil maydonda Gʻalaba paradi bo'lib o'tdi. Tadbirda Xitoy Raisi Si Szinpin, Braziliya Prezidenti Lula da Silva, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg'iziston Prezidenti Sa
Voyaga yetmaganlarga bank kartalari ochish boʻyicha talablar belgilanmoqda
Shavkat Mirziyoyevning 'Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi 153-sonli qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qaror bilan, Oʻzbekistonda voyaga yetmagan shaxslar nomiga bank kartalarini ochish va ularning moliyaviy amaliyotlarini nazorat qilish masalalari boʻyicha yangi tartib-taomillar joriy etilmoqda. Hukumat qaroriga muvofiq, endilikda voyaga