calendar 26 Jul 10:20
eye 48
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qashqadaryoda do‘kon egasi bolaga tan jarohati yetkazdi (video)

image

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida do‘kon egasi voyaga yetmagan 12 yoshli bolani kaltakladi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 16 iyun kuni 2012 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan O.A. onasi S.N. tomonidan xarid uchun savdo do‘koniga yuborilgan. Do‘kon egasi 1976 yilda tug‘ilgan O.G‘. ismli erkak esa bolaning boshiga hech kim yo‘q joyga nega kirganligini so‘rash vaji bilan bir necha marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan.

 

Holat yuzasidan jabrlanuvchining onasi tomonidan yo‘llangan murojaatga asosan, olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida Koson tumanidagi savdo do‘koni sotuvchisi O.G‘.ga voyaga yetmagan shaxsni urganligi uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi 2-qismi (Yengil tan jarohati yetkazish) bilan ma’muriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atilgan. Ish hujjatlari jinoyat ishlari bo‘yicha Koson tumani sudiga yuborilgan.

Shuningdek, xabarda ish bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishi bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoda sotuvchi QR-kodli chek so‘ragan 13 yoshli bolaga tarsaki tushirgani haqida xabar berilgandi. Shundan so‘ng, sotuvchiga ma’muriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atildi. Kaltak yegan bola keyin Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev bilan uchrashdi. Do‘kon sotuvchisi esa 15 sutkaga qamaldi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
55
0
qalampir.uz

Toshkentda Lacetti betonga urilishi oqibatida haydovchi va yo‘lovchi vafot etdi

Bugun, 25 iyul kuni Toshkentda Lacetti betonga urilishi oqibatida haydovchi va bir yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. Qayd etilishicha, soat 00:30 larda Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasi 38-uy qarshisida haydovchi 2005 yilda tug‘ilgan A.K. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton ustunga urilgan va yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Y

26 Jul 17:11
 
64
0
xs.uz

Andijonda 11-sinf oʻquvchisi kanalda oqib ketdi

Qayd etilishicha, 24-iyul kuni soat 13:30 larda S. S. Marhamat tumani 'Qovunchi' MFY hududidan oqib oʻtuvchi 'Katta Fargʻona' kanaliga choʻmilishga borgan va ehtiyotsizligi oqibatida suvda oqib ketgan.'Mazkur holat yuzasidan Marhamat tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.Tergovga qadar tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi', deyiladi xabarda.

26 Jul 10:20
 
43
0
qalampir.uz

Toshkentda notkoin sotgan yana bir yigit qamaldi

Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi 21 yoshli yigit noqonuniy notkoin oldi-sotdisi bilan shug‘ullangani uchun 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.  Bildirilishicha, 2024 yil 28 iyun kuni Toshkent shahar IIBB kotibiyati tomonidan ro‘yxatga olingan fuqaro A.A. ning arizasi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilganda fuqaro G‘.Yo. ga tegishli telefon va plastik kart

26 Jul 18:44
 
78
0
xs.uz

27-iyul kuni ham harorat 45 darajani tashkil etadi

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 25-27html5-dom-document-internal-entity1-deg-end, kunduzi 40-42html5-dom-document-internal-entity1-deg-end boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi j