calendar 19 Feb 00:20
eye 115
comments 0
comments Manba: xs.uz

Kambagʻal oilalarga yangi turdagi moliyaviy yordamlar ajratiladi

image
Prezidentning 'Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini taʼminlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi qaroriga asosan 'Kambagʻallikdan farovonlik sari' dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun yangi turdagi moliyaviy yordamlar joriy etiladi. Bu haqida 'Huquqiy axborot' kanali maʼlumot berdi.

Unga koʻra, ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarga ular tomonidan tadbirkorlik, meʼmorchilik, hunarmandchilik kabi yoʻnalishlardagi aniq loyihalar amalga oshirilishi uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 10 baravarigacha miqdordagi subsidiyalar ajratiladi.

Jumladan, oʻzini oʻzi band qilmoqchi boʻlgan ishsiz fuqarolarni yoki kambagʻal oilalar aʼzolarini kasanachi sifatida ishga olgan tadbirkorlarga ularning aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun har bir jalb qilingan kasanachi uchun BHMning 10 baravarigacha miqdordagi 3-yilgacha muddatga foizsiz ssudalar berilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, kambagʻal oila aʼzolariga oʻz faoliyatini boshlashi uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalarni xarid qilishga BHMning 50 baravarigacha miqdordagi 6 oydan 3-yilgacha muddatga foizsiz ssudalar beriladi.

Bundan tashqari, kambagʻal oilalarga dehqonchilik va bogʻdorchilik tashkil qilish uchun dehqon xoʻjaliklariga suv quduqlarini burgʻilash, nasos agregatlarini sotib olish, tomchilatib sugʻorish tizimini oʻrnatish va elektr tarmoqlarini tortish uchun 6 oylik imtiyozli davr bilan BHMning 200 baravarigacha miqdordagi 5-yilgacha muddatga foizsiz ssudalar ajratilishi belgilangan.

'Mahallalarning ixtisoslashuvi va drayver yoʻnalishlaridan kelib chiqib, oʻz tajribasini 10 tagacha kambagʻal oilalarga oʻrgatgan va ularga doimiy daromad manbaiga ega boʻlishiga koʻmaklashgan tadbirkorlarga har bir kambagʻal oila uchun BHMning 3 baravari, biroq BHMning 30 baravarigacha miqdordagi grantlar ajratiladi', ' deyiladi xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
39
0
xs.uz

Qashqadaryoda ikkita qishloqqa “Turizm qishlogʻi” maqomi berildi

Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Kitob tumanining Qaynar hamda Bashir qishloqlariga 'Turizm qishlogʻi' maqomi berildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda maqomni tasdiqlovchi sertifikatlar ushbu qishloqlar aholisiga tantanali tarzda topshirildi. Tadbirda Turizm qoʻmitasi, viloyat va tuman hokimliklari masʼullari, sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Unda'soʻzga chiqqanlar tomonidan taʼk

31 May 08:49
 
45
0
xs.uz

Odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga kiritilgan yangi oʻzgartirishlarga koʻra, odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun belgilangan jazolar kuchaytirildi. Bu oʻzgartirishlar 2025-yil 19-may kuni qabul qilingan 'Odam savdosi jinoyati uchun jazoni kuchaytirish toʻgʻrisida'gi qonun bilan amalga oshirildi.Yangi tahrirga binoan, Jinoyat kodeksining 135-moddasida odam savdosi jinoyatini qalbaki hujjatlar asosida yoki jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qoʻygan,

17 May 21:46
 
55
0
xs.uz

Yuksak hamdoʻstlik ifodasi

Xivadagi Ichan Qalʼa davlat muzey-qoʻriqxonasi Koʻhna Ark tarixiy-meʼmoriy majmuasi yozgi kinoteatrida anʼanaviy Koreya kinofestivali boʻlib oʻtdi. Unda mahalliy aholi vakillari, yoshlar, viloyatdagi koreys milliy markazi faollari qatnashdi.Kinofestivalning tantanali ochilish marosimida Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon ishtirok etib, yigʻilganlarga samimiy va ezgu tilaklarini izhor qildi. U har ikki davlat oʻrtasida barcha sohalar, xususan

01 Jun 03:47
 
117
0
xs.uz

Buxoroda 20 va 16 nafardan bolalarni tashigan “Damas” haydovchilariga chora koʻrildi

Maʼlum qilinishicha, Jondor tumanida YPX xodimlari tomonidan 'Damas' rusumli avtomobil toʻxtatilib tekshirilganda, transport vositasida jami 20 nafar, boshqa bir holatda esa 16 nafar voyaga yetmagan bolalar va fuqarolarni olib ketilayotgani aniqlangan.'Qilgan ishimdan pushaymonman. Bolalarning xavfsizligi hamma narsadan muhimroq', deydi haydovchilardan biri.Yuqoridagi har ikkala holatda ham haydovchilarga qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralari qoʻllanilgan.Shuningdek, bu holatlarga