calendar 11 Apr 13:59
eye 77
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

IIBdan fuqaroning o‘ligi chiqdimi? Ombudsman munosabat bildirdi

image

Avvalroq Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumani markaziy shifoxonasi Hushyorlantirish bo‘limida 43 yoshli fuqaro o‘zini osib qo‘ygani haqida xabar bergan edik. Ijtimoiy tarmoqlarda esa “Chortoq ichki ishlaridan yana bir fuqaroning o‘ligi chiqdi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) munosabat bildirdi.

Ombudsmanga ko‘ra, joriy yilning 7 aprel kuni soat 20:00 larda marhumning turmush o‘rtog‘i erining uyga mast holatda kelib, janjal qilayotganligi haqida Chortoq tumani IIB profilaktika inspektoriga xabar qilgan.

Profilaktika inspektori murojaatni joyiga chiqib o‘rgangan va erkakni hushyorlantirish maqsadida Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan markaziy shifoxonaga olib borgan. Profilaktika inspektori tegishli hujjatlar va dalolatnoma rasmiylashtirgan holda erkakni soat 21:58da hushyorxonaga topshirgan.

Marhum I.U bugun, 8 aprelga o‘tar kechasi soat 00:45 larda ushbu hushyorxonaning darchasidagi temir panjaraga choyshabdan sirtmoq yasab, o‘zini o‘zi bo‘yin sohasidan osib, o‘z joniga qasd qilgan va voqea joyida vafot etgan.

"Shu kuniyoq Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili marhumning oila a’zolari va yaqinlari bilan suhbatlashdi", deyiladi munosabatda.

Ombudsmanga taqdim etilgan Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Namangan filiali Yangiqo‘rg‘on tumanlararo bo‘linmasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, U.I.ning o‘limi “bo‘yin sohasining siqilishidan kelib chiqadigan mexanik asfiksiya, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi” oqibatida sodir bo‘lgan. Uning tanasida “bo‘yin qismidagi strongulasion egat”dan boshqa tan jarohatlari aniqlanmagan.

Hozirda holat yuzasidan prokuratura idoralari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Mar 06:33
 
6
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 8-iyundan chiqindidan qarzdorlar elektr uchun toʻlov qilolmaydi

Qonunga koʻra, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlgan isteʼmolchilar qisqa xabar (SMS) orqali xabardor qilinganidan keyin mazkur qarzdorlik bartaraf etilguniga qadar elektr energiyasi uchun toʻlovlarni amalga oshira olmaydi.Bunda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun toʻlovla

09 Mar 06:33
 
4
0
xs.uz

“Namangan” maxsus eksport zonasi tashkil etiladi

'Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Prezident farmoni [PF-41-son, 04.03.2025-y.] qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Farmonga koʻra, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi maxsus iqtisodiy zonalarni boshqarish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi hamda xususiy boshqaruvga berilgan maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtiradi.Sanoat zonalari mahalliy

26 Feb 17:04
 
26
0
xs.uz

“Shu kunlarga yetkazganiga shukur”

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Bir asrlik umr dovonida turib hayotining quvonchli va qaygʻuli yillarini sarhisob qilayotgan urush faxriysi Usmonjon ota Rahimov boshidan ne kunlarni oʻtkazmadi. Hayot qiyinchiliklari qalbini jarohatlasa-da, otaxon barchasiga vazminlik bilan sabr qilib yashadi. Bugun oilasi, el-u yurt ardogʻida baxtli umr kechirayotganidan behad mamnun.Qoʻqon shahrining 'Tolzor' MFYda joylashgan Toʻqqizbuloq koʻchasida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Usmonjon ota

19 Feb 00:20
 
38
0
xs.uz

Kambagʻal oilalarga yangi turdagi moliyaviy yordamlar ajratiladi

Prezidentning 'Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini taʼminlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi qaroriga asosan 'Kambagʻallikdan farovonlik sari' dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun yangi turdagi moliyaviy yordamlar joriy etiladi. Bu haqida 'Huquqiy axborot' kanali maʼlumot berdi.Unga koʻra, ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarga ular tomonidan tadbirkorlik, m