calendar 19 Jun 21:12
eye 69
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Moskvada 23 yoshli o‘zbekistonlik qizlarga tegajog‘lik qilganlikda ayblanmoqda

image

Rossiyaning Moskva shahridagi plyajning birida o‘zbekistonlik erkak ikki nafar voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilganlikda ayblanib, qo‘lga olindi. Bu haqda “Ren TV” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 16 iyun kuni Zaozernoy ko‘chasidagi “Beloye ozero” plyajida sodir bo‘lgan. Gap shundaki, 14 yoshli qiz 15 yoshli dugonasi bilan suvda cho‘milayotgan paytda ulardan biri suvda kimdir oyoqlariga qo‘l tekkizayotganini sezgan.  

Mazkur holatdan xabar topgan qizning onasi plyaj qutqaruvchisiga murojaat qilib, politsiyani chaqirishni so‘ragan. Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olgan.

“Hozirda O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Buzg‘unchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchi 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 iyun kuni Rossiyaning Primorsk o‘lkasi sudi 4 nafar o‘zbekistonlik yigitga 21 yoshli qizning jinsiy daxlsizligini buzish holatlari bo‘yicha jinoiy ish ochgandi.

 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
34
0
qalampir.uz

Toshkentdagi ayrim ko‘chalar noma’lum muddatga yopiladi

Bugun, 15 iyul kuni soat 00:00 dan boshlab Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim ko‘chalarida avtotransport harakati noma’lum muddatga cheklandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. Bildirilishicha, qurilish ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli transport vositalarining harakati quyidagi hududlarda vaqtinchalik cheklanadi: Temur Malik-Bog‘ishamol ko‘chalari chorrahasidan Temur Malik ko‘chasi bo‘ylab, Temur Mali

11 Jul 15:12
 
85
0
xs.uz

Prezident yangi ochilgan Qoʻqon aeroporti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti, hududlar rivoji bilan yaqindan tanishish maqsadida 11-iyul kuni Fargʻona viloyatiga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati'xabar berdi.Mamlakatimizda transport infratuzilmasi sohasida keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Birgina havo yoʻllari tarmogʻida Samarqand, Termiz, Moʻynoq, Zomin aeroportlari yangilanib, ishga tushirildi. Toshkent va Urganch xalqaro havo portlari taʼmirlanmoqda, 'Toshkent-Sharqiy' qayta qurilmoqda.Joriy yil mart oyida Qoʻqon aer

16 Jul 14:10
 
66
0
qalampir.uz

O‘zbekistondan Qirg‘izistonga insonparvarlik yordami yuborildi

O‘zbekiston xalqidan Qirg‘iziston xalqiga insonparvarlik yordamlari yuborildi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi xabar berdi. Xo‘jaobod tumanidagi “Do‘stlik” chegara bojxona postidan o‘nlab yuk mashinalari qo‘shni respublikaga yo‘l olgan. Ikki mamlakat vakillari rasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Qirg‘iziston vakillariga Prezident Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini yetkazgan. Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qirg‘iziston

11 Aug 03:43
 
15
0
xs.uz

Prezident Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev va Lazizbek Mullajonovni tabrikladi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijdagi yozgi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sport delegatsiyasiga navbatdagi 2 ta oltin medalni keltirgan va ularning soni boʻyicha rekord koʻrsatkichga erishilishiga hissa qoʻshgan sportchilarimiz - bokschilar Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev va Lazizbek Mullajonov bilan telefon orqali suhbatlashdi.'Boks boʻyicha Oʻzbekiston dunyoda tengsiz ekanini yana bir karra isbotlaganingiz uchun minnatdorlik bildirib, tabriklamoqchiman. Xalqimizning chinakam qahr