Qoʻqon shahrining 'Tolzor' MFYda joylashgan Toʻqqizbuloq koʻchasida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Usmonjon ota shu kunlarda qutlugʻ 100 yoshini qarshi olmoqda. Bu fayzli xonadonga keluvchi mehmonlarning qadami uzilmaydi. Otaxonning xotiralari juda maroqli.
' Bolaligimiz oʻtgan asrning eng qahatchilik va ocharchilik yillariga toʻgʻri keldi, ' deydi qahramonimiz. ' Ustimiz yupun, qornimiz nonga toʻymasdi. Ikkinchi jahon urushi endi oyoqqa turib, yelkasiga oftob tegayotgan xalqimiz hayotini yanada ogʻirlashtirdi.
Orzulari bir olam boʻlgan boʻz yigit 18 yoshga toʻlib-toʻlmay ' 1943-yilning yanvaridan jang maydonida urush dahshatlarini his etdi. Berlingacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtib, gʻalaba sururidan bahramand boʻldi. Dastlab yapon urushida, keyingi qurilish-bunyodkorlik ishlarida qatnashib, 1948-yili koʻksi toʻla orden-medallar bilan yurtga qaytdi. 45 yil temir yoʻl sohasida mehnat qildi. Soha fidoyisi sifatida yuksak hurmat-eʼtiborga erishdi.
Oʻtgan yillar mobaynida hayot undan neʼmatlarini ham, kulfatlarini ham ayamadi. Xadichaxon aya bilan oila qurib, toʻrt oʻgʻil, uch qizli boʻlishdi. Toʻngʻich qizlari Hamidaxon 6 yoshida vafot etgan boʻlsa, 2013-yili birdaniga ikki oʻgʻli ' Rahmonjon va Ibrohimjondan ayrildi. Suyukli turmush oʻrtogʻining ham bundan 17 yil oldin hayot guli soʻldi...
Hozirda qizlari Maqsuda, Mastura va Muhabbat, oʻgʻli Bahodir, 100 nafarga yaqin nabira-chevaralari otaxonni yolgʻizlatib qoʻymaydi. Oʻz navbatida davlatimiz, shaxsan Prezidentimizning mehri, gʻamxoʻrligi urush faxriysi umriga umr qoʻshmoqda.
' Yaqinlarimni yoʻqotish hayotning kutilmagan sinovi boʻldi. Lekin oilang, xalqing ardogʻida boʻlish, yurtga kerakligingni his etish yashashga undaydi, ' deydi otaxon. ' Xonadonimizga faqat bayramda emas, har kuni yoʻqlab kelishadi. Menga bundan ortiq xursandchilik bormi?
Mustaqillik yillarida davlatimizning koʻplab mukofotlariga sazovor boʻldim. Ayniqsa, soʻnggi yillarda urush faxriylariga yuksak eʼtibor koʻrsatilmoqda. Kuni kecha farzand va nabiralarim Prezidentimizning Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini munosib taqdirlash boʻyicha chiqargan Farmon va qarorlarini oʻqib berishdi. Behad sevinib, duoga qoʻl ochdim. Shu kunlarga yetkazganiga shukur!
Suhbat davomida qahramonimiz bugungi dorulamon kunlarga yetishning oʻzi boʻlmaganligini, tinchlikni, vatanni qadriga yetish kerakligini koʻp taʼkidladi. Qariyb 100 yoshga kirgan ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, nuroniy otaxonga kuch-quvvat tilaymiz.
Tanzila Narbayeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili bilan uchrashuv oʻtkazdi
2025-yil 12-may kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilinib, bu aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish zarurligi taʼkidlandi. Tomonlar dolzarb mintaqaviy va global masalalar yuzasidan fikr almashish, shuningdek, tajriba va axborotlar bilan oʻzaro boʻlishishni davom ettirishga
Prezident “Parkentsoy” turar joy massivining qurilishi bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti, hududlarning iqtisodiy rivoji va yangi loyihalar bilan tanishish maqsadida 18-iyun kuni Toshkent viloyatining Parkent tumaniga tashrif buyurdi. Dastlabki manzil 'Parkentsoy' turar joy massivi boʻldi.Hududlarni 'oʻsish nuqtalari'ga tayanib rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoitlari yaratish ' davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishi. Bunday oʻzgarishlar Parkent tumanida ham namoyon.Tuman markazidan oqib oʻtuvchi Parkentsoy qirgʻogʻida q
Oʻzbekiston Prezidenti Yevropaning qator yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi majlisi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Standard Chartered', 'International Hospitals Group', 'LVMH', 'Airbus' kabi Yevropaning qator yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi.Davlatimiz rahbari forumda Yevropa davlatlaridan ishtirokchilar sonining ko'paygani tomonlar iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanidan dalolatligini ta'kidladi.Yevropa mamlakatlari
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidentini qabul qildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuv avvalida yuksak martabali mehmon davlatimiz rahbariga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'anning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.O'zbekiston bilan Turkiya o'rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda yanada kengaytirish va mustahkamlash masalala