calendar 15 Jul 12:03
eye 36
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentdagi ayrim ko‘chalar noma’lum muddatga yopiladi

image

Bugun, 15 iyul kuni soat 00:00 dan boshlab Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim ko‘chalarida avtotransport harakati noma’lum muddatga cheklandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Bildirilishicha, qurilish ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli transport vositalarining harakati quyidagi hududlarda vaqtinchalik cheklanadi:

  • Temur Malik-Bog‘ishamol ko‘chalari chorrahasidan Temur Malik ko‘chasi bo‘ylab, Temur Malik-Sultoniya ko‘chalari chorrahasigacha;
  • Temur Malik-Buyuk Ipak yo‘li ko‘chalari chorrahasidan Buyuk Ipak yo‘li  ko‘chasi bo‘ylab, Buyuk Ipak yo‘li-Shukur Burhonov ko‘chalari chorrahasigacha;

“Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, aylanma yo‘llardan foydalanishlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi xabar so‘ngida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi “Buyuk Turon” ko‘prigi ikki oyga yopilishi haqda xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
41
0
xs.uz

Toshkent – Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovlari soni koʻpaytirildi

Endilikda avtobuslar 'Mashinasozlar' metro bekatidan soat 8:00, 09:00, 11:00 va 16:30 da joʻnaydi. Chorvoqdan (Xumson) esa 6:00, 16:00, 18:00 va 19:00 harakatlanadi.Qatnovlar Uzautotrans service korxonasining YUTONG avtobuslarida amalga oshirilmoqda. Ushbu yoʻnalishda yoʻlkira narxi 20 000 soʻm etib belgilangan.

26 Jul 10:21
 
49
0
xs.uz

“Hozirgi zamon va Yangi Oʻzbekiston”

Oʻzbekistonning bugungi yangi qiyofasi, mamlakatimizning jahon taraqqiyotida tutgan oʻrni va mavqeyi, muhim xalqaro ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi faol ishtiroki, dolzarb masalalar boʻyicha ilgari surayotgan koʻplab tashabbuslarining mazmun-mohiyati ushbu keng qamrovli, fundamental asarda chuqur tahlil va dalillar, aniq fikr-mulohazalar asosida teran yoritib berilgan.Muallifning koʻp yillik ijtimoiy-siyosiy qarashlari, voqelikka yangicha va teran yondashuvlarining mahsuli boʻlgan kitob qu

03 Sep 21:35
 
6
0
xs.uz

Xususiy mulkning va mulkdorlar huquqlariga oid muhim Qonun qabul qilindi

Xususiy mulkning va mulkdorlar huquqlarining himoya qilinishi kafolatlari kuchaytiriladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Unga koʻra, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u koʻrgan zararlarning oʻrni belgilangan tartibda qoplanishini nazarda tutuvchi normalar mavjud boʻladi.Shuningdek, tadbirkorlik

26 Jul 10:20
 
47
0
qalampir.uz

Qashqadaryoda do‘kon egasi bolaga tan jarohati yetkazdi (video)

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida do‘kon egasi voyaga yetmagan 12 yoshli bolani kaltakladi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 16 iyun kuni 2012 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan O.A. onasi S.N. tomonidan xarid uchun savdo do‘koniga yuborilgan. Do‘kon egasi 1976 yilda tug‘ilgan O.G‘. ismli erkak esa bolaning boshiga hech kim yo‘q joyga nega kirganligini so‘rash vaji bilan bir necha marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan. &n