calendar 11 Apr 13:59
eye 71
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Suriyadagi terrorchilar safiga qo‘shilgan yana bir o‘zbekistonlik qidiruvga berildi

image

34 yoshli Mirolim Mirsamig‘ovich O‘lmasov qidiruvga berildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 1990 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan "Abdul Zufar" laqabli Mirolim O‘lmasov 2018 yilda ishlash bahonasida Turkiyaga ketgan, u yerdan "Tahrir Ush-Shom" terrorchilik tashkilotiga birlashish maqsadida Suriya davlatiga o‘tib terrorchilar safiga qo‘shilgan.

O‘lmasov Turkiyada bo‘lgan vaqtida turi internet saytlaridan diniy-ekstremistik oqimlar, xalqaro terroristik tashkilotlar vakillarining g‘oyaviy rahnamolari – Sodiq Samarqandiy, Abdulloh Zufar, Abu Saloh va boshqalarning hijrat va jihodga chorlovchi ma’ruzalarini eshitib yuradi. Aqidaparastlik g‘oyalaridan ta’sirlangan Mirolim jihod amallarini bajarish hamda mujohid birodarlari safiga qo‘shilishni maqsad qiladi va noqonuniy yo‘llar orqali Suriyaga o‘tib qurolli to‘qnashuvlarda ishtirok etadi.

Fuqaro aqidaparastlik g‘oyalariga berilib ketganidan oradan uzoq vaqt o‘tishiga qaramay oilasi bilan aloqaga chiqmaydi. Birgina 2020 yilda sinfdosh do‘sti bilan Telegram messenjeri orqali gaplashgan O‘lmasov Suriyadaligini isbotlovchi rasmni jo‘natadi. 

Mirolim O‘lmasov 2020 yildan boshlab "Jihodchilar" diniy-ekstremistik oqimi a’zosi sifatida ro‘yxatga olingan va unga nisbatan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan rasmiy qidiruv e’lon qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyadagi jangarilarga qo‘shilgan yana bir o‘zbekistonlik – Jaloliddin Rustamovich Mansurov qidiruvga berilgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:53
 
33
0
xs.uz

Dushanba haqiqatdan ham ogʻir kunmi yoxud 27-yanvarda qanday ob-havo kutilmoqda?

Oʻzbekiston hududida 27-yanvar kuni turli ob-havo sharoitlari kuzatilishi kutilmoqda. Bir qator hududlarda shamolning kuchayishi va ayrim joylarda tuman paydo boʻlishi ehtimoli mavjud.Poytaxtimizda havo biroz bulutli boʻlib, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi esa 9-11 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda.Qoraqalpogʻiston va Xorazmda havo biroz bulutli boʻlib, yogʻingarchilik kutilmayapti. Bir qator joylarda tuman

27 Jan 00:53
 
35
0
xs.uz

Prezident Farmoni bilan “Made in Uzbekistan” dasturi ishga tushiriladi

Oʻzbekiston Prezidentining 2025'2027-yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirish boʻyicha Farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjat tarmoqning barqaror rivojlanishini taʼminlash, eksport hajmini oshirish va xalqaro bozorlarda milliy mahsulotlarni keng targʻib qilishga qaratilgan.Farmon doirasida bir qator maqsadli koʻrsatkichlar belgilangan boʻlib, 2025-yilda eksportni 4 milliard, 2026-yilda 5 milliard, 2027-yilga kelib esa 7 milliard AQSH dollariga

27 Jan 00:53
 
37
0
xs.uz

Orolboʻyi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini yaxshilash loyihasi amalga oshiriladi

Orolboʻyi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini yaxshilash maqsadida Germaniyaning 'KfW' banki bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan yangi loyiha Prezident qarori bilan tasdiqlandi. Loyiha doirasida tibbiy muassasalar infratuzilmasini rivojlantirish, zamonaviy jihozlar xaridi va maxsus avtotransport vositalari bilan taʼminlash kabi chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Loyiha doirasida tibbiy muassasalar uchun zarur jihozlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati boʻylab adolatli taqsiml

27 Jan 00:53
 
38
0
xs.uz

Qoʻqonda oʻzini 3-qavatdan tashlab yuborgan talaba qiz vafot etdi

2024-yilning 12-dekabr kuni Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabasi talabalar turar joyining 3-qavatidan oʻzini pastga tashlashi oqibatida shifoxonaga yotqizilgan edi.Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining xabar qilishicha, talaba qiz koʻrsatilgan zarur tibbiy yordamlarga qaramasdan, olgan ogʻir tan jarohatlari sababli vafot etgan.Maʼlum qilinishicha, Prokuratura surishtiruv natijalariga koʻra, mazkur holat shaxsiy muammolar sababli sodir boʻlgani aniqlangan va jinoyat ishi