Farmonga koʻra, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi maxsus iqtisodiy zonalarni boshqarish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi hamda xususiy boshqaruvga berilgan maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Sanoat zonalari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan boshqariladi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan ularning faoliyati muvofiqlashtiriladi.
Shuningdek, Namangan viloyatida 'Namangan' maxsus eksport zonasi tashkil etiladi.
2025-yil 1-iyundan maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksportga realizatsiya qilish uchun foydalanadigan import xomashyo, material va butlovchi qismlarni bojxona toʻlovlarini toʻlamagan holda 'tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash' bojxona rejimiga joylashtirish orqali ularni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
Bundan tashqari, hujjat bilan 2028-yil 1-yanvargacha maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari direksiyalari yer soligʻi boʻyicha hisoblangan summaning bir foizi miqdorida ular tomonidan ijaraga berilgan yer maydonlari uchun toʻlovni amalga oshirishi belgilandi.
Kon-metallurgiya korxonalari uchun maxsus vagonlar qurish oʻzlashtirildi
'Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi' aksiyadorlik jamiyati tomonidan kon-metallurgiya korxonalari uchun maxsus vagonlar qurish yoʻlga qoʻyildi. 'Navoiy kon-metallurgiya kombinati' AJ buyurtmasi asosida ana shunday vagonlarning dastlabki 15 tasi ishlab chiqarildi.Kecha zamonaviy dizaynga ega yangi avlod vagonlarini buyurtmachilarga toshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda soʻzga chiqqanlar alohida taʼkidlaganidek, Yangi Oʻzbekiston timsoli koʻrinishidagi mazkur vago
Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida ishtirok etdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 may kuni Ostona shahrida 'Markaziy Osiyo ' Italiya' sammitida ishtirok etdi.Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida o'tkazilgan tadbirda Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni, Qirg'iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashdilar.Uchrashuvda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Italiya o'rtasidagi ko'p
Fargʻonada “Ibratli oila” koʻkrak nishonlari topshirildi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. 15-may ' Xalqaro oila kuni munosabati bilan Fargʻona viloyatida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilib, bu boradagi milliy qadriyat va anʼanalarimiz keng targʻib etildi.Xususan, qutlugʻ sana munosabati bilan Fargʻona viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda bir guruh namunali oila vakillariga 'Ibratli oila' koʻkrak nishoni topshirildi. Viloyat faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirlar jamiyatimizda bunday o
Prezidentning “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi
Joriy yilning 5-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 'Iqtidorli mutaxassislarning xorijda taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlash, ularda kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish va ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida'gi 77-son Farmoni qabul qilindi.Farmonga koʻra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun eng munosib nomzodlarni saralash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 'El-yurt umidi' stipendiyasi